Posts tagged ‘O’ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz)’

30/12/2011

Turkman prezidentining so‘kinishlari YouTubega chiqdi – ozodlik.org

Turkman prezidenti jamoatchilikka asosan kulgan chehrasini ko‘rsatishga urinib kelmoqda.

30.12.2011

Lavhada vazirlarini “haromxo‘r” deb so‘kkan Berdimuhammedov turk tadbirkorlarini “aldamchi, qallob” deb ataydi.

Turkmanistondagi ulkan qurilish loyihalarini amalga oshirib, buning uchun 1 milliard dollarga yaqin pulini ololmay yurgan turk shirkatlari bilan janjal davom etayotgan bir paytda, YouTube videoportalida prezident Qurbonquli Berdimuhammedovning jamoatchilik, ayniqsa xorij jamoatchiligi ko‘ziga atalmagan qiyofasi aks etgan videolavha e’lon qilindi.

2009 yilda Ashxobodni modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik qurilish loyihalari maketi bilan tanishgan Turkmaniston prezidentining bu videoda muhrlangan gap-so‘zlari, hokimiyatga kelganidan beri o‘zini zamonaviy, hatto romantik, hamisha kulib turuvchi, yosh, shijoatli sardor qilib ko‘rsatishga urinayotgan Berdimuhammedovning asl qiyofasini fosh qiladi.

read more »

29/11/2011

O‘zbek shou dunyosining sariq matbuoti – ozodlik.org

O‘zbek shou biznesidagi eng mashhur saytlardan biri http://www.shov-shuv.uz Internet nashridir.

29.11.2011

Abdulla Iskandar

O‘zbekistonda xonandayu sozandalar soni ko‘paygani sayin, ular hayotiga qiziqish ham ortayotgani kuzatiladi.

Avvaliga ko‘cha ko‘ydagi mish-mish gap tarzida quloqdan quloqqa o‘tib yuradigan gaplar bugun O‘zbekistondagi ko‘ngilochar gazeta va internet nashrlariga ko‘chdi.

70-yillardagi muxlislar taniqli hofiz Komiljon Otaniyozovga hindlar fil sovg‘a qilgani va bu fil Dehlidagi sovet elchixonasi o‘tlog‘ini payhon qilganini faqat mish-mish tarzida eshitishgan.

80-yillar muxlisi  ham hofiz Faxriddin Umarov itiga oltin tish qo‘yganini faqat orqavoratdan eshitdi.

90-yillar muxlisi ham Toshkentdagi gazetalardan ashulachi Bonuning qatl qilingani tafsilotlarini topa olmadi.

Shu ma’noda 21-asrdagi o‘zbek musiqa ixlosmandlarining omadi keldi – hofizlarning qaerga borgani, nima  kiyganiyu nima eganini  yozadigan gazetalar urchidi.

read more »

10/09/2011

Gulnora Karimova Nyu Yorkdagi ko‘rgazmadan voz kechdi – ozodlik.org

Gulnora Karimova AQShda Guli brendini namoyish etmoqchi edi.

10.09.2011

Bunga Nyu Yorkda Gulnoraga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari va AQSh matbuotidagi maqolalar sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning Nyu Yorkda 9 sentyabr kuni ochilgan Moda haftaligida ishtirok etishi bekor qilindi.

Shu haqda xabar bergan UzMetronom mustaqil internet nashriga ko‘ra, bunga inson huquqlari himoyachilarining O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyatiga oid tanqidiy fikrlari Amerika matbuotida chop etilgani sabab bo‘lgan.

Nyu Yorkda Gulnora Karimovaning Moda haftaligida ishtirok etishiga qarshi namoyish.

read more »

06/09/2011

ЎХҲ Истанбул намойиши тафсилотлари – O‘XH Istanbul namoyishi tafsilotlari – ÖHH İstanbul mitinginin ayrıntıları

ЎХҲ Истанбул намойиши тафсилотлари

September 3, 2011 

Маълумингизки,  жорий йил 1 сентябрида Истанбул шаҳрида жойлашган Ўзбекистон Республикаси консуллиги олдида ЎХҲ Туркия бўлимининг Ўзбекистон ҳукумати сиёсий йўлига норозилик намойиши ўтказилди.

Ўзбекистонда айниқса сўнгги 20 йилдан кўпроқ замон давомида, яъни мамлакат ўз сиёсий мустақилигига эга бўлганидан кейинги даврда ўтказилган диктатура зулми оқибатида  меҳнатга қобилиятли аҳолининг асосий қисми кунлик нонини топиши учун мамлакатни тарк этишдилар. Улар бир бурда нон пули топа олиш ниятида дунёнинг турли бурчакларида сарсон – саргардон юришибдилар. Жумладан уларнинг бир қисми Туркияга келиб тўхташганлардир. Масалан, 2005 йилдан (Андижон фожиаларидан) сўнгра фақат Истанбулга келишган Ўзбекистон ватандошлари мингдан ошиқ кишилардан иборатдир. Туркиянинг Антип исмли шаҳрида эса, БМТ қочоқлар билан ишлаш ваколатхонасига бошпана истаб мурожаат қилишган уч мингдан кўпроқ ўзбеклар яшаяптилар.

read more »

16/08/2011

Farg‘ona shahar hokimi ishdan olindi – ozodlik.org

Kuzatuvchilar, ishdan ketgan navbatdagi hokimdan ham oddiy xalq uchun aytarlik ish qolmaganini ta’kidlamoqdalar.

15.08.2011

Hozircha rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, sobiq hokim Erkin Nuraliev hibsga olinib, Toshkentga olib ketilgan.

Ozodlik muxbiri bog‘langan Farg‘ona shahar hokimiyati rasmiysi Erkin Nuralievning vazifasidan olingani xabarini tasdiqladi, ammo buning sabablari haqida ma’lumot berishni istamadi.

– Ha, ishdan ketishdi. Hozir o‘rnilariga viloyat hokimi o‘rinbosari (Otabek Mansurov – tahr.) vaqtincha shahar hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib turibdi. Nega ishdan ketganini aytolmayman. Unisidan, to‘g‘risi, xabarimiz yo‘q, dedi Farg‘ona shahar hokimiyatining o‘zini tanishtirmagan rasmiysi.

read more »

03/08/2011

Qozog‘iston Turkiya bilan strategik hamkorlik bitimini ratifikatsiya qildi bbc uzbek

3 avgust 2011

Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar barqaror rivojlanib keladi

Prezident Nazarboev 2009 yilda Anqarada imzolangan bitimning kuchga kirgani haqidagi qonunga imzo chekkan.

Qozoq parlamenti xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasining matbuotda e’lon qilingan xulosalariga ko‘ra, bitim ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishdan tashqari, Qozog‘istonning janubi-sharqiy Ovro‘po hamda Yaqin Sharqdagi manfaatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Hujjatda siyosiy va iqtisodiy aloqalar bilan birga, mudofaa hamda yadro qurolini tarqatmaslik sohasidagi hamkorlikka urg‘u berilgan.

read more »

02/08/2011

O‘zbekiston Xalq Xarakatining bildirishi – uzxalqharakati.com

Aug 2nd, 2011

So‘nggi paytlarda internet tarmoqlarida Andijon voqealarida jabr ko‘rganlar haqida bir qancha sahifalar paydo bo‘ldi. Bu sahifalarda Andijon voqealari – terroristik xarakat, norozilik mitingi ishtirokchilari esa – “Akromiy” diniy-ekstremistik oqimi a’zolari deb talqin qilingan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Xalq Xarakati ma’lum qiladi:

Internet tarmoqlarida paydo bo‘lgan bu sahifalar, majhul “Akromiy” diniy-ekstremistik oqimi a’zolariga emas, balki “O‘zbekiston xalq xarakati”ga qarshi qaratilgan axborot xurujidir.

O‘zbek maxsus xizmatlarining bu xurujlari biz tarafdan kutilgan voqea edi. Demak, yangidan uyushgan o‘zbek muxolifatining tajovuzkor rejimga qarshi boshlangan kurashining ilk bosqichi rejalashtirilgan xadafga etib bordi va navbatdagi qadamimiz yanada shaxdam bo‘lajak.

read more »

02/08/2011

Shinjon politsiyasi uyg‘ur hujumchilarni otib o‘ldirganini aytmoqda – bbc uzbek

 

 

2 avgust 2011

Xitoyning Shinjon Uyg‘ur bo‘lgasi politsiyasi xabar qilishicha, dam olish kunlaridagi hujumlarda ayblangan va qidiruv e’lon qilingan ikki uyg‘urni otib o‘ldirgan.

Qashg‘ar rasmiylariga ko‘ra, ikki gumondor makkajo‘xorizorda yashiringanlar.

Xitoyning Sinxua axborot agentligi dushanba kuni otib o‘ldirilgan shaxslarni musulmon uyg‘ur ekanliklarini aytadi.

Ularning 29 yoshli Mamatali Tilavoldi va 34 yoshli Tursun Hasan ekanlari xabar berilgan.

read more »

02/08/2011

O‘rxon Jamol: “O‘zbek muxolifatiga ishonchim yo‘q” – ozodlik.org

O‘rxon Jamol O‘zbekistondagi vaziyatni xalq o‘zgartira oladi, lekin hozircha xalq bunga tayyor emas, deya hisoblashini aytadi.

01.08.2011

Umidbek

“Novosti Uzbekistana” gazetasining AQShdagi muxbiri Aydin Gudarzi “Dojdь” telekanalining harbiy sharhlovchisi O‘rxon Jamolni “intellektual jihod” va “Islom xalifaligi” g‘oyalarini targ‘ib etishda aybladi. Rasmiy gazeta muxbiri Gudarzi bu haqda 12.uz saytida chop etilgan maqolada yozdi. Ozodlik Radiosi o‘zini “islom jurnalisti”, deb ataydigan va rossiyalik boshqa sharhlovchilardan keskin qarashlari bilan ajralib turadigan O‘rxon Jamolni suhbatga tortdi.

Aydin Gudarzi o‘zining “Axborot urushlarida” Kim, kimni va qanday…” to‘g‘risidagi ayrim mulohazalar” maqolasida O‘rxon Jamolni sobiq Ittifoq mamlakatlarida Islom halifaligi g‘oyalarni targ‘ib etuvchi “islomchi-provokator” deb atadi.

read more »

02/08/2011

“Qashqardagi voqealar uyg‘urlarning navbatdagi isyoni” – ozodlik.org

Qashqar ko‘chalaridagi Xitoy harbiylari.

02.08.2011

“Bu Pekin da’vo qilgan kabi terror xuruji emas”, deydi Dunyo uyg‘urlari qurultoyi Bosh kotibi Ozodlik bilan suhbatda.

O‘tgan hafta oxirida Sharqiy Turkistonning Qashqar shahrida yuzaga chiqqan zo‘ravonliklar ortidan Xitoy armiyasi shaharda komendantlik soati joriy qildi va hozirda shahar ko‘chalarini harbiylar nazorat qilmoqdalar.

read more »