23/07/2013

“O‘zbek” atamasining kelib chiqishi haqida

Xurshid_Davron19/07/2013

G‘arb olimlaridan bo‘lmish Allen J. Frank va Peter B. Golden o‘zbek’ atamasi Turkiston kengliklarida Oltin O‘rda xoni O‘zbekxondan anchagina oldin paydo bo‘lgan deb ta’kidlashadi. Ba’zi olimlar,masalan, M.Ermatov ’o‘zbek’ so‘zining paydo bo‘lishini turrkiy qabilalardan bo‘lmish uz(uz)lar bilan bog‘laydi.HD

Tarixchi olimlarning yozishiga ko‘ra, XII asrda yashagan muarrix Usama ibn Munqiz “Kitab al-I’tibar” asarida Mosul amirining ismi O‘zbek edi deb qayd etadi..Mashhur muarrix Rashdiddin Fazlulloh al-Hamadoniy ham o‘zining “Jome at-Tavorih” asarida ilgezidiylar sulolasiga tegishli Tabriz hokimining ismi O‘zbek Muzaffar deb ma’lumot beradi. Jaloliddin Xorazmshoh qo‘shinboshliqlaridan birining ismi ham Jahon Pahlavon O‘zbek bo‘lgani ma’lum.

Bu ma’lumotlarni keltirishimdan maqsad shunda-ki, bugungi kunda «o‘zbek» atamasi xususida yozilgan ilmiy maqola-yu manba’larda aksariyat bu atamani Oltin O‘rda xoni O‘zbekxon (1312-1340) nomidan kelib chiqqan deb yozishlari asossiz ekanligini va bu ism juda qadimdan mavjud ekanini uqtirib o‘tishdan iborat.

Men «o‘zbek» atamasining kelib chiqishi muammosiga yoshlik chog‘larimdan qiziqqanman.Hozir bu haqda batafsil to‘xtalib o‘tirmoqchi emasman.Mavridi kelganda bu masala aks etgan tarixiy-badiiy asarlarimdagi fikrlarimni jamlab sizga etkazishga urinib ko‘rarman. Continue reading

15/07/2013

Gap do‘ppidami yo sallada? – uzxalqharakati.com

o'xh javob15/07/2013

So‘nggi paytlarda xalqning siyosatga befarq bo‘lib qolayotganiga yagona sabab — uning dindorligi, qabilidagi gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Bunday gaplar shunday qarorli ravishda va shu qadar ko‘p takorlanayaptiki, o‘lkamizdagi ahvoldan xabari bo‘lmagan odam, «bu mamlakat rosa siyosatchilarga to‘la ekan-u, shu qoloq dindorlargina ko‘pchilikdan ajralib, xudbinlarcha o‘z ikir-chikirlari bilan ovora bo‘lib yotgan ekan», degan fikrga kelishi aniq.

Masjidga borish bilan «siyosiylashuv»ning bir-biriga teskari proportsianal ekanligi haqda o‘zbeklar ichida keng tarqalgan fikr — yanglishdir. O‘z maishatidan, huzuridan boshka narsani o‘ylamaydigan «sekulyar», «loyiq», «dunyoviy» bir aroqxo‘rning va yoki mayishiy buzuq bir ijtimoiy parazitning (ular jamiyat taraqqiyoti uchun hech narsa qilmaydilar) masjidga qatnaydigan bir odamdan ko‘ra ko‘proq «siyosiylashgan» bo‘lishi haqidagi faraz va taxminlar kulgulidir. «Xalq jomega qatnagani uchun siyosatdan uzoq» degan almisoqdan qolgan tushuncha, «din afyundir», degan marksistik aqida xali-beri o‘zbeklarning miyasidan chiqadigan ko‘rinmayapti. Continue reading

13/07/2013

Muxtoriyat

Uzbek_Abdurauf_Fitrat_stampTurkiston muxtoriyati… Temur xoqonining chin bolalari yoninda, turkistonning tubchak turklari orasinda, mundan oʻgʻurli[1], mundan muqaddas, mundan suyunchli bir soʻzni borligʻiga ishonmayman.

Turkiston turkining qonini qaynatgʻuchi, imonini yuksaltguchi bir quvvat bor esa, yolgʻuz shu soʻzda bordir: Turkiston muxtoriyati.

Elli(k) yildan beri ezildik, tahqir etildik, qoʻlimiz bogʻlandi, tilimiz kesildi, ogʻzimiz qoplandi, yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumuruldi, nomusimiz gʻasb qiyaindi, huquqimizgʻa tajovuzlar boʻldi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi, toʻzimli turdik, sabr etdik.

Kuchga tayangan har buyrugʻga boʻyinsundik, butun borligʻimizni qoʻldan berdik. Yolgʻiz bir fikrni bermadik, yashrun turdik, emgaklarimizgʻa oʻrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!

Mahkama eshiklaridan yigʻlab qaytgʻanda, yoruqsiz turmalarda yotgʻanda, yirtgʻuchi jandarmning tepgusi bilan yiqilgʻanda, yurtlarimiz yondurulgʻanda, dindoshlarimiz osilgʻanda ongimiz yoʻqoldi, miyamiz buzildi, koʻzimiz yogʻdusiz qoldi, biror narsani koʻrolmadik. Shul chogʻda, tushkun ruhimizni koʻtarmak uchun shul qop-qorongʻu dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab tura(r) edi. Biror narsaga oʻtmagan koʻzimiz shuni koʻrar edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati! Continue reading

13/07/2013

Beshigida bo‘g‘ilgan muxtoriyat – e-tarix.uz

450px-Bandera_de_KokandTURKISTON O‘LKA MUSULMONLARINING TO‘RTINCHI FAVQULODDA QURULTOYIDA TURKISTON (QO‘QON) MUXTORIYATINING E’LON QILINISHI

 

Namanganlik iqtidorli tarixchi olim, tarix fanlari nomzodi marhum Yo‘lchi Qosimov O‘zbekistonning asl tarixini yozib, yuzaga chiqarish borasida ko‘p fidoyilik ko‘rsatgan zahmatkash ziyolilardan edi. Uning “Qora ko‘zoynak bilan yozilgan tarix” kitobi mahalliy nashriyotda oz nusxada nashr etilgani bois o‘quvchilarning keng qatlamiga etib bormadi. Shuni nazarda tutib, kitobning Turkiston (“Qo‘qon”) muxtoriyati tarixiga bag‘ishlangan bobini jurnalimiz o‘quvchilariga taqdim etishga qaror qildik.

 

RSFSR Millatlar ishi Xalq Komissari I. V. Stalin va Xalq Komissarlar Sovetining raisi V. I. Leninlarning imzosi bilan ikkita tarixiy hujjat e’lon qilindi: «Rossiya xalqlari huquqlari Deklaratsiyasi» (1917 yil 2/15 noyabrь) va «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga Murojaatnoma»si (1917 yil 3 dekabrь). Ana shu Murojaatnomada, jumladan, shunday deyilgan edi: «Sizning din va urf-odatlaringiz, Sizning milliy va madaniy muassasalaringiz bundan buyon erkin va daxlsiz deb e’lon qilinadi. O‘z milliy turmushingizni erkinlik bilan va bahuzur tuzaberingiz. Shunday qilishga haqlisiz. Bilingizki, Sizning huquqingiz ham inqilob va uning organlari bo‘lgan Ishchi, askar va dehqon deputatlari Sovetlarining butun qudrati bilan himoya qilinadi… O‘z mamlakatingizga o‘zingiz xo‘jayin bo‘lmog‘ingiz kerak. O‘z turmushingizni ko‘ngildagidek va o‘z xohishingizga muvofiq qilib o‘zingiz tuzmog‘ingiz lozim. Siz shunday qilishga haqlidirsiz. Chunki sizning taqdiringiz o‘z qo‘lingizda…» (V. I. Lenin. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston to‘g‘risida. Toshkent, O‘zdavnashr, 1957, 71-72-betlar). Deklaratsiyada esa jumladan shunday deyilgan edi: «Xalq Komissarlar Soveti qaror qiladi… 2. Rossiya xalqlarining o‘z taqdirlarini o‘zlari erkinlik bilan belgilashlari va hattoki, ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqini berish. 3. Hamma va har qanday milliy imtiyoz va cheklashlarni va milliy-madaniy imtiyoz va cheklashlarni bekor qilish» (O‘sha kitob, 68-bet). Continue reading

11/06/2013

“Taksim” meydanındaki olaylara münasebetimiz – uzxalqharakati.com

MS11/06/2013

Son günlerde Türkiye’de yaşanan olaylar hakkındaki bakışımız hususunda sorular çoğalmakta.

Uznews.net” gibi bazı bozguncu siteler bizim güya “Taksim” meydanındaki polis müdahalelerini desteklediğimiz doğrultusunda yalanlar uyduruyor.

Bu konuda birkaç söz söylemeyi uygun gördük.

Türkiye bugünlerde seküler diktadan daha özgür bir topluma doğru yol alırken önemli bir tarihi aşamadan geçiyor.

Aslında “Taksim” meydanındaki göstericilerin karşı çıktıkları “Erdoğan otoritarizm”inin temelinde T.Erdoğan’ın partisinin 10 yıl önce başkaldırmasını icbar eden demokratik diktatörlüğün genleri bulunuyor.

Bu paradoks değil, devamlılıktır. Hatta bunu toplumun gelişim diyalektiği olarak isimlendirmek de mümkün. Continue reading

11/06/2013

«Taqsim» maydonidagi voqealarga munosabatimiz – uzxalqharakati.com

MS 11/06/2013

So‘nggi kunlarda Turkiyada yuz bergan voqealarga munosabatimiz haqda savollar ko‘paymoqda.

«Uznyusnet» kabi ba’zi fitnachi saytlar bizning go‘yo «Taqsim» maydonidagi politsiya mudohalalariga xayrihoh ekanimiz xaqda yolg‘onlar uydirmoqda.

Bu mavuzda bir-ikki og‘iz so‘z aytishni lozim ko‘rdik.

Turkiya bugunlarda sekulyarizm diktatidan erkinroq bir jamiyat sari xarakat etarkan, muhim bir tarxiy bosqichdan kechmoqda.

Aslida, «Taqsim» maydonidagi namoyishchilar qarshi chiqayotgan «Erdo‘g‘on avtoritarizmi» zamirida T.Erdo‘g‘on partiyasini 10 yil avval bosh ko‘tarishga majbur etgan demokratik diktaturaning geni yotibdi.

Bu paradoks emas, izchillikdir. Xatto buni jamiyatning taraqqiyot dilektikasi deyish ham mumkin. Continue reading

06/06/2013

Turkiyaga nima bo‘ldi? (Turkiya voqealariga shaxsiy bir nazar) – uzxalqharakati.com

turkia06/06/2013

Turkiyadagi g‘alayonlar boshlanganidan buyon buning sabablarini bilishga qiziqib, dunyodagi ko‘pchilik tanishlarim va do‘stlarimga savollar yo‘lladim. Baribir tushunganim ko‘p bo‘lmadi.

O‘zim tez-tez borib turadigan azim va maftunkor Istanbulning Taqsim maydonidan boshlangan voqealar mana deyarli bir haftadan buyon dunyo ommasining nigohida turibdi.

U erdan kelayotgan keti uzilmas xabarlar ham bir biriga o‘xshamaydi va hattoki ba’zan bir-birini inkor etadi.

Kecha men yashayotgan Kanadaning Vankuver shahridagi turklar ham shaharning bosh maydoniga chiqishib, ikki soatga yaqin “Erdo‘g‘on, iste’foga ket!” deb qichqirishdi. Maydonga yig‘ilgan mingga yaqin turklar Otaturkning portretini ko‘kka ko‘tarishdi. Men jurnalist bo‘lganim uchun, hamda miting ishtirokchilarining fikrlarini o‘rganish maqsadida o‘sha mitingni boshidan oxiriga qadar O‘zbekiston Xalq Harakati vakili sifatida emas, bir jurnalist sifatida kuzatdim. U erda olgan rasm va videolarimni bir ikitasini Feysbuk saxifasiga qo‘ydim. Hech qanday izoh yozmadim. Continue reading

31/05/2013

“UzGazOyl” ishchilari 240 soat ishlab, 160 soatiga haq olmoqda – ozodlik.org

Zeromaks neft va gazdan ayrildi - UzGazOil yopildi30.05.2013

“UzGazOyl”ning Toshkentdagi sho‘’basi ishchilaridan Ozodlikka kelgan navbatdagi shikoyat maktubini o‘rganish asnosida mazkur shirkatining mehnat haqidagi O‘zbekiston qonunlarini buzib, ishchilar huquqlarini poymol qilayotgani borasidagi qator faktlar qo‘lga kiritildi.

Shirkat rahbariyati va ishchilar o‘rtasidagi murakkab vaziyat haqida “UzGazOyl”  boshqaruviga yaqin shaxs Ozodlik radiosi bilan suhbatda ismini aytilmaslik sharti bilan gapirdi:

– O‘tgan hafta 500-600 nafar operator xodimlar bilan shartnomalar ularga qulay bo‘lmagan tarzda o‘zgartirildi. Yangi shartnomaga ko‘ra operator 240 soat ishlashi kerak bir oyda . Vaholanki bu mumkin emas, Mehnat kodeksi bo‘yicha ish soati oyda 160 soatdan oshmasligi kerak. Shartnoma yonida ishchilardan 240 soat ishlashga roziman, maoshim 160 soat uchun rasmiylashtirilishiga e’tirozim yo‘q, degan tilxat ham yozdirishdi, deydi “UzGazOyl”  mulozimi Ozodlik bilan suhbatda.

“UzGazOyl”ning viloyatlardagi shoxobchalaridan birida ishlaydigan 37 yashar Shuhrat ismli operatorning aytishicha, ko‘p ishlatib, kam haq berilayotgan ishchilardan tilxat olish  amaliyoti Toshkent shahridagi “UzGazOyl” zapravkalarida ham kuzatilgan. Continue reading

25/05/2013

Ko‘piksimon ummat

Ko‘piksimon ummatOxirgi asrlarda ummat duchor bo‘lgan vayronalik va chorasizlik holati Qur’on va Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hadislarida bashorat qilingandir. Va bu bashoratlar ajablanarli tarzda har bir avlod va halqlarga tushunarli bo‘lgan atrofdagi tabiatdan misollar keltirish orqali ifodalangan. Va ilm-fan rivojlangan sari biz bu misollarni qanchalik yaxshiroq idrok etar ekanmiz, ko‘z oldimizda bugungi holatimizning dahshatli manzarasi shunchalik ravshan namoyon bo‘ladi.

Ko‘piksimon ummat

Bu ahvol bizga tasvirlab berilgan, va biz aniq va ravshan tarzda bu xaqda ogohlantirilganmiz, shu bois bilmasligimiz bilan o‘zimizni oqlay olmaymiz. Abu Dovud «Sunan»ida va Ahmad «Musnad»ida Savbon roziyallohu anhudan shunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Hali ustingizga xalqlar xuddi emakxo‘rlar tovog‘iga tashlanganidek yopirilib keladi», dedilar. Biz: «Yo Rasululloh, o‘sha kuni ozchilik bo‘lganimizdanmi?», deb so‘radik. «Sizlar u kuni ko‘pchilik bo‘lasizlar, lekin xuddi selning ko‘pigi kabi ko‘pik bo‘lasizlar, dushmanlaringiz qalbidan mahobat (qo‘rquv) olib qo‘yiladi va qalblaringizga vahn (zaiflik) solib qo‘yiladi», dedilar. «Vahn nima?», dedik. «Dunyoga muhabbat va o‘limni yomon ko‘rish», dedilar.

Ushbu hadis ummat hozirda duchor bo‘lgan ahvolni ancha aniq va chuqur tasvirlab beradi. Bugun Islom dunyosi tarqoq va o‘zaro adovatda bo‘lgan, xalqaro ishlarda xech qanday ta’siri yo‘q, va xatto o‘z taqdiri ustidan ham nazoratga ega bo‘lmagan mamlakatlardan iborat. Ular Xalifalik bo‘linib ketgandan so‘ng Britaniya imperiyasi «tortiq» etgan o‘z mustaqilligiga, o‘z davlat chegaralariga, bayroqlariga, parlamentiga va xatto havfsizlik kafolatlariga ham ega bo‘lishdi. Continue reading

25/05/2013

Taniqli o‘zbek yozuvchisi O‘tkir Hoshimov olamdan o‘tdi – ozodlik.org

otkir hoshimov janozaO‘tkir Hoshimovni so‘nggi manzilga kuzatishmoqda. Toshkent, 24 may, 2013.

24.05.2013

O‘zbek prozasida zamonaviy mavzularni imkon qadar mafkuradan xoli tarzda yorita olgan taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimov 71 yoshida olamdan o‘tdi. Toshkentning Do‘mbirobod masjididagi juma namozidan keyin yozuvchi jasadi tuproqqa berildi. Yozuvchi, aksar o‘zbek ijodiy ziyolilaridan farqli, Chig‘atoy qabristoni emas, onasining yoniga Do‘mbrobodga dafn qilindi.

Janoza marosimida qatnashgan Ozodlik muxbiriga ko‘ra, yozuvchini so‘nggi manzilga jo‘natishda poytaxt jamoatchiligi vakillari, yozuvchilar va oddiy kitobxonlar qatnashgan. O‘tkir Hoshimov uzoq davom etgan saratondan so‘ng payshanba kechqurun olamdan ko‘z yumgan. Continue reading