Archive for ‘Turkmaniston (Türkmenistan)’

18/02/2012

Ak Velsapar: ‘Markaziy Osiyodagi tuzumlarning umri tugab bormoqda’ – bbc uzbek

17 fevral 2012

Ak Velsapar xorijdagi eng taniqli turkmanistonlik mualliflardan biri

Turkmanistonda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ikkinchi muddatga qasamyod qilgan.

12 fevral kuni o‘tgan prezidentlik saylovlarida 97 foizdan ko‘proq ovoz olgan 54 yoshli janob Berdimuhamedov bir oyog‘ida tiz cho‘kib, turkman bayrog‘ini o‘pgan va mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimini joriy etishga va’da bergan. Muxbirlar uning 2007 yildagi marosimdan farqli o‘laroq, marhum Prezident Saparmurot Niyozov nomini tilga olmagani va “Ruhnoma” bilan qasam ichmaganiga e’tibor qaratishgan. Shvetsiyada yashayotgan turkmanistonlik taniqli jurnalist va adib Ak Velsaparning aytishicha, janob Berdimuhamedovning va’dalari bilan Turkmanistondagi haqiqiy voqe’lik o‘rtasidagi jarlik juda katta.

read more »

30/12/2011

Turkman prezidentining so‘kinishlari YouTubega chiqdi – ozodlik.org

Turkman prezidenti jamoatchilikka asosan kulgan chehrasini ko‘rsatishga urinib kelmoqda.

30.12.2011

Lavhada vazirlarini “haromxo‘r” deb so‘kkan Berdimuhammedov turk tadbirkorlarini “aldamchi, qallob” deb ataydi.

Turkmanistondagi ulkan qurilish loyihalarini amalga oshirib, buning uchun 1 milliard dollarga yaqin pulini ololmay yurgan turk shirkatlari bilan janjal davom etayotgan bir paytda, YouTube videoportalida prezident Qurbonquli Berdimuhammedovning jamoatchilik, ayniqsa xorij jamoatchiligi ko‘ziga atalmagan qiyofasi aks etgan videolavha e’lon qilindi.

2009 yilda Ashxobodni modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik qurilish loyihalari maketi bilan tanishgan Turkmaniston prezidentining bu videoda muhrlangan gap-so‘zlari, hokimiyatga kelganidan beri o‘zini zamonaviy, hatto romantik, hamisha kulib turuvchi, yosh, shijoatli sardor qilib ko‘rsatishga urinayotgan Berdimuhammedovning asl qiyofasini fosh qiladi.

read more »

16/08/2011

Turkmanistonda turk maktablari yopila boshlashiga diniy xavotirlar sababmi? – bbc uzbek

15 avgust 2011

Turkiya Turkmanistonning muhim xalqaro sheriklaridan biri bo‘lib qolmoqda

Turkmanistondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, mamlakatdagi turk litseylari yopila boshlagan.

Xronika Turkmenistana veb sahifasi xabarida aytilishicha, Turkmanistonda hozirda faqat bitta shunday maktab – Ashxoboddagi 57-sonli Mustafo Kamol Otaturk nomidagi litsey qolgan.

Bu maktabga yangi talabalar olinishi to‘xtatilgan, maktab o‘qituvchilari u erda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga ta’limni yakunlash imkoniyati berilishini bildirishgan.

read more »

16/08/2011

Turkmanistonda Obodon portlashlariga aloqador deb ko‘rilgan insonlar ozodlikdan mahrum etilgan – bbc uzbek

12 avgust 2011

Muhojirotdagi Turkman muxolifati faollari xabar qilishlaricha, bundan bir oy ilgari poytaxt Ashxobodga yaqin Obodon shaharchasida ro‘y bergan portlashlarga aybdor, deb ko‘rilib 40 qa yaqin inson ozodlikdan mahrum etilgan.

Bular Obodondagi qurol-yarog‘ ombori joylashgan harbiy qism boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari va boshqa harbiylardir.

Mahkamaga tortilganlar 10 yildan 25 yilgacha bo‘lgan qamoq jazolariga hukm etilganlari haqida xabarlar olinmoqda.

read more »