Archive for ‘TARIX (Tarih)’

23/07/2013

“O‘zbek” atamasining kelib chiqishi haqida

Xurshid_Davron19/07/2013

G‘arb olimlaridan bo‘lmish Allen J. Frank va Peter B. Golden o‘zbek’ atamasi Turkiston kengliklarida Oltin O‘rda xoni O‘zbekxondan anchagina oldin paydo bo‘lgan deb ta’kidlashadi. Ba’zi olimlar,masalan, M.Ermatov ’o‘zbek’ so‘zining paydo bo‘lishini turrkiy qabilalardan bo‘lmish uz(uz)lar bilan bog‘laydi.HD

Tarixchi olimlarning yozishiga ko‘ra, XII asrda yashagan muarrix Usama ibn Munqiz “Kitab al-I’tibar” asarida Mosul amirining ismi O‘zbek edi deb qayd etadi..Mashhur muarrix Rashdiddin Fazlulloh al-Hamadoniy ham o‘zining “Jome at-Tavorih” asarida ilgezidiylar sulolasiga tegishli Tabriz hokimining ismi O‘zbek Muzaffar deb ma’lumot beradi. Jaloliddin Xorazmshoh qo‘shinboshliqlaridan birining ismi ham Jahon Pahlavon O‘zbek bo‘lgani ma’lum.

Bu ma’lumotlarni keltirishimdan maqsad shunda-ki, bugungi kunda «o‘zbek» atamasi xususida yozilgan ilmiy maqola-yu manba’larda aksariyat bu atamani Oltin O‘rda xoni O‘zbekxon (1312-1340) nomidan kelib chiqqan deb yozishlari asossiz ekanligini va bu ism juda qadimdan mavjud ekanini uqtirib o‘tishdan iborat.

Men «o‘zbek» atamasining kelib chiqishi muammosiga yoshlik chog‘larimdan qiziqqanman.Hozir bu haqda batafsil to‘xtalib o‘tirmoqchi emasman.Mavridi kelganda bu masala aks etgan tarixiy-badiiy asarlarimdagi fikrlarimni jamlab sizga etkazishga urinib ko‘rarman.

read more »

13/07/2013

Muxtoriyat

Uzbek_Abdurauf_Fitrat_stampTurkiston muxtoriyati… Temur xoqonining chin bolalari yoninda, turkistonning tubchak turklari orasinda, mundan oʻgʻurli[1], mundan muqaddas, mundan suyunchli bir soʻzni borligʻiga ishonmayman.

Turkiston turkining qonini qaynatgʻuchi, imonini yuksaltguchi bir quvvat bor esa, yolgʻuz shu soʻzda bordir: Turkiston muxtoriyati.

Elli(k) yildan beri ezildik, tahqir etildik, qoʻlimiz bogʻlandi, tilimiz kesildi, ogʻzimiz qoplandi, yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumuruldi, nomusimiz gʻasb qiyaindi, huquqimizgʻa tajovuzlar boʻldi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi, toʻzimli turdik, sabr etdik.

Kuchga tayangan har buyrugʻga boʻyinsundik, butun borligʻimizni qoʻldan berdik. Yolgʻiz bir fikrni bermadik, yashrun turdik, emgaklarimizgʻa oʻrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!

Mahkama eshiklaridan yigʻlab qaytgʻanda, yoruqsiz turmalarda yotgʻanda, yirtgʻuchi jandarmning tepgusi bilan yiqilgʻanda, yurtlarimiz yondurulgʻanda, dindoshlarimiz osilgʻanda ongimiz yoʻqoldi, miyamiz buzildi, koʻzimiz yogʻdusiz qoldi, biror narsani koʻrolmadik. Shul chogʻda, tushkun ruhimizni koʻtarmak uchun shul qop-qorongʻu dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab tura(r) edi. Biror narsaga oʻtmagan koʻzimiz shuni koʻrar edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!

read more »

13/07/2013

Beshigida bo‘g‘ilgan muxtoriyat – e-tarix.uz

450px-Bandera_de_KokandTURKISTON O‘LKA MUSULMONLARINING TO‘RTINCHI FAVQULODDA QURULTOYIDA TURKISTON (QO‘QON) MUXTORIYATINING E’LON QILINISHI

 

Namanganlik iqtidorli tarixchi olim, tarix fanlari nomzodi marhum Yo‘lchi Qosimov O‘zbekistonning asl tarixini yozib, yuzaga chiqarish borasida ko‘p fidoyilik ko‘rsatgan zahmatkash ziyolilardan edi. Uning “Qora ko‘zoynak bilan yozilgan tarix” kitobi mahalliy nashriyotda oz nusxada nashr etilgani bois o‘quvchilarning keng qatlamiga etib bormadi. Shuni nazarda tutib, kitobning Turkiston (“Qo‘qon”) muxtoriyati tarixiga bag‘ishlangan bobini jurnalimiz o‘quvchilariga taqdim etishga qaror qildik.

 

RSFSR Millatlar ishi Xalq Komissari I. V. Stalin va Xalq Komissarlar Sovetining raisi V. I. Leninlarning imzosi bilan ikkita tarixiy hujjat e’lon qilindi: «Rossiya xalqlari huquqlari Deklaratsiyasi» (1917 yil 2/15 noyabrь) va «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga Murojaatnoma»si (1917 yil 3 dekabrь). Ana shu Murojaatnomada, jumladan, shunday deyilgan edi: «Sizning din va urf-odatlaringiz, Sizning milliy va madaniy muassasalaringiz bundan buyon erkin va daxlsiz deb e’lon qilinadi. O‘z milliy turmushingizni erkinlik bilan va bahuzur tuzaberingiz. Shunday qilishga haqlisiz. Bilingizki, Sizning huquqingiz ham inqilob va uning organlari bo‘lgan Ishchi, askar va dehqon deputatlari Sovetlarining butun qudrati bilan himoya qilinadi… O‘z mamlakatingizga o‘zingiz xo‘jayin bo‘lmog‘ingiz kerak. O‘z turmushingizni ko‘ngildagidek va o‘z xohishingizga muvofiq qilib o‘zingiz tuzmog‘ingiz lozim. Siz shunday qilishga haqlidirsiz. Chunki sizning taqdiringiz o‘z qo‘lingizda…» (V. I. Lenin. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston to‘g‘risida. Toshkent, O‘zdavnashr, 1957, 71-72-betlar). Deklaratsiyada esa jumladan shunday deyilgan edi: «Xalq Komissarlar Soveti qaror qiladi… 2. Rossiya xalqlarining o‘z taqdirlarini o‘zlari erkinlik bilan belgilashlari va hattoki, ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqini berish. 3. Hamma va har qanday milliy imtiyoz va cheklashlarni va milliy-madaniy imtiyoz va cheklashlarni bekor qilish» (O‘sha kitob, 68-bet).

read more »

18/02/2012

1999 yil 16 fevral – “O‘zbekiston miltiqlilar qo‘liga o‘tdi” – ozodlik.org

Bundan 13 yil burun 1999 yilning 16 fevralida Toshkentning besh joyida 45 daqiqa ichida portlashlar yuz berdi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor ro‘y bergan bu portlashlar mamlakatda tinimsiz davom etayotgan repressiyalarga doyalik qildi.

Islom Karimov o‘z jonigy qasd qilingani aytilgan portlash joyi – Vazirlar mahkamasi binosi oldiga MXX raisi Rustam Inoyatov va IIV Zokir Almatov hamrohligida kelib, qisqa bayonot berdi.

Abdulla Iskandar

16.02.2012

Shu kuni Vazirlar Mahkamasi binosida 1998 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lishi kerak edi. Birinchi portlash prezident Islom Karimov kelishiga 10 daqiqa qolganda – soat 10.45 da mana shu bino oldida bo‘ldi.

Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi, Milliy bank, o‘shandagi “Iskra” kinoteatri oldida, Yakkasaroy tumanidagi hovlida portlash yuz berdi.

Mamlakat rasmiylari bayonotiga ko‘ra, portlashlar oqibatida 16 odam nobud bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Hodisa sodir bo‘lgan kuniyoq, avvaliga prezident Karimov, keyin esa O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov va Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rustam Inoyatovlar televidenieda chiqish qilib, bu qo‘liga qurol olgan radikal dindorlarning terror hujumi, deya voqeaga darhol baho bergan va aybdorlarni ham aytib ulgurgan edi.

read more »

16/08/2011

«Quloqlar»ning takroran qatag‘on qilinishi – e-tarix.uz

Jamoalashtirish va «quloqlashtirish» kampaniyasi davrida dehqonchilik mehnati bilan ro‘zg‘or tebratayotgan, erning haqiqiy egalari bo‘lgan qishloq aholisi qatag‘on ob’ekti bo‘lib qoldi. 1931 yil avgustida O‘zbekiston bo‘yicha 3 795 xo‘jalik (17 839 jon) «quloq» qilinib, yuqorida aytib o‘tganimizdek, bor mulklaridan, uy-joylaridan mahrum qilindi va Ukrainaning Xerson viloyatiga va Shimoliy Kavkaz (hozirgi Stavropolь o‘lkasi) ga surgun qilindi. 1932 yil mayida esa respublikamizning 54 tumanidan 4 865 xo‘jalik, ya’ni 22 505 kishi (shundan 6 877 nafari erkaklar, 5 886 nafari ayollar, 9 055 nafari esa bolalar) surgun qilindi. Ammo 1932 yilda surgun qilinganlar hisobiga nima uchundir Qashqadaryo va Xorazm okruglaridan surgun qilinganlar kirmay qolgan.

read more »

16/08/2011

Mustaqillik haqida afsona fil’m – ozodlik.org

Mustaqillik 20 yilligiga bag‘ishlangan fil’mda I. Karimov hatto KPSS Markazqo‘midan cho‘chimaydigan, g‘alayon ichiga otda kirib bora oladigan dovyurak siyosatchi sifatida ko‘rsatiladi.

15.08.2011

Mahatma Gandi, Jorj Vashington, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Nelson Mandela. O‘zbekiston televideniesi ko‘rsatilgan fil’m mualliflarining fikricha, bu shaxslarni ikki tarixiy fenomen birlashtirishi mumkin. Biri bu shaxslar o‘z millati mustaqilligi va ravnaqi uchun kurashgan bo‘lsa, ikkinchisi ularning hammasi tarixda Islom Karimovchalik iz qoldira olgani bilan faxrlansa arziydi. Har qalay, “O‘zbekfil’m” kinostudiyasi suratga olgan “Mustaqillik arafasida yoki sho‘rolarning so‘nggi talvasasi” fil’midan shunday xulosa chiqarish mumkin.

read more »

28/07/2011

Rus çarlarının başındaki şehadetler – e-tarix.uz

İran Büyükelçisi Said Gulamraz Meyğunî bize Astrahan şehrindeki Askerî  Müzede sergilenen Çar İvan Grozni’nin başlığındaki yazıyı okudu.  Diplomatın vurguladığına göre bu muhteşem başlığın kenarlarına nadir Arap lehçelerinden birinde “Allah Muhammed” diye yazılmış. Bu iki söz herkesin bildiği gibi “Allah birdir ve Muhammed O’nun kulu ve resulüdür.” kelime-i şehadetinin kısaltılmış hali olabilir.

read more »

27/07/2011

Rus shoxlarining boshidagi shahodatlar – e-tarix.uz

Eron bosh konsuli Said G‘ulomrez Mayg‘uniy Ashtarxon (Astraxan) shahridagi jangovar shon-sharaf muzeyiga qo‘yilgan podshoh Ivan Groznıyning dubulg‘asiga yozilgan bitikni o‘qib berdi. Diplomatning ta’kidlashicha, shohona dubulg‘aning tasmasiga kamyob arab lahjalarining birida “Alloh Muhammad”, deb yozilgan. Bu ikki so‘z hammaga ma’lum “Alloh yagona va Muhammad Uning quli” shahodat kalimasining qisqartirilgani bo‘lishi mumkin.

Ashtarxon shahri Ivan IV-ning qattiqqo‘l siyosati ortidan Rossiya davlatining tarkibiga 450 yil oldin qo‘shilgan edi. Mazkur olamshumul tarixiy ashyo Rossiyaga aynan shu sanaga bag‘ishlangan marosim uchun Stokgolm qurol-aslaha palatasidan maxsus keltirilgan edi. Oldinroq dubulg‘a Moskva Kremlining qurol-aslaha palatasida ko‘rgazmaga qo‘yilar edi.

read more »

19/07/2011

O‘zbekiston tarixidagi ilk mustaqil nashr – ponauz.com

Yanv 15th, 2011

Bundan 20 yil muqaddam O‘zbekistonda ilk erkin matbuot nashri o‘laroq “Munosabat” gazetasi tashkil etilgan edi. Mazkur gazeta asoschisi Faxriddin Xudoyqulovdan Ponauz.com sayti uchun eksklyuziv interv’yu oldik.

Ponauz.com: Saytimiz o‘quvchilari 90 yillarning boshlaridagi erkin matbaachilik harakatlar haqida juda kam narsa bilishadi. Hammasi qanday boshlangan edi, bu g‘oya nimadan iborat edi?

read more »