Archive for ‘O’ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz)’

21/04/2014

image

Bursa sur içindeki ilk mescid . Orhan Gazi’nin ağabeyi Alaaddin Bey Camii.

image

image

image

image

07/12/2013

Mamadali Mahmudov: dunyo e’tiqod bilan tirik, e’tiqod bilan go‘zal! – bbc uzbek

131007192621_uzbek_writer_mamadali_mahmudov_144x81_bbc_nocredit1 dekabr 2013

Atoqli adib Mamadali Mahmudov qariyb 17 yil umrini O‘zbekiston qamoqxonalarida o‘tkazgan

BBCUzbek.com o‘quvchilarining savollariga taniqli adib va jamoat arbobi, sobiq siyosiy mahbus Mamadali Mahmudov javob beradi.

Mamadali Mahmudov (adabiy taxallusi – Evril Turon) 1940 yil 12 dekabrda Jizzaxning Forish tumanidagi Bog‘don qishlog‘ida tug‘ilgan.

Otasi Mahmud Ahmad o‘g‘li Tog‘ begisi (Tog‘dagi o‘rmon va hayvonlarga qarovchi) 1943 yilda urushga ketib, bedarak ketgan.

Onasi Saodat opa bitta farzand bilan qolgan.

Yozuvchining hikoya qilishicha, sho‘rolarga qarshi qurolli kurashda ishtirok etgan bobosi Ahmad Bek 1936 yilda osib o‘ldirilgan.

Mamadali Mahmudov boshlang‘ich sinfda Bog‘don qishlog‘i, 8 sinfgacha Oltinkon shaharchasidagi maktablarda tahsil olgan.

1959 yilda Sovet Armiyasiga ketib, 3 yil harbiy xizmatni o‘tagan.

1962 yilda komsomol yo‘llanmasi bilan Rossiyaning Tula viloyati, Efremov shahriga kimyo kombinati qurilishiga yo‘llangan.

Voronej shahrida kimyo-mashina qurilishi kursini bitirgan.

read more »

30/08/2013

Istiqlol Marshi – ИСТИҚЛОЛ МАРШИ – İstiklâl Marşı

MSÖzbek Türkçesiyle İstiklâl Marşı. Aktaran Muhammed Salih.

TURKIYA ISTIQLOL MARSHI

Mehmet Okif Ersoy

Qo‘rqma, so‘nmas bu shafaqlarda suzgan ol sanjoq,
So‘nmasin yurtimning ustida yongan eng so‘nggi o‘choq.
U manim millatimning yulduzidir porlayajak,
U manimdir, u manim millatimningdir har choq.

Uyma, qurbon bo‘layin, qoshingga ey, nozli hilol!
Qahramon irqimga bir kul! Na bu shiddat, bu jalol?
Sanga bo‘lmas to‘kilgan qonlarimiz so‘ngra halol…
Haqqi, Haqqa topingan millatimning istiqlol.

Man azaldan beridir hur yashadim, hur yashayman!
Qaysi telba manga zanjir urajakmish? Man shayman!
Kukramish sel kabiman, devorni yiqib, oshaman.
Yirtaman tog‘larni, handaqlarga sig‘may, toshaman.

read more »

27/08/2013

Shanba kungi hodisadan keyin Muhammad Solihning uyi qattiq qo‘riqlanmoqda

5831A2E0-2A21-4022-B1C5-47C620CE4872_w268_r1_cx18_cy2_cw59Muhammad Solihning Istambuldagi uyi shanbaga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tarafidan o‘qqa tutildi.

26.08.2013

Ozodlik bilan suhbatlashgan Turkiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xodimiga ko‘ra, 24 avgustda o‘qqa tutilgan Istanbuldagi Muhammad Solih yashaydigan  uy qattiq qo‘riqlanmoqda.

24 avgustga o‘tar kechasi O‘zbekiston xalq harakati rahbari Muhammad Solihning Istanbuldagi uyi o‘qqa tutildi. Voqea guvohlariga ko‘ra, o‘qlar Muhammad Solih istiqomat qiladigan uyning kirish eshigiga tekkan va deraza oynalarini sindirgan.

Muxolifat etakchisining Ozodlikka aytishicha, hech kimga zarar etmagan.

Ozodlik bilan suhbatlashgan Turkiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xodimiga ko‘ra¸ Istanbul politsiyasi hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.

Vazirlik xodimiga ko‘ra, xodisani Turkiya ichki ishlar vazirligi nazoratga olgan.

read more »

17/08/2013

Demokratiya va g‘arb geosiyosatining Misr to‘qnashuvi

Misr-300x21516/08/2013

Misrdagi keyingi ikki yilda kechayotgan voqealar, meni nazarimda, nafaqat Yaqin Sharq, balki dunyo geosiyosati, Islom tsivilizatsiyasining kelajakdagi traektoriyasi uchun o‘ta muhim, chunki, Misr Islom Ummati uchun kelajakda “loyiha-davlat”lardan biri deb qaraladi. “Loyixa-davlat” deb qaralishiga bir qancha jiddiy sabablar mavjud.

Birinchidan, Misr – eng yirik arab davlati – aholisi sal kam 90 million, undan 90%ni musulmonlar tashkil qiladi.

Ikkinchidan, u post-avtoritar, ya’ni, uzoq muddatlik diktatura boshqaruvi va tafakkuri tajribasiga ega, va bu bilan, aksar musulmon davlatlari uchun o‘ta ahamiyatlidir.

read more »

15/08/2013

Rasululloh aytgan ummatni ko‘rdim – Sahviy

304 misrAvgust 15, 2013

Misr maydoniga boqib men bugun,
Tarixda ko‘rmagan, dahshatni ko‘rdim.
Qalbimni o‘rtagay bu xalq faryodi,
Mazlumlarga etgan kulfatni ko‘rdim.

Bir ozgina insof qiling insonlar,
Nega to‘kilmoqda begunoh qonlar,
Odam qiyofasidagi hayvonlar,
Xalq boshiga solgan ofatni ko‘rdim.

read more »

23/07/2013

“O‘zbek” atamasining kelib chiqishi haqida

Xurshid_Davron19/07/2013

G‘arb olimlaridan bo‘lmish Allen J. Frank va Peter B. Golden o‘zbek’ atamasi Turkiston kengliklarida Oltin O‘rda xoni O‘zbekxondan anchagina oldin paydo bo‘lgan deb ta’kidlashadi. Ba’zi olimlar,masalan, M.Ermatov ’o‘zbek’ so‘zining paydo bo‘lishini turrkiy qabilalardan bo‘lmish uz(uz)lar bilan bog‘laydi.HD

Tarixchi olimlarning yozishiga ko‘ra, XII asrda yashagan muarrix Usama ibn Munqiz “Kitab al-I’tibar” asarida Mosul amirining ismi O‘zbek edi deb qayd etadi..Mashhur muarrix Rashdiddin Fazlulloh al-Hamadoniy ham o‘zining “Jome at-Tavorih” asarida ilgezidiylar sulolasiga tegishli Tabriz hokimining ismi O‘zbek Muzaffar deb ma’lumot beradi. Jaloliddin Xorazmshoh qo‘shinboshliqlaridan birining ismi ham Jahon Pahlavon O‘zbek bo‘lgani ma’lum.

Bu ma’lumotlarni keltirishimdan maqsad shunda-ki, bugungi kunda «o‘zbek» atamasi xususida yozilgan ilmiy maqola-yu manba’larda aksariyat bu atamani Oltin O‘rda xoni O‘zbekxon (1312-1340) nomidan kelib chiqqan deb yozishlari asossiz ekanligini va bu ism juda qadimdan mavjud ekanini uqtirib o‘tishdan iborat.

Men «o‘zbek» atamasining kelib chiqishi muammosiga yoshlik chog‘larimdan qiziqqanman.Hozir bu haqda batafsil to‘xtalib o‘tirmoqchi emasman.Mavridi kelganda bu masala aks etgan tarixiy-badiiy asarlarimdagi fikrlarimni jamlab sizga etkazishga urinib ko‘rarman.

read more »

15/07/2013

Gap do‘ppidami yo sallada? – uzxalqharakati.com

o'xh javob15/07/2013

So‘nggi paytlarda xalqning siyosatga befarq bo‘lib qolayotganiga yagona sabab — uning dindorligi, qabilidagi gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Bunday gaplar shunday qarorli ravishda va shu qadar ko‘p takorlanayaptiki, o‘lkamizdagi ahvoldan xabari bo‘lmagan odam, «bu mamlakat rosa siyosatchilarga to‘la ekan-u, shu qoloq dindorlargina ko‘pchilikdan ajralib, xudbinlarcha o‘z ikir-chikirlari bilan ovora bo‘lib yotgan ekan», degan fikrga kelishi aniq.

Masjidga borish bilan «siyosiylashuv»ning bir-biriga teskari proportsianal ekanligi haqda o‘zbeklar ichida keng tarqalgan fikr — yanglishdir. O‘z maishatidan, huzuridan boshka narsani o‘ylamaydigan «sekulyar», «loyiq», «dunyoviy» bir aroqxo‘rning va yoki mayishiy buzuq bir ijtimoiy parazitning (ular jamiyat taraqqiyoti uchun hech narsa qilmaydilar) masjidga qatnaydigan bir odamdan ko‘ra ko‘proq «siyosiylashgan» bo‘lishi haqidagi faraz va taxminlar kulgulidir. «Xalq jomega qatnagani uchun siyosatdan uzoq» degan almisoqdan qolgan tushuncha, «din afyundir», degan marksistik aqida xali-beri o‘zbeklarning miyasidan chiqadigan ko‘rinmayapti.

read more »

13/07/2013

Muxtoriyat

Uzbek_Abdurauf_Fitrat_stampTurkiston muxtoriyati… Temur xoqonining chin bolalari yoninda, turkistonning tubchak turklari orasinda, mundan oʻgʻurli[1], mundan muqaddas, mundan suyunchli bir soʻzni borligʻiga ishonmayman.

Turkiston turkining qonini qaynatgʻuchi, imonini yuksaltguchi bir quvvat bor esa, yolgʻuz shu soʻzda bordir: Turkiston muxtoriyati.

Elli(k) yildan beri ezildik, tahqir etildik, qoʻlimiz bogʻlandi, tilimiz kesildi, ogʻzimiz qoplandi, yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumuruldi, nomusimiz gʻasb qiyaindi, huquqimizgʻa tajovuzlar boʻldi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi, toʻzimli turdik, sabr etdik.

Kuchga tayangan har buyrugʻga boʻyinsundik, butun borligʻimizni qoʻldan berdik. Yolgʻiz bir fikrni bermadik, yashrun turdik, emgaklarimizgʻa oʻrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!

Mahkama eshiklaridan yigʻlab qaytgʻanda, yoruqsiz turmalarda yotgʻanda, yirtgʻuchi jandarmning tepgusi bilan yiqilgʻanda, yurtlarimiz yondurulgʻanda, dindoshlarimiz osilgʻanda ongimiz yoʻqoldi, miyamiz buzildi, koʻzimiz yogʻdusiz qoldi, biror narsani koʻrolmadik. Shul chogʻda, tushkun ruhimizni koʻtarmak uchun shul qop-qorongʻu dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab tura(r) edi. Biror narsaga oʻtmagan koʻzimiz shuni koʻrar edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!

read more »

13/07/2013

Beshigida bo‘g‘ilgan muxtoriyat – e-tarix.uz

450px-Bandera_de_KokandTURKISTON O‘LKA MUSULMONLARINING TO‘RTINCHI FAVQULODDA QURULTOYIDA TURKISTON (QO‘QON) MUXTORIYATINING E’LON QILINISHI

 

Namanganlik iqtidorli tarixchi olim, tarix fanlari nomzodi marhum Yo‘lchi Qosimov O‘zbekistonning asl tarixini yozib, yuzaga chiqarish borasida ko‘p fidoyilik ko‘rsatgan zahmatkash ziyolilardan edi. Uning “Qora ko‘zoynak bilan yozilgan tarix” kitobi mahalliy nashriyotda oz nusxada nashr etilgani bois o‘quvchilarning keng qatlamiga etib bormadi. Shuni nazarda tutib, kitobning Turkiston (“Qo‘qon”) muxtoriyati tarixiga bag‘ishlangan bobini jurnalimiz o‘quvchilariga taqdim etishga qaror qildik.

 

RSFSR Millatlar ishi Xalq Komissari I. V. Stalin va Xalq Komissarlar Sovetining raisi V. I. Leninlarning imzosi bilan ikkita tarixiy hujjat e’lon qilindi: «Rossiya xalqlari huquqlari Deklaratsiyasi» (1917 yil 2/15 noyabrь) va «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga Murojaatnoma»si (1917 yil 3 dekabrь). Ana shu Murojaatnomada, jumladan, shunday deyilgan edi: «Sizning din va urf-odatlaringiz, Sizning milliy va madaniy muassasalaringiz bundan buyon erkin va daxlsiz deb e’lon qilinadi. O‘z milliy turmushingizni erkinlik bilan va bahuzur tuzaberingiz. Shunday qilishga haqlisiz. Bilingizki, Sizning huquqingiz ham inqilob va uning organlari bo‘lgan Ishchi, askar va dehqon deputatlari Sovetlarining butun qudrati bilan himoya qilinadi… O‘z mamlakatingizga o‘zingiz xo‘jayin bo‘lmog‘ingiz kerak. O‘z turmushingizni ko‘ngildagidek va o‘z xohishingizga muvofiq qilib o‘zingiz tuzmog‘ingiz lozim. Siz shunday qilishga haqlidirsiz. Chunki sizning taqdiringiz o‘z qo‘lingizda…» (V. I. Lenin. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston to‘g‘risida. Toshkent, O‘zdavnashr, 1957, 71-72-betlar). Deklaratsiyada esa jumladan shunday deyilgan edi: «Xalq Komissarlar Soveti qaror qiladi… 2. Rossiya xalqlarining o‘z taqdirlarini o‘zlari erkinlik bilan belgilashlari va hattoki, ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqini berish. 3. Hamma va har qanday milliy imtiyoz va cheklashlarni va milliy-madaniy imtiyoz va cheklashlarni bekor qilish» (O‘sha kitob, 68-bet).

read more »