Rasululloh aytgan ummatni ko‘rdim – Sahviy


304 misrAvgust 15, 2013

Misr maydoniga boqib men bugun,
Tarixda ko‘rmagan, dahshatni ko‘rdim.
Qalbimni o‘rtagay bu xalq faryodi,
Mazlumlarga etgan kulfatni ko‘rdim.

Bir ozgina insof qiling insonlar,
Nega to‘kilmoqda begunoh qonlar,
Odam qiyofasidagi hayvonlar,
Xalq boshiga solgan ofatni ko‘rdim.

Birodarlar qadrdonlar ixvonlar,
Muborakdir sizdan to‘kilgan qonlar,
Sobit turibsizlar ketsada jonlar,

Bunday sobitqadamlik yo‘q bizlarda,
Shijoat barq urur nurli yuzlarda,
Qasam ichib aytayin, “men sizlarda,
Ummat uchun, ulkan ibratni ko‘rdim.”

Tarqalsanglar qolardinglar omonda,
Shayton vasvasasi shunday yomonda,
Haqni talab qilib turgan maydonda,
Allohu Ta’ologa qurbatni ko‘rdim.

Bu she’rim bir sizga qilgan xitobda,
Ichimga sig‘maydi dardim shu tobda,
Tangrim nozil etgan ulug‘ kitobda,
Sizga va’da qilgan, jannatni ko‘rdim.

Tengingiz yo‘q shijo’atda, g‘ayratda,
Ta’rif etib bo‘lmas buni albatda,
Sizga nasib etgan bunday kulfatda,
Aqlim etmaydigan hikmatni ko‘rdim.

Sobit bo‘ling, buyuk himmatingizda,
Ummat uchun qilgan xizmatingizda,
Birodarlar sizning, siyratingizda
Rasululloh aytgan ummatni ko‘rdim.

Sahviy

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: