Gap do‘ppidami yo sallada? – uzxalqharakati.com


o'xh javob15/07/2013

So‘nggi paytlarda xalqning siyosatga befarq bo‘lib qolayotganiga yagona sabab — uning dindorligi, qabilidagi gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Bunday gaplar shunday qarorli ravishda va shu qadar ko‘p takorlanayaptiki, o‘lkamizdagi ahvoldan xabari bo‘lmagan odam, «bu mamlakat rosa siyosatchilarga to‘la ekan-u, shu qoloq dindorlargina ko‘pchilikdan ajralib, xudbinlarcha o‘z ikir-chikirlari bilan ovora bo‘lib yotgan ekan», degan fikrga kelishi aniq.

Masjidga borish bilan «siyosiylashuv»ning bir-biriga teskari proportsianal ekanligi haqda o‘zbeklar ichida keng tarqalgan fikr — yanglishdir. O‘z maishatidan, huzuridan boshka narsani o‘ylamaydigan «sekulyar», «loyiq», «dunyoviy» bir aroqxo‘rning va yoki mayishiy buzuq bir ijtimoiy parazitning (ular jamiyat taraqqiyoti uchun hech narsa qilmaydilar) masjidga qatnaydigan bir odamdan ko‘ra ko‘proq «siyosiylashgan» bo‘lishi haqidagi faraz va taxminlar kulgulidir. «Xalq jomega qatnagani uchun siyosatdan uzoq» degan almisoqdan qolgan tushuncha, «din afyundir», degan marksistik aqida xali-beri o‘zbeklarning miyasidan chiqadigan ko‘rinmayapti.

Apolitizm fakat dindorlarga emas (zotan, dindorlar aholining juda oz qismini tashkil qiladi) butun jamiyatimizga tekkan xastalikdir. O‘zbekistonda bironta siyosiylashgan siyosiy arbobni, siyosiylashgan ziyolini, siyosiylashgan tadbirkorni va yoki boshqa bir kasb egasini topish mumkinmi? Yo‘q, albatta. Shunday ekan, hatto «siyosatchilar»ning o‘zi xam siyosatdan tashqari bo‘lgan bir jamiyatda mohiyatan doim siyosatdan bir oz uzoq bo‘lishi kerak bo‘lgan dinni va dindorlarni ayblayverishda bir mantiq bormi?

Albatta, dindorlar o‘z siyosiy passivligini diniy aqidalar bilan oqlashi mumkin, ammo bu — dinga, dindorlikka qarshi kurashishga sabab bo‘lolmaydi. Agar bu narsa shunga sabab bo‘lsa, xuddi shunday shaklda «o‘z bola-chaqasining tinchligini o‘ylab», siyosatga aralashmayotgan kosibning, dehqonning, ziyolining, ishbilarmonning va hatto davlat mansabdorining va yoki boshqa kasb egalarining ham siyosiy faol bo‘lishiga xalal berayotgan narsaga, ya’niy, ularning «bola-chaqasi»ga qarshi ham targ‘ibot olib borishga to‘g‘ri keladi.

Umuman olganda esa, «siyosatga aralashmay turgan» dindorni xuddi shunday siyosiy passiv vaziyatdagi kosib, dehqon, ziyoli va hatto davlatning «yirik siyosiy arboblari»dan ko‘ra ancha siyosiy faolroq deyish mumkin. Yuqorida zikr etilgan kasb egalaridan farqli o‘laroq, dindorning jamiyatga nisbatan tutgan «pozitsiyasi» va dunyoqarashi bor va uni jiddiy olmaslik mumkin emas. Xullas, muammolar xakida gapirishdan oldin har kim avvalo, o‘z do‘ppisini xontaxtaga qo‘yib, muammolarning ildizlari haqida bir oz mulohaza yuritgani va shundan keyingina uni boshqalar bilan baham ko‘rgani ma’qul.

Maqsud Bekjon

http://uzxalqharakati.com/archives/20217

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: