Muxtoriyat


Uzbek_Abdurauf_Fitrat_stampTurkiston muxtoriyati… Temur xoqonining chin bolalari yoninda, turkistonning tubchak turklari orasinda, mundan oʻgʻurli[1], mundan muqaddas, mundan suyunchli bir soʻzni borligʻiga ishonmayman.

Turkiston turkining qonini qaynatgʻuchi, imonini yuksaltguchi bir quvvat bor esa, yolgʻuz shu soʻzda bordir: Turkiston muxtoriyati.

Elli(k) yildan beri ezildik, tahqir etildik, qoʻlimiz bogʻlandi, tilimiz kesildi, ogʻzimiz qoplandi, yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumuruldi, nomusimiz gʻasb qiyaindi, huquqimizgʻa tajovuzlar boʻldi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi, toʻzimli turdik, sabr etdik.

Kuchga tayangan har buyrugʻga boʻyinsundik, butun borligʻimizni qoʻldan berdik. Yolgʻiz bir fikrni bermadik, yashrun turdik, emgaklarimizgʻa oʻrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!

Mahkama eshiklaridan yigʻlab qaytgʻanda, yoruqsiz turmalarda yotgʻanda, yirtgʻuchi jandarmning tepgusi bilan yiqilgʻanda, yurtlarimiz yondurulgʻanda, dindoshlarimiz osilgʻanda ongimiz yoʻqoldi, miyamiz buzildi, koʻzimiz yogʻdusiz qoldi, biror narsani koʻrolmadik. Shul chogʻda, tushkun ruhimizni koʻtarmak uchun shul qop-qorongʻu dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab tura(r) edi. Biror narsaga oʻtmagan koʻzimiz shuni koʻrar edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!

Biz aniq bila(r) edikkim, zolim Nikolay hukumati qancha yasharsa yashasun, adolat oshiqi boʻlgʻan… rus demokratiyasi, haqgʻa tayangan bir inqilob, har millatning oʻz haqlarini qaytarur.

Inqilob boʻldi. Rusiyaning «qoʻshma xalq jumhuriyati» usuli bilan[2] idora etiluri jarlandi. Shul e’lon uzra yasalgan Ukraina, tatar va boshqa millatlar muxtoriyatlari tasdiq etildi. Qoʻnuq[3] Turkistonniki edi. Turkistonning tarixiy xonbaliqlarindan ikkinchisi boʻlgʻan Xoʻqand shahrinda toʻplangʻan Turkiston qurultoyi 27 noʻyabrning «milliy laylaturqadrimiz boʻlgʻan» yarim kechasinda Turkiston muxtoriyatini e’lon qildi.

Lekin shunisi borkim, bir millatning muxtoriyati yolgʻuz bir s’ezdning e’loni bilan tamom boʻlmas. Muxtoriyatni olmoq va saqlamoq kerakdir. S’ezd oʻz ishini qildi. Qolgʻanlari butun millatning vazifasidir. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim. Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha keraqdir. Bularni millat hozir qilsun.

(«Hurriyat», 1917 yil, 5 dekabr).
Maqola «Fan va turmush»ning 1990 yil, 10-sonida (30-31-betlar) qayta nashr qilingan nashrga tayyorlovchi Sh. Turdiev.

  1. oʻgʻurli – haybatli, buyuk.
  2. «qoʻshma xalq jumhuriyati» usuli – Rusiyaning federatsiya asosidagi boshqariluvi nazarda tutiladi. Dastlab, boshqa respublikalar ittifokdosh jumhuriyatlar boʻlib emas, balki Rusiya hududidagi muxtor (avtonom) jumhuriyatlar boʻlib birlashganlar.
  3. qoʻnuq – navbat, gal.

 

http://kutubxona.com/Abdurauf_Fitrat._Muxtoriyat

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: