«Taqsim» maydonidagi voqealarga munosabatimiz – uzxalqharakati.com


MS 11/06/2013

So‘nggi kunlarda Turkiyada yuz bergan voqealarga munosabatimiz haqda savollar ko‘paymoqda.

«Uznyusnet» kabi ba’zi fitnachi saytlar bizning go‘yo «Taqsim» maydonidagi politsiya mudohalalariga xayrihoh ekanimiz xaqda yolg‘onlar uydirmoqda.

Bu mavuzda bir-ikki og‘iz so‘z aytishni lozim ko‘rdik.

Turkiya bugunlarda sekulyarizm diktatidan erkinroq bir jamiyat sari xarakat etarkan, muhim bir tarxiy bosqichdan kechmoqda.

Aslida, «Taqsim» maydonidagi namoyishchilar qarshi chiqayotgan «Erdo‘g‘on avtoritarizmi» zamirida T.Erdo‘g‘on partiyasini 10 yil avval bosh ko‘tarishga majbur etgan demokratik diktaturaning geni yotibdi.

Bu paradoks emas, izchillikdir. Xatto buni jamiyatning taraqqiyot dilektikasi deyish ham mumkin.

Biz bu voqealarni mavjud demokratik jamiyatda normal hodisa o‘laroq baholaymiz.

Biz na Turkiya siyosiy rejimiga, na uning muxoliflariga na qarshi va na-da tarafdormiz.

Biz faqat adolatsizlikning har qanday turiga — kim tarafdan kelsa kelsin — qarshimiz.

Biz zo‘rovonlikka — kim tarafidan kelishidan qat’iy nazar — qarshimiz.

Agar politsiya tinch namoyishchilarga zo‘rovonlik qilsa, biz mazlum taraf, «chopuljilar» tarafidamiz.

Agar «chopuljilar» «ozodlik» bayrog‘i ostida mashinalarga o‘t qo‘ysa, yo‘lovchilarga yonayotgan benzin shishalarini otsalar, biz bu fitnachilarning qarshisidamiz.

Turkiya dunyoning eng demokratik o‘lkasidir. Va o‘sha «eng demokratiklik» badalini to‘lamoqda bugun.

Turkiyada kechayotgan voqealar bizning bu erdagi mavjudiyatmizga u yoki bu shaklda ta’sir qilmaydi.

Biz hukumat kabi, uning muxoliflariga ham boqimanda emasmiz. Biz bu o‘lkada muhojirlarmiz, mehmonmiz. Va bu erdagi hatti-harakatimiz ham shu maqomga mos shaklda bo‘ladi albatta.

Muhammad SOLIH

11.06.2013

http://uzxalqharakati.com/archives/19560

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: