Taniqli o‘zbek yozuvchisi O‘tkir Hoshimov olamdan o‘tdi – ozodlik.org


otkir hoshimov janozaO‘tkir Hoshimovni so‘nggi manzilga kuzatishmoqda. Toshkent, 24 may, 2013.

24.05.2013

O‘zbek prozasida zamonaviy mavzularni imkon qadar mafkuradan xoli tarzda yorita olgan taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimov 71 yoshida olamdan o‘tdi. Toshkentning Do‘mbirobod masjididagi juma namozidan keyin yozuvchi jasadi tuproqqa berildi. Yozuvchi, aksar o‘zbek ijodiy ziyolilaridan farqli, Chig‘atoy qabristoni emas, onasining yoniga Do‘mbrobodga dafn qilindi.

Janoza marosimida qatnashgan Ozodlik muxbiriga ko‘ra, yozuvchini so‘nggi manzilga jo‘natishda poytaxt jamoatchiligi vakillari, yozuvchilar va oddiy kitobxonlar qatnashgan. O‘tkir Hoshimov uzoq davom etgan saratondan so‘ng payshanba kechqurun olamdan ko‘z yumgan.

otkir hoshimovO‘tkir Hoshimov ijodkorlar davrasida.

Oddiy pochtachilikdan boshlangan yozuvchining hayot yo‘li

O‘tkir Hoshimov 1941 yil, 5 avgustda Toshkent shahrida oddiy bir oilada dunyoga keldi. Yozuvchining bolaligi urush va urushdan keyingi mashaqqatli davrga to‘g‘ri keldi. “O‘sha davrda non tanqis bo‘lgani bilan kutubxonalarda kitob ko‘p edi”, deya eslagan edi yozuvchi o‘z xotiralarida.

Kitob o‘qish barobarida O‘tkir Hoshimov pochtada xat tarqatuvchi bo‘lib ishladi. Aynan mana shu ish  O‘tkir Hoshimovni oddiy odamlarning kitobdagi hayotdan butunlay boshqa turmushiga oshno qildi.

Bo‘lajak yozuvchi 1964 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining (sobiq ToshDU) filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limini sirtdan tugatdi.

1959 – 62 yillari “Qizil O‘zbekiston”, 1963-66 y. “Toshkent haqiqati” 1966-82 yillari “Toshkent oqshomi” gazetalarida adabiy xodim bo‘lib ishladi.

Qalbingga quloq sol!

Yozuvchining ilk asari 1962 yilda “Po‘lat chavandoz” nomida  ocherklar to‘plami tarzida nashrdan chiqdi. Ammo yozuvchiga muvaffaqiyat keltirgan asar 1970 yilda nashr qilingan “Bahor qaytmaydi” qissasi  bo‘ldi.

O‘sha paytda nashr qilinayotgan mafkura targ‘ibotidan iborat asarlar fonida yozuvchi O‘tkir Hoshimovning oddiy insoniy munosabatlar haqidagi bu asari qorong‘u osmonda chaqnagan mushak kabi eslanadi.

Bu asar asosida suratga olingan videofilm o‘z vaqtida eng ko‘p tomosha qilingan asar sifatida tarixga kirdi.

O‘tkir Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. “Xazon bo‘lgan bahor”, “Inson sadoqati” (1975), “Vijdon dorisi”, “To‘ylar muborak” (1979), “Qatag‘on” kabi drama, komediya, bir qator kinostsenariylar muallifi. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”(2001) kitobi ijtimoiy –ma’naviy hayotda muayyan iz qoldirgan.

O‘zbek yoshlari tafakkuriga xitob

O‘tgan asrning sovet mafkurasi hukmron bo‘lgan 70-yillarida O‘tkir Hoshimov O‘zbekiston televideniesida “Bahs” deb nomlangan eshittirishlarni olib bordi.

Bu eshittirishlar yozuvchining “Qalbingga quloq sol” ,“Dunyoning ishlari” “Nur borki, soya bor” kabi asarlarida ko‘tarilgan o‘tkir ijtimoiy muammolar haqidagi bahslarning davomi bo‘ldi.

Keyinchalik yozuvchi  ”Ikki eshik orasi “(1986), “Tushda kechgan umrlar” (1994 ) romanlarida zamondosh-asrdosh odamlar taqdirini, 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari 2-jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bog‘liq holda tahlil va talqin etishga urindi.

Qur’on tarjimasini nashr qilgan jasur muharrir

Hali O‘zbekistonda Sovet mafkurasi hukmron bo‘lgan 1990 yilda O‘tkir Hoshimov o‘zi bosh muharrir bo‘lgan “Sharq yulduzi”jurnalida Qur’oni karimning ilk o‘zbekcha tarjimasini chop qilishga jur’at qildi.

Tarixga Gorbachev hurriyati deya kirgan “Qayta qurish va oshkoralik ” davri  O‘tkir Hoshimovga jasorat berdi, deya aytish mumkin.

O‘sha paytdagi O‘zbekiston rahbariyati zehniyatida ashaddiy ateizm mavjudligi hisobga olinsa, bu haqiqatda jasorat namunasi deya eslanadigan qadam.

Toshkentdagi “Ateizm uyi” kabi idora vakillari Qur’on suralarida milliy kamsitish elementlari bor, deya “Sharq yulduzi” jurnalida Qur’oni karim tarjimasini chop qilinishini to‘xtatishga urinishdi.

Bu to‘siqlarga qaramasdan, O‘tkir Hoshimov bu tarjimani to‘lig‘icha jurnalning bir necha sonlarida bosib chiqara oldi.

Marhum yozuvchi 2001 yili “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni  bilan mukofotlangan edi.

Umrining so‘nggi yillarini O‘tkir Hoshimov o‘zbek hukumatining targ‘ibot-tashviqot kampaniyalaridan xoliroqda o‘tkazdi.

Taniqli o‘zbek yozuvchisi O‘tkir Hoshimov olamdan o‘tganiga bag‘ishlangan Qurultoy eshittirishini mana bu erda tinglash mumkin.

http://www.ozodlik.org/content/article/24995895.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: