Rossiya ekspertlari: O‘zbek armiyasi zamonaviy harbiy kuch emas – ozodlik.org


boris sokolovMoskvadagi “Voenno promishlenniy kurer” nashri ekspertlari mana shunday xulosaga kelgan. Mazkur nashrda 21 may kuni chop etilgan maqolada O‘zbekiston armiyasi soni boru sifati yo‘q harbiy kuch va korruptsiyalashgan tuzilma sifatida baholanadi.

Bir qarashda maqola razvedka ma’lumotlaridan iborat hisobotga o‘xshaydi.  Maqolada aytilishicha,  O‘zbekiston  qurolli kuchlaridagi harbiylarning umumiy soni 68 ming kishini tashkil qiladi. Ularning 45 mingtasi piyoda qo‘shinlardir.

Ekspert Boris Sokolovning fikricha, har yili O‘zbekistonda 306 mingdan ko‘proq yigit armiyaga chaqiruv yoshiga to‘ladi. Biroq ularning juda oz qismigina armiyada xizmat o‘taydi. O‘zbekiston armiyasida shartnoma asosida xizmatni o‘tashni xohlovchilar soni taklif qilinayotgan ish o‘rinlaridan ko‘ra ko‘proqdir. Shuning uchun ham o‘zbek armiyasiga shartnoma asosida ishlaydigan harbiylarni tanlov asosida xizmatga yollash imkoniyati mavjud.

– O‘zbek armiyasida mavjud muammolar Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston qurolli kuchlarida ham bor. Ammo o‘zbek armiyasida oylikning ozligi  eng zaif xalqadir. Ko‘pchilik harbiylarning ish haqi 100 dollardan oshmaydi. Shunga qaramay, o‘zbek armiyasining jangavor tayyorgarligi  Markaziy Osiyo davlatlari qurolli kuchlariga nisbatan ancha mukammaldir. O‘zbekiston armiyasida korruptsiya va harbiy mulkni talon-taroj qilish keng tarqalgan,  – dedi ekspert Boris Sokolov Ozodlik radiosiga bergan suhbatida.

Rossiyalik yana bir harbiy ekspert  Aleksandr Goltsning aytishicha, ijtimoiy muammolarning mavjudligi O‘zbekiston armiyasini zaiflashtirayotgan omillardan biridir.

-O‘zbek armiyasining moddiy va ijtimoiy muammolari hal etilmagan. Bu esa armiyaning eng birinchi bo‘g‘inidan tortib to yuqori darajasigacha korruptsiyalanishiga sharoit yaratib beradi. Ikkinchidan, armiyaning texnik bazasini zamonaviylashtirish lozim, chunki O‘zbekiston armiyasida  asosan sovet davridan qolgan qurollar ishlatiladi, -dedi Aleksandr Golts.

Boris Sokolovning aytishicha,  O‘zbekiston harbiy byudjeti ichki yalpi mahsulotning 3,5 foizini tashkil etadi. Bu esa 2012 yilda qurolli kuchlarga 1,8 milliard (xarid quvvati pariteti asosida hisoblanganda 3,6 milliard) dollar mablag‘ sarflandi, deganidir.

O‘zbekistonda qancha qurol bor?

Rossiyalik ekspertlarning Ozodlik radiosiga bildirishicha, O‘zbekiston piyoda qo‘shinlari soni 45 ming kishini tashkil qiladi. Piyoda qo‘shinlar bitta tank diviziyasi, 11 motorlashtirilgan, 1 ta tog‘, 1 ta harbiy havo desant,  3 ta harbiy havo va 4 ta injenerlik brigadasi, 6 ta artileriya hamda 1 ta raketa brigadasidan iborat. Ular to‘rtta harbiy okrugga bo‘lingan.

Ekspertlar piyoda qo‘shinlar harbiy okruglarida faqat bittadan to‘liq ta’minlangan brigada borligini, qolgan harbiy qismlar esa harbiy jihatdan to‘liq taminlangan emasligini ta’kidlaydilar.

O‘zbekiston piyoda  qo‘shinlarida jami 340 ta tank, 700 dan ortiq harbiy mashina, 400 ga yaqin zambarak, minemyot va boshqa artileriya qurollari bor.

“Voenno promishlenniy kurer” ma’lumotida O‘zbekiston harbiy havo kuchlari 17 ming kishidan iboratligi, mazkur qo‘shinlar 45 ta zenit raketa kompleksi,  419 ta harbiy uchoq, 30 ta vertolyotga ega ekanligi yoziladi.

Bundan tashqari Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga qarashli qo‘shinlar soni 20 mingga yaqin ekani qayd etilgan.

Ammo ekspertlar fikricha, o‘zbek armiyasidagi ijtimoiy muammolar hal qilinmas ekan, bu kabi qurollar tahdidlarning oldini olishga kamlik qiladi.

-Bir yarim yildan so‘ng AQSh harbiylari Afg‘onistondan chiqarilgach, O‘zbekiston boshqa Markaziy Osiyo davlatlari kabi bosimga, hattoki mening taxminimcha, Afg‘oniston tomonidan harbiy bosimga uchrashi mumkin, -dedi Aleksandr Golts.

Xulosa

Harbiy ekspert Boris Sokolov, shubhasiz, o‘zbek armiyasi Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiya ekanini ta’kidlagan holda, o‘zbek armiyasining jangovor hozirligi va tayyorgarligi Afg‘oniston toliblari darajasida emasligini aytadi.

– Agar afg‘on toliblari tomonidan hujum bo‘lishi taxmin qilinsa,jangavor mujohidlar o‘zbek armiyasini bir hafta, xatto undan ertaroq muddatda tarqatib yuborishi ehtimol, — deb fikr bildiradi Boris Sokolov.

Ayni paytda rus ekspertlarining bunday xulosasi rasmiy Kremlning O‘zbekistonni “bo‘lg‘usi xavf xatarlardan cho‘chitish va bu shu orqali mamlakatni MDH doirasidagi harbiy tuzilmalarga qaytarish” uchun rasmiy Toshkentga yo‘llagan mujdasi, degan nuqtai nazar ham yo‘q emas.

ozodlik.org

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: