Yosharayotgan haqiqat, Yoxud buyurmagan qozonch va unutilgan kurash haqida hikoya – uzxalqharakati.com


o'xh javob17/02/2013

Quyida keltiriladigan hikoyani, taqvodor bir musulmon oilasining ayanchli qismatini menga 86 yoshli Noil ota gapirib bergandi. O‘tgan asrning 30-60 yillarida Rossiyaning Qozon, Qirg‘izistonning Qorako‘l va Xitoyning Qo‘lja shaharlarida bo‘lib o‘tgan bu voqealar bizning bugungi kunimizni, hijratdagi ba’zi vatandoshlarimizning taqdirlarini eslatadi.

Quyidagi hikoyani o‘qib, uzoq o‘tmishda o‘zga mamlakatlarda yuz bergan va bugun o‘z yurtimiz O‘zbekistonda va qo‘shni respublikalarda yuz berayotgan jarayonlar o‘rtasidagi o‘xshashliklarni siz, muhtaram o‘quvchilar ham ko‘rishingiz mumkin. Voqealar Noil otaning tilidan bayon qilingan.

Hijrat uchun kifoya so‘zlar

Otamning ismlari Toyib bo‘lib, u kishi Qozon shahrining ko‘zga ko‘ringan savdogarlaridan edi. Mendan tashqari, Shomil va Komil degan o‘g‘illari – mening ukalarim — bor edi. Men 8 yoshligimda bolьsheviklar hukumati otamni quloq qilib (bor mol-mulkini tortib olib, davlat tasarrufiga o‘tkazib) Qozondan Qirg‘izistonning Prjevalьsk (Qorako‘l) shahriga surgun qilishdi.

Prjevalьskka kelgach, otam va onam kolxozga ishga kirishdi. Otam ishdan kelgach, valenka (kigiz etik) to‘qir edi: bu kor unga rahmatli bobom Vosil otadan meros qoldirilgan edi. Shu-shu, oilamiz tez orada o‘zini o‘nglab oldi, qattiq ocharchilikni unchalik sezmadi.

Hammasi yaxshi ketayotgan vaqtda arzimagan tuyulgan (o‘sha paytda arzimagan tuyulgan) bir voqea tufayli otam zudlik bilan Xitoyga, Sharqiy Turkistonga ko‘chishga qaror qildi. Bu voqeaning asosiy ishtirokchisi 7 yoshli ukam Shomil bo‘lgandi.

Men va Shomil yangicha, sovet maktabidan uyga qaytayotgandik. Biz bilan birga otam va onam ham kelayotgandilar. Shunda hammamizdan orqada kelayotgan ukam Shomil: “Bizga Lenin xudodir, Stalin esa – payg‘ambar!”, — deb, shu kuni maktabda o‘rgangan she’rining ikki qatorini baland ovozda ayta boshladi.

Uning bu gaplaridan rahmatli otam tosh qotib qoldi: “Nima deding? Yana bir qaytar!”. Bechora ukam bu kufr so‘zlarini shodiyona bir ovozda yana qaytardi va: “O‘qituvchimiz o‘rgatdilar. Ertaga shu she’rni to‘liq yodlab kelishimizni buyurdilar”, — deb, maqtanib ham qo‘ydi.

Kayfiyati tushib ketgan otam uyga kelgach, hammamizni yig‘di-da: “Bolalarim, bu erda boshqa tura olmaymiz. Xitoyga ko‘chamiz”, — dedi. Onam rahmatli kutilmagan bu qarorning sababini so‘raganda otam: “Farzandlarimni xudosizlik va kufrga o‘rgatuvchi jamiyatda yashagandan ko‘ra, Islom dini emin-erkin tarqalayotgan diyorga xijrat qilganimiz yaxshi”, — dedilar. Va oilamiz endi yaxshi yashay boshlaganda Xitoyning Shinjon viloyati Qo‘lja shahriga otlandik.

Shinjondagi hayot

Qo‘ljaga kelgach, otam valenka to‘qish bilan mashg‘ul bo‘lib, tez orada o‘z ishini kengaytirdi, ko‘plab shogirdlar orttirdi. Otamdan kigiz etik to‘qish sirlarini o‘rganish uchun uyg‘ur, tatar, qozoq va boshqa musulmonlar bilan birgalikda mushrik xitoylar ham kelardi. Buddaviylik e’tiqodida bo‘lgan xitoyliklarga otam: “Bu ishni o‘rganishni istasang, Islomni qabul qil. Shunda men senga etikdo‘zlikni ham, Islom ta’limotini ham o‘rgataman”, deb, shart qo‘yardilar.

Ba’zi chinlar bu shartga ko‘nishmasdi, ammo aksariyati Islomni qabul qilardi. Keyinchalik otam va’dasida turib, ularga Islomni ham, etikdo‘zlikni ham o‘rgatardi.

Otamning ishi shunchalik rivoj topib ketdiki, tez orada uning kichik tsexi ulkan bir valenka fabrikasiga aylandi. Otamning Qo‘ljadagi topishi Qozondagi savdosidan olgan daromadidan aslo qolishmasdi. Ammo tez orada oilamizning ishlari yana orqaga ketdi.

Chunki kutilmaganda kommunist Mao Dze Dun ustozi Stalin boshlab bergan quloqlashtirish, boylarning xususiy mulkini tortib olib, davlat tasarrufiga o‘tkazish ishlarini Xitoyda davom ettirdi. Otam topgan-tupganidan bir kunda ayrildi: maochilar valenka fabrikamizni ham, uyimizni ham musodara qilishdi.

Bundan tashqari, Xitoy hukumati Islom diniga, musulmonlarga qarshi kurashni ham shiddat bilan boshlab yubordi. Endilikda huddi Sovet Ittifoqida kabi, Xitoyda ham Allohga sig‘inish, namoz o‘qish katta jinoyat bo‘lib qoldi.

Bu hol rahmatli otamning ruhiyatini tushirib yubordi. Tushkunlikda qolgan otam bechora: “Nima uchun xijrat qilgandimu, nimaga erishdim?! Nahot-ki, Xudoga sig‘inish, namoz o‘qish dunyoning hamma erida ta’qib qilinsa va jazolansa?!” – deb nola qilardilar.

Xatolarni anglash va so‘nggi pushaymon

Oldinlari emin-erkin ibodat qilib, oilasini va farzandlarini islomga ochiqcha da’vat qilib yurgan otam endilikda besh vaqt namozini yashirincha o‘qir, dinimiz asoslarini ham bizlarga qo‘rqa-pisa o‘rgatardilar. “Qaysi ishim xato bo‘ldi? Qaerda adashdim?” deb o‘zini ko‘p qiynardilar.

Bir kuni otam rahmatli meni yonlariga chaqirib, shunday dedilar: “Noil, sen farzandlarimning kattasisan. Hozir men shu paytgacha o‘zim qilmagan, ammo senga o‘rgatishim va uqtirishim lozim bo‘lgan, loqaydligim, balki boylik to‘plashga ko‘proq mehr qo‘yib yuborganim sababli o‘zim ham qilmagan, senga ham uqtira olmagan asosiy o‘gitni aytmoqchiman”.

Dadamning aytishicha, u e’tiqodli bir kishi, namozxon va badavlat bir musulmon bo‘lishiga qaramasdan, o‘z boyligini faqat tadbirkorligini kengaytirishga, xayru-exson qilish yo‘lida sarflayvergan. “Qanchadan qancha mol olib sotdim, qanchadan qancha pulni tsex va fabrikalar ochishga sarfladim. Ammo o‘zimni, oilamni, farzandlarimni, erkinligimni va e’tiqodimni himoya qilish uchun arzimagan bir revolьver ham sotib olmagan ekanman. Vaxolanki, mening boyligim minglab miltiqlar, yuzlab pulemyotlar olishga etardi. Qilgan da’vatlarim esa faqat musulmonlarni namoz o‘qishga chaqirish xususida bo‘lgan ekan. Shogird va birodarlarimni biror marotaba ham ozodlik va e’tiqodni qo‘llariga qurol olib himoya qilishga chaqirmagan ekanman. Shunday buyuk kurashga imkoniyatim bo‘laturib, men kufr hukumatidan qochishni, kufrdan pana izlashni ma’qul topgan ekanman”, — dedilar.

Dadamning aytishicha, uning davridagi musulmonlarning aksariyati Islom deganda faqat Xudoga sig‘inish va namoz o‘qish, ro‘za tutish va Hajga borishni tushunishar ekan. “Dinimizni va vatanimizni kofir bosqinchilardan qurol bilan himoya qilishga, bu muqaddas kurash yo‘lida qurol-aslaha sotib olishga birontamizning aqlimiz etmagan. Mobodo kimningdir bunga aqli etgan bo‘lsa ham, boyligini va jonini bu yo‘lda qurbon qilishdan qo‘rqqan, to‘plagan pullarini musulmonlarni qurollantirishga ishlatish o‘rniga beliga tugib, o‘zga yurtlarga olib ketishni ma’qul topgan. Joni shirinlik qilib, jonini omon saqlashni tanlaganlar. Oqibatda baribir hammamiz boyligimizdan, bazilarimiz esa jonlarimizdan ham ayrildik. Qanchadan qanchamiz qamoqlarda chirib, dalalarda otilib ketdik. Bunga o‘zimiz, musulmonlar, aybdormiz”, — dedi otam rahmatli.

Haqiqatdan ham, otam o‘z boyligini muqaddas kurash yo‘lida, musulmonlarni qurollantirish yo‘lida sarflaganda va kofir bosqinchilar bilan qo‘lda qurol bilan kurashganlarida, balki, o‘z erkini ham, vatanini ham, boyligini ham, jonini ham dushmanlarga bunchalik oson taslim qilmagan bo‘lardi.

Otam menga qarata: “Bolam, kelajakda Allohning xohishi bilan sen ham men kabi badavlat bo‘larsan. Har holda, kigizdan etik to‘qishni bilasan. Shu kasb senga asqotishi mumkin. Shu paytlar kelsa, agar men kabi boyib ketsang, mening aytganlarimni esingda tut: qanchalik boy bo‘lsang ham, qanchalik ibodatli bir musulmon bo‘lsang ham, agarda qo‘lingda shu boyligingni, e’tiqodingni va joningni himoya qiladigan qurol bo‘lmasa, sen hech kim emassan! E’tiqodingni, erkingni, vataningni, boyligingni va joningni qo‘lda qurol bilan himoya qilishdan qo‘rqsang, ham erkingdan, ham boyligindan, ham vataningdan, ham joningdan ayrilasan! Yoningda quroling bo‘lmasa, qurollangan kofir seni huddi tovuqni olib ketganday olib ketib bo‘g‘izlaydi. Farzandlaringga sen xohlaganday Islom tarbiyasinini emas, o‘zi xohlaganday kufr tarbiyasini beradi. Qurollangan kofir xotiningga va qizlaringga xo‘jayinlik qiladi: ularni ko‘cha-ko‘yda yalong‘och yurishga majburlaydi. Jonim bolam, men sizlarni, sizdan keyingi avlodimni kufrga tobe’ bo‘lib, shaytonning yo‘lida yurishini istamayman” – deb, birdan yig‘lab yubordilar.

Otamning ko‘z yoshlari mening ham ko‘z yoshlarimni chaqirdi. O‘zim bilmayman, lekin nimagadir men ham yig‘lab yubordim. Otam rahmatli meni bag‘riga bosib, qattiq quchoqlab yig‘ladilar. O‘sha paytda, o‘tgan asrning o‘rtalarida Shinjonning Qo‘lja shahridagi g‘arib bir kulbada u kishining nega qattiq yig‘laganini yillar o‘tib yanada teranroq anglab etdim.

O‘tmishning yosharayotgan haqiqati

Qo‘ljadagi molu-mulkimizdan ayrilganimizdan bir yil o‘tgach, maochilar otamni qamab, otib tashlashdi. Otam odamlarni Islom diniga va namoz o‘qishga da’vat qilishda ayblandi va xitoylik dahriylar tomonidan otib o‘ldirildi. Eng achinarlisi shundaki, qurolli maochilar qurolsiz otamni bizning ko‘z o‘ngimizda huddi tovuqni olib ketganday olib ketishgandi. Bir yil oldin qurolsiz musulmonning qurollangan kofirlar oldidagi holatini himoyasiz tovuqqa qiyoslagan otam o‘zining qismatini oldindan bashorat qilganiga amin bo‘ldim.

O‘tgan asrning 60-yillarida onam Sovet Ittifoqiga qaytishga qaror qilib, oilamiz bilan O‘zbekistonga, surgun qilingan tatarlar ko‘p to‘plangan Chirchiq shahriga ko‘chib keldik.

O‘zbekistondagi hayotimiz davomida otamizning boshqa bashoratlari ham ro‘yobga chiqa boshladi: mening, ukalarim Shomil va Komilning farzandlari dahriy bo‘lmasa ham, noislomiy tarbiya ko‘rishdi. Ayniqsa, qizlarimiz gaplarimizga kirmasdan ochiq-sochiq yurishni odat qilishdi. Har uchchalamiz farzandlarimizning bizga nisbatan itoatsizligidan ezilardik. Ana shu kezlarda rahmatli otam tomonidan Shinjonning Qo‘lja shahridagi eski kulbada aytilgan gaplar esimga tushardi. Ana shu vaqtda otam nega ko‘z yosh to‘kkanini, ko‘z yosh to‘kib turib nimalarni his qilganini mana endi, oradan 30-40 yil o‘tib chin ma’noda sezardim.

Bir zamonlar otam aytgan haqiqatlar kun-sayin yosharib va dolzarb bo‘lib borardi. Otamdan meros qolgan o‘gitlar bugungi kunda ham menga tinchlik bermayapti. Chunki nevaralarim ham Islomdan yiroq bo‘lib voyaga etishdilar, Islom deganda vahhobiylikni va qo‘poruvchilikni tasavvur qilishadi, “Islomga va namozga berilsak, biz ham qamalib qolishimiz mumkin”, degan qo‘rqinch bilan yashamoqdalar. Mening aytganlarim ular uchun qariyaning alahsirashi, eskilik sarqiti va xom-hayoldek tuyuladi. Rahmatli otamdan menga faqat achchiq haqiqatlar emas, balki achchiq yig‘i ham meros bo‘lib qoldi.

Tegishli xulosalar

Yuqorida keltirilgan voqea va fikrlar 86 yoshli qo‘shnim Noil otaning so‘zlaridan bayon etilganini eslatib, bu hikoya menga qattiq ta’sir qilganini va meni chuqur o‘yga botirganini ta’kidlamoqchiman. Bundan tashqari, keksa otaxonning aytganlaridan o‘zim uchun tegishli xulosalar chiqarganimni ham bildirmoqchiman.

Darhaqiqat, bugungi musulmon birodarlar bir paytlar ota-bobolarimiz qilgan xatolarni takrorlamayaptimilar? Ular zulm va zolimlarga qarshi molu joni bilan kurashish o‘rniga, zulmdan va zolimlardan bekinib yashashni, nido chiqarmasdan kun kechirishni ma’qul ko‘rmayaptimilar? E’tiqodli va ibodatli birodarlarimizdan badavlatlari esa huddi Toyib otadek o‘z mollarini yanada ko‘paytirish, nari borsa faqat xayru ehsonlar qilish bilan mashg‘ul bo‘lib qolmaganlarmi?

Zulmga va kufrga qarshi kurashga sarflanmagan qozonch, mol-mulk ularga buyurarmikan? Bugungi kunda son sanoqsiz “zapravkalar”, do‘konlar, savdo “tochka”lari, katta-katta tsex va fabrikalar, ko‘chmas mulk sotib olayotgan ba’zi namozxon tadbirkorlarimizning o‘z mulkini, jonini, e’tiqodini himoya qilish uchun hech bo‘lmasa bir pistoleti bormikan? Qurolsiz ushbu birodarlarimiz qurollagan zolimlar oldida kichkina bir tovuq kabi himoyasiz ekanliklarini anglayaptimilar?

Ularning da’vatlari ham faqat namoz o‘qish va ro‘za tutish xususida emasmi? Yoki vatandoshlarimiz ichida zulmga va zolimlarga qarshi molu joni bilan kurashish namoz o‘qish va ro‘za tutish kabi farz ekanligini anglatayotgan musulmon birodarlarimiz ham bormi? Bugungi zolimlar e’tiqodli va ibodatli tadbirkorlarning mollarini ham tortib olayotganiga misollar yo‘qmi? Agarda bugungi kufr ahli tomonidan talon-taroj qilinmagan namozxon tadbirkorlar bor bo‘lsa, ularning o‘zlarini ham, mollarini ham Toyib otaning taqdiri kutmayotganligiga kafolat bormi?

Noil otaning dadalari Toyib ota murg‘ak farzandining tushunmasdan aytgan: “Bizga Lenin xudodir, Stalin esa – payg‘ambar!”, degan bir og‘iz so‘zi uchun hijrat qilganlar. Bizning zamondoshlarimiz va vatandoshlarimiz-chi?! Bugungi kunda boshqa ellarga hijrat qilayotganlarning hammasi ham e’tiqodiy erkinlik uchun, emin-erkin ibodat qilish uchun tarkivatan bo‘lishmoqdami? Ularning aksariyati vatanida qorni och qolgani uchun, boshqa yurtlarda moddiy jihatdan yaxshi yashash uchun ketmayaptimi?

Afsuski, Noil otaning hikoyasida keltirilgan alamli holatlar bizning zamonimizda ham uchrab turibdi. Uzoqqa bormaylik, 2005 yil may oyida sodir bo‘lgan Andijon qatliomni bir eslaylik. Ommaviy noroziliklarga aylanib ketgan o‘sha voqealar andijonlik bir guruh namozxon tadbirkorlarning nohaq qamalishi va sudlanishidan boshlanib ketgandi.

Hukumat tomonidan “akromiylar” va “diniy ekstremistlar” deb qoralangan bu guruh diniy jamoat va baytulmol tuzganlikda, ushbu baytulmoldan kambag‘al oilalarga moddiy yordam ko‘rsatib kelganlikda ayblangandilar. Haqiqatdan ham, ushbu guruh juda katta miqyosdagi xayru-ehson ishlarini amalga oshirgan, hattoki uysiz bechoralarga uylar ham olib bergan. Xullas, tinch-totuv kun kechirib, mol-mulkini tinch hayot yo‘lida sarflab kelganlar.

Lekin kufr va zulm hukumati buning qadriga etdimi, inobatga oldimi? Yo‘q! Kofir va zolimlar baribir e’tiqodli tadbirkorlarni “terrorchi” va “ekstremist” deb aybladilar. Molini va g‘ayratini faqat qurilish firmalari, savdo va xizmat ko‘rsatish “tochka”lari ochishga hamda xayru ehson qilishga sarflayvermasdan qozonchlarining bir qismini molini, e’tiqodini, ozodligini va jonini himoya qilish uchun qurol sotib olishga sarflasa bo‘lmasmidi? Axir, hukumat baribir ularni “qurollangan terrorchilar” deb, qirib tashladiku! Qurollanmasdan turib, “qurollangan jangari” tamg‘asini olish, qamalish va tovuqday otilib ketish alam qilmaydimi? Undan ko‘ra, rostdan ham qurollanib, zulmga qarshi amaliy kurashgan afzal emasmi?

Boshqa misol. 2010 yil iyunь oyida Qirg‘izistonning O‘sh shahrida etnik o‘zbeklarning ommaviy qirg‘in qilinishini olaylik. Ana shu voqealargacha O‘sh shahrining butun infratuzilmasiga o‘zbek tadbirkorlari xo‘jayinlik qilishgan. Ayniqsa, shaharning savdo tizimi namozxon o‘zbek tadbirkorlarining tasarrufida bo‘lgan. Ammo ular ham o‘zlarining omiligiga, zulmga qarshi kurashish ham farz ekanligidan, umuman mintaqa va dunyo siyosatidan bexabarligiga borib, bor pullarini yangi do‘kon va kafelar ochishga, xullasi kalom, boyligini ko‘paytirishga sarflab yuraverganlar.

Qirg‘iziston hukumati va O‘sh viloyat hokimiyatining millatchilik siyosati avjiga chiqa boshlaganda ham o‘shlik tinchliksevar o‘zbek tadbirkorlari har ehtimolga qarshi qurol olib qo‘yishni, qirg‘iz fashistlarining hamlalariga sal bo‘lsa ham tayyor turishni hayoliga ham keltirishmagan. Chunki ularning hayollari tinch-totuv yashashda, ibodat qilishda va boylik orttirishda bo‘lgan. Natijada, hikoyamiz qahramoni Toyib otadek mol-mulkidan ham, farzandlaridan ham, jonlaridan ham bir kechada ayrilganlar. Qirg‘izlar ularni huddi tovuqlarni o‘ldirganday otib chiqishgan. Ha, “Tinch yashashni istasang, doim urushga tayyorlan!” deb bejizga aytishmaydi.

O‘shlik o‘zbek tadbirkorlarning umumiy boyligi qanchadan-qancha Kalashnikov avtomati sotib olishga etardi?! Agar har bir badavlat o‘zbek oilasida hech bo‘lmasa bittadan o‘qotar qurol bo‘lganida, tun yarmida bostirib kelgan qirg‘iz fashistlarining hamlasini qaytarishda shu avtomatlar sal bo‘lsa ham yordam bermasmidi? Afsuski, ular bu ishni qilishmadi, qilishni hayollariga ham keltirishmadi. Va o‘zlarining o‘zbekona tinchliksevarligi va to‘ysevarligi, yahudiyona pulsevarligi va qo‘rqoqligi tufayli Alloh tomonidan jazolanishdi. Qirg‘izlarning qo‘li bilan jazolanishdi.

Qozonlik Toyib ota, andijonlik bir guruh namozxon tadbirkorlar va O‘shlik badavlat o‘zbeklarning ayanchli qismatlari hozirda bizlarga saboq bo‘lishi kerak. Ayniqsa, ozodlikda yurib, zulmga qarshi amaliy kurashdan chetda, panada yurgan tinchliksevar vatandoshlarimiz bundan tegishli xulosalar chiqarib olishlari kerak.

O‘ylab ko‘ring: qurollangan bir hovuch qo‘rqoq zolim oldida qurollanmagan million-million jasur odam kim? Hech kim emas! Qurolsiz mardning mardligidan va ko‘pligidan nima foyda, agar oz sonli qo‘rqoqning qo‘lida qurol bo‘lsa?! O‘sha qurollangan zolimlar bir hovuch bo‘lsa ham, qo‘rqoq bo‘lsa ham, son-sanoqsiz va jasur xalqni tovuqni otganday otib tashlayveradi. Bunga Andijon qatliomi yaqqol isbotdir. Chunki bir hovuch qo‘rqoqning qo‘lida quroli bor edi, million va mard aholida esa qurol yo‘q edi!

O‘ylab ko‘ring: nima uchun butun dunyoda kufr va zulm o‘zining bor g‘ayratini va eng ashadddiy kurashini qurollangan guruhlarga qarshi olib boradi? Chunki qurollangan guruhlar ular uchun real kuch va havfli dushmandir.

Nima uchun katta-katta davlatlar arzimagan 1000-2000 ming kishilik jangari guruhlarga, ularning rahbarlariga seriltifot bo‘lib, ularni qurolsizlantirishga intilishadi? Chunki o‘sha bir hovuch odamning qo‘lida quroli bor, chunki o‘sha bir hovuch odamni tovuqni o‘ldirganday osongina otib tashlab bo‘lmaydi!

Nima uchun shunday jangarilarga qurolni topshirish evaziga katta pul, amal va imtiyozlar taklif qilinsa ham, jangarilar pul, amal va imtiyozlarni rad etib, qurol bilan qolishni afzal ko‘rishadi? Chunki o‘sha pul, amal va imtiyoz qurolsiz odam uchun hech narsa emas: qurollangan dushman kerak bo‘lsa o‘zi bergan pulini ham, amalini ham, imtiyozini ham bir pasda qaytarib olishi mumkin. Kerak bo‘lsa, bergan puli, amali va imtiyoziga qo‘shib, qurolsiz odamning jonini ham olishi mumkin. Tovuqning jonini olganday olishi mumkin!

Karimov zulmiga qarshi amalda kurashayotganlar uchun xulosalar

Mana, bugungi kunda O‘zbekiston Xalq Harakati mazlum o‘zbek xalqining oldiga tushib, zolim Karimov diktaturasiga qarshi amaliy kurash olib bormoqda. Bu kurashning samarasini biz, O‘zbekistonda yashayotgan o‘zbeklar, ko‘rib turibmiz.

Misol uchun, o‘tgan yili davlat televideniesi bir necha marotaba O‘XHga qarshi xujjatli filьm namoyish etib, unda Harakatni ham, uning rahbariyatini ham, faollarini ham buzg‘unchilikda aybladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, zolim Karimovning maddohlari faqat O‘XH va uning rahbari Muhammad Solihga qarshi “tosh” otishmoqda. Boshqa “muxolifatchilar” bilan ularning ishlari yo‘q.

Karimov hukumati faqat O‘XHdan qo‘rqayotganini shundan ham bilsa bo‘ladi. Boshqa tarafdan esa, o‘zini muxolifat deb jar solayotgan boshqa guruhchalar Karimov diktaturasiga qarshi hech narsa qilmayotganini, Karimov diktaturasi ham bunday soxta va ishlamayotgan “havaskorlik to‘garaklarini” bir tiyinga olmasligini ham shundan bilsa bo‘ladi.

Bu borada men, oilam va butun qarindosh-urug‘imiz O‘XH tarafdori ekanimizni bildirib, Harakat rahbariyatiga ba’zi tavsiyalarni bermoqchi edim. Bu tavsiyalar yuqorida keltirilgan Toyib ota hikoyasi va undan kelib chiqadigan xulosalarga asoslanadi.

O‘XHning Nizomida Harakat Karimov diktaturasiga qarshi kurashda faqat xalqning ko‘magiga tayanishini, xalqni ommaviy norozilik aktsiyalariga olib chiqib, zulm hukumatini ag‘darishni rejalayotgani ochiq yozilgan. Bu ham O‘XHning bir yutug‘i: “Maqsadimiz — Karimov rejimini ag‘darib, O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni boshlash”, deb qo‘rqmasdan va ochiqcha yozayotgan boshqa bir muxolif guruh yo‘q O‘zbekistonda!

Shunday ezgu maqsad va vazifalarni qo‘ygan O‘XH xalqni ommaviy norozilik aktsiyalariga olib chiqish yo‘lida bu yildan boshlab “Zulmga qarshi 7 kun” tadbirini boshlab, unda har hafta yangi varaqalar e’lon qilib borayotgani, yurtdoshlarimiz esa shu varaqalarni mamlakatimizda tarqata boshlagani bizni quvontirmoqda. Chunki tarqoq, passiv va inert xalqni real kuchga aylantirishga, uning norozilik potentsialini bir joyga to‘plashga bel bog‘lagan siyosiy harakat uchun bu juda katta yutuq!

Ammo mana shu vazifani, ya’ni xalqning norozilik potentsialini bir joyga to‘plab, mamlakat aholisini ommaviy norozilik aktsiyalariga olib chiqishda O‘XH ba’zi xususlarga e’tibor berishi kerak, deb hisoblayman.

Bu xususlardan eng asosiysi – xalqni ko‘chaga olib chiqishdan oldin xalqni Karimovning qurollangan jallodlaridan himoya qila oladigan qurolli kuchga ega bo‘lishdir. Ya’ni, xalqni ko‘chaga olib chiqishdan oldin O‘XH shu xalqni qurolli xujumdan himoya qila oladigan bir katta kuchning yordamiga tayanishi kerak. Bu kuch yo Mudofaa vazirligi armiyasi, yo IIV qo‘shinlari, xullas, bugungi kunda Karimovga xizmat qilayotgan qurolli guruhlardan biri bo‘lishi kerak.

Aks holda, Karimov diktaturasi O‘XH boshlab beradigan norozilik aktsiyalariga chiqqan minglab odamlarni ham 2005 yilda Andijon aholisini qirgani kabi, qirib tashlaydi. Tovuqlarni otganday otib tashlaydi. Va oqibatda minglab odamlarning qurbon bo‘lishida Karimov o‘zini va o‘zining qurollangan jallodlarini emas, balki xalqni ezgu niyatlar bilan ko‘chaga olib chiqqan O‘XHni ayblaydi. Bu holatning oldini olish uchun O‘XH juda ehtiyotkor, siyosiy va amaliy jihatdan puxta o‘ylangan harakatlarni amalga oshirishi kerak.

Avvalambor, O‘XH rahbariyati bugungi kunda Karimov diktaturasiga xizmat qilayotgan qurolli guruhlardan birini o‘z tomoniga og‘dirishi, xalq ko‘chaga chiqqan paytda xalqni Karimovning qurollangan odamxo‘rlaridan himoya qilishga ko‘ndirishi kerak. Albatta, bu juda qiyin ish, lekin shuni qilmasdan xalqni ko‘chaga chorlab bo‘lmaydi.

Aslini olganda xalqni ko‘chaga olib chiqish anavi qurollangan gumrohlarni o‘z tarafiga og‘dirishga qaraganda ancha engil ish. Chunki hozirgi kunda o‘zbek xalqi Karimovning zulmidan to‘yib bo‘lgan. Bunday vaziyatda xalqni himoya qila oladigan qurolli kuch topilsa, xalqni ko‘chalarga safarbar qilish arzimagan ishga aylanadi. Eng qiyini – bugun Karimov xizmatida yurgan harbiylarni xalq himoyasiga chorlash va ko‘ndirish.

Mana, arab “bahori” haqida ko‘p gapirilyapti. Bugungi kunda arab mamlakatlarida yuz bergan inqiloblarda ham diktator rejimlariga muholif bo‘lgan guruhlar avvaliga mamlakat armiyasi yoki maxsus qo‘shinlarini xalq tarafiga og‘dirib, keyinchalik xalqni ko‘chaga sarfarbar qila boshladilar. Ular qurollanmagan xalqni qurollangan jallodlarning oldiga olib chiqishmadi, xalqni himoya qila oladigan qurolli kuch topgachgina ommani maydonlarga chaqira boshladilar.

Bu arab muholifatchilarining siyosiy jihatdan oqilligidan va puxta tayyorgarlik ko‘rganidan dalolat beradi. Shunday ekan, O‘XH ham bu borada puxta tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. Siyosiy xatolarga va begunoh odamlarning qurollangan vaxshiylar tomonidan otib tashlanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Shuni ham oldindan e’tiborga olish kerakki, hamma ishlar risoladagidek ketib (xalqni himoya qila oladigan harbiylar topilgach, xalq ko‘chalarga chiqqach), o‘zbek “bahori” boshlangudek bo‘lsa, O‘zbekistoning qo‘shnilari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston, qolaversa Rossiya Federatsiyasi va AQSh hukumatlari Karimov rejimiga yordamga kelishini ham hisobga olish kerak.

Bu vaziyatda Markaziy Osiyoda geostrategik jihatdan eng qulay joylashgan O‘zbekistonda demokratiya qaror topishiga ular ham tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lishadi. Chunki O‘zbekistonda Karimov diktaturasi quladi degani Qozog‘istonda Nazarboev va Turkmanistonda Berdimuhammedov yakkahokimligi quladi deganidir.

Hozirgi Qirg‘iziston hukumati esa O‘zbekiston tepasiga xalqparvar va demokratik hukumat kelishini nega xohlamasligini payqash qiyin emas: qirg‘iz fashistlari 2010 yil O‘shda etnik o‘zbeklarni qirg‘in qilganliklari uchun ulardan qasos olinishini yaxshi bilishadi. Keyinchalik qulash jarayoni Ozarbayjonda Aliev, Rossiyada Putin diktaturasigacha ham etib borishi mumkin. Buni anglagan qo‘shni davlatlar O‘zbekistonda adolat va demokratiya qaror topishini istamaydilar.

O‘zbekistonda demokratik muholifatning siyosiy hokimiyatga kelishi AQShga ham yoqmaydi, chunki Oq uyga demokratik o‘zbek hukumatidan ko‘ra, yakkahokim Islom Karimov diktaturasi bilan hamkorlik qilgan qulayroqdir. Oddiy misol: AQSh harbiylarini va harbiy texnikasini O‘zbekistondan tranzit qilish uchun AQSh ma’muriyati bitta Karimovga pul berib, masalani bir zumda hal qildi-qo‘ydi. Uning o‘rnida xalqparvar rahbariyat bo‘lsa, AQShning ishlari anchalik qiyinlashishi turgan gap edi: tranzit qarorini oldin parlament muhokama qilishi va tasdiqlashi kerak, keyin Senat muhokama qilishi va imzolashi kerak, shundan keyingina prezident qaror berishi mumkin. Amerikaliklarga bunday demokratik jarayonlar faqat halaqit qiladi. Shuning uchun Markaziy Osiyoda o‘z geostrategik maqsadlariga ega amerikaliklar ham O‘zbekistonda Karimov diktaturasi iloji boricha ko‘proq umr ko‘rishini istashadi.

Shularni e’tiborga olgan holda, qo‘shni respublikalar, Rossiya va AQSh ham o‘zbek “bahori”ga qarshilik ko‘rsatishiga O‘XH tayyor turishi kerak. Ya’ni, bu ishga Harakat o‘zi reja qilgan kuchdan 3-4 baravar ko‘proq kuch bilan, ortiqcha imkoniyatlar bilan kirishishi kerak.

Balki, O‘XH O‘zbekistonda o‘zbek “bahori” amalga oshishiga xayrixoh bo‘lgan boshqa davlatlar va hukumatlar bilan hozirdanoq hamkorlikni boshlashi kerakdir. Ya’ni, o‘zbek “bahori” boshlanganda Karimov diktaturasini himoya qiladigan davlatlar va hukumatlarga qarshi o‘zbek xalqini himoya qiladigan davlatlar va hukumatlar ham bo‘lishi kerak.

Aks holda, o‘zbek xalqining navbatdagi urinishi ham 2005 yil Andijondagi urinishi kabi fojiali mag‘lubiyat bilan yakun topishi mumkin. Xudo ko‘rsatmasin, bunday intiho o‘zbek xalqining zulmga qarshi kurashish ishtiyoqini yana 10-15 yil orqaga surib yuborishi aniq.

So‘ngso‘z

So‘zim so‘ngida O‘zbekistonda Karimov diktaturasiga qarshi bo‘lgan har bir vatandoshni zulmga qarshi kurashda aslo susaymaslikka, bu yo‘lda molini ham, jonini ayamaslikka, O‘XHni esa mazlum xalqimizning ana shu kurashiga siyosiy va amaliy donolik bilan etakchilik qilishga chaqirmoqchiman.

Agar Karimovning kufri va zulmiga qarshi kurashda molimizni va jonimizni ayasak, bir kun kelib Alloh bizni ham qozonlik Toyib otaning, andijonlik yurtdoshlarimiz va o‘shlik millatdoshlarimiz qismatiga duchor qilishi aniq.

Xudo ko‘rsatmasin, shunda biz molimizdan ham, jonimizdan ham baribir ayrilamiz. Bunday intihoda molimizni ham, jonimizni ham osongina, tovuqlarday taslim etishimiz, zolimlarga “sovg‘a” qilishimiz kundek ravshan.

Zulmga qarshi kurashda molimizni ham, jonimizni ham ayamasdan kurashsak, hech bo‘lmasa Xudo bergan shu ne’matlarni kurashib, talashib qurbon qilamiz.

Bu eskilardan qolgan, ammo tobora yosharib borayotgan oddiy haqiqat.

Dunyo qozonchlari va ne’matlariga berilib, ana shu haqiqatni va zulmga qarshi amaliy kurashish shartligini unutmaylik!

 

Facebook dagi “Karimov, KET!” guruhi a’zosi

 

http://uzxalqharakati.com/archives/1664

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: