U.Haqnazarov. 16 fevral’ va 11 sentyabr’: O‘zbek-Amerika o‘xshashliklari – uzxalqharakati.com


11-09-16-02-300x15615/02/2013

11-09-16-021999 yil 16 fevraldagi Toshkent portlashlariga ertaga 14 yil to‘ladi. Bu portlashlar musulmonlar va boshqa muxoliflarga qarshi hukumatning repressiyalariga rasmiy sababi bo‘lgandi. Toshkent portlashlaridan ikki yil o‘tib, 2001 yil 11 sentyabrda  shunga o‘xshash terroristik hujumlar AQShda ham sodir bo‘ldi. Bu portlashlar esa Oq Uy uchun Afg‘oniston va Iroqni bosib olish va AQSh fuqarolarining erkinliklarini cheklash uchun rasmiy sabab bo‘ldi.  O‘zga aksildemokratik rejimlar uchun esa AQShdagi terroristik hujum bu mamlakatlardagi so‘z erkinligi va muxolifatni yo‘qotish uchun “oq fotiha” vazifasini o‘tadi.

Bir necha yil o‘tib, guruhimiz Toshkent portlashlarida Islom Karimov hukumatining bevosita ishtirokini fosh etgandi. O‘shanda sud jarayonida Karimov ayblovi foydasiga “asosiy guvoh” sifatida o‘tgan Zayniddin Asqarov ham chet el jurnalistlari bilan suhbatda bizning bayonotimizni tasdiqladi.

Xuddi shunday ifsho 2001 yil 11 sentyabr’ portlashlari tashkilotchilarining ham boshiga tushdi: portlashlardan bir necha yil o‘tib, AQShda “11.09.2011 voqealari haqiqati” nomli guruh paydo bo‘ldi va portlashlarda AQSh hukumatining ishtirokini isbotladi.

Agar bu ikki terroristik hujumlar orasida teran tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, orada ikki yil va minglarcha kilometr, okean va materiklar farqi bo‘lgan bu voqealarda g‘aroyib o‘xshashlik va bir xil stsenariylarni ko‘ramiz. Shunday qilib…

11 sentyabr’ i 16 fevral orasida o‘zbek-amerika o‘xshashligi

Biz bu o‘xshashliklarni bir necha umumiy mavzularga birlashtirishga qaror qildik:

1. Prezidentlarning jonli efirda shoshilinch bayonotlari. Ma’lumki, 1999 yil 16 fevral’ portlashlari ortidanoq, (roppa-rosa bir soat o‘tib) O‘zbekiston Prezidenti televidenie orqali xalqqa murojaat bilan chiqdi. Xuddi shunga o‘xshab, AQSh Prezidenti Jorj Bush ham 11 sentbyar’ portlashlaridan keyinoq (bir yarim soat o‘tib) televidenie orqali Amerika xalqiga murojaat qildi. Qizig‘i shundaki, ham o‘zbek va ham amerikan telekanallari o‘z dasturlarini to‘xtatib, darhol terroristik hujumlarga e’tibor qaratdilar. Ayniqsa,  favqulodda va rejalanmagan voqealarga nisbatan o‘zining og‘irligi va tepsa-tebranmasligi bilan tanilgan o‘zbek televideniesining bu portlashlardan favqulodda faollashuvi taajjubli edi.

2. Prezidentlarning o‘z dushmanlarini shoshilinch ayblovlari. 1999 yil 16 fevral’ portlashlaridan keyin O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov televidenieda qilgan shoshilinch chiqishi va o‘sha kuni kechqurun o‘tkazilgan parlament yig‘ilishida darhol islomiy radikallarni va Muhammad Solih boshliq “ERK” partiyasi kabi dunyoviy muxolifatni ayblab chiqdi. Xuddi shunga o‘xshab, AQSh Prezidenti Bush ham o‘zining shoshilinch telemurojaatida Jahon Savdo Markaziga (WTC) uyushtirilgan hujumda islomchilarni ayblab chiqdi. Bu erda ziddiyat shuki, bu terroristik hujumlardan hali biror soat o‘tgani ham, hali tergov ishlari boshlangani ham yo‘q, ammo “jabrlanuvchi” taraflar bu “vahshiylik”larni kim amalga oshirganini allaqachon bilib olganlar, hatto “jinoyatlar” ortida kimlar turganini ham e’lon qilayaptilar…

3. Jinoyatchilarning “mutlaqo qo‘lga olinajagi va jazolanajagi” haqidagi prezidentlarning shoshilinch va’dalari. 1999 yil 16 fevral’ oqshomi parlament majlisida O‘zbekiston Prezidenti portlashlarni sodir etganlar qo‘lga olinajagi va to‘liq jazolanajagi haqida xalqqa va’da beradi. Shuningdek, diktator Karimov “farzandlar jinoyati uchun otalar javobgar bo‘lishi”ni ham e’lon qildi. Bu esa rejim muxoliflari va ularning gunohsiz qarindoshlariga qarshi ommaviy qatag‘onlarning boshlanishi haqida o‘ziga xos signal ham edi. Xuddi shunga o‘xshab, AQSh prezidenti Bush ham 11 sentyabr’ hujumlarini uyushtirganlarning, ular qaysi davlatda bo‘lishidan qat’i nazar, hech shubhasiz qo‘lga olinajagi va jazolanajagini va’da qildi. Bu — Afg‘oniston va Iroqning bosib olinishi haqidagi signal edi.

4. Prezidentlarning “qora kuchlarga” qarshi kurashda hukumat tarafida bo‘lish haqidagi ul’timativ talablari. 1999 yil 16 fevral’ oqshomida o‘tkazilgan parlament yig‘ilishida Islom Karimov shunday degandi: “Bugundan boshlab biz vatanimiz dushmanlariga qarshi va mustaqilligimizni, barqarorlikni va taraqqiyotimizni ko‘rolmaydigan  “qora kuchlarga” qarshi ayovsiz kurash boshlaymiz. Bu kurashda betaraf bo‘lganlar ham dushmanga aylanadi”. AQSh Prezidenti J.Bush esa 2001 yil 11 sentyabr’ oqshomi shunday degandi: «AQSh xalqaro terrorizmga qarshi mislsiz urush bo‘sag‘asida turibdi. Bu urush butun dunyo bo‘ylab davom etadi. Bu urushda betaraflar bo‘lmasligi kerak. Sodda qilib aytsam: Kim biz bilan bo‘lmasa — bizga qarshidir”. O‘zbekiston va Amerika prezidentlarining xayratli o‘xshash ul’timatumlari: xuddi ularni bitta muallif yozganday. Oradagi yagona farq: Karimov o‘zbek xalqiga, Bush esa boshqa xalqlarga murojaat etayotgandi…

5. Mahalliy OAVning “xalqaro terrorizm va islom radikalizmi tahlikasi haqida” jazavasi. Bu haqda o‘zbek va amerikan matbuotidagi isterika ruhidagi “xalqaro terrorizm va islom radikalizmi tahlikasiga qarshi”  yozilgan va ko‘rsatilgan yuz minglab materiallarni bu erda keltirishga hojat bo‘lmasa kerak. Agar  o‘zbek va amerikan matbuotidagi bu “materiallarni” qiyoslab, tahlil etadigan bo‘lsak, ularda quyidagi o‘xshash shiorlar ko‘zga tashlanadi: “Xalqaro terrorizmga qarshi Prezident Karimov atrofida birlashaylik!”, “Oq Uy xalqaro terrorizmga qarshi bizning dastagimizga muhtoj”, “Biz taraqqiyotimizni ko‘ra olmaydigan qora kuchlarni yo‘qotishga qaratilgan davlatimiz rahbarining barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak!”, “Hozir, terrorizmga qarshi urush boshlanayotgan bir paytda Oq Uy siyosatining axloqiy yoki axloqiy emasligini o‘ylab o‘tirishga vaqt yo‘q” va sh.k…

6. “Tasodifiy” mualliflar va ularning “terror” hujumi haqidagi kitoblari. Ajablanarlisi shuki, fevral’ hujumlaridan bir-ikki oy o‘tar-o‘tmas O‘zbekiston va AQSh hukumatlari o‘z mamlakatlaridagi “terror” hujumlari haqida kitoblar nashr etdilar. Bu kitoblarning mualliflari ko‘pincha “voqea sodir bo‘lgan joyga tasodifan borib qolganini” e’tirof etgan bo‘lsalar-da, voqea tafsilotlarini, maxsus xizmat xodimlarining terrorchilarni qo‘lga olishi haqidagi tafsilotlarni butun ikir-chikirlarigacha qayd etishgan va o‘z kitoblariga voqea joylaridan hatto fotosuratlar ham  ilova etishgandi. Eng muhimi, ular voqealarni hukumatlar istagan tarzda bayon qilishgandi.

O‘zbekistonda 1999 yil 16 fevral’ hujumi haqida faqat bitta kitob – Isroil davlati fuqarosi Oleg Yakubovning “Bo‘rilar galasi” (Volch’ya staya) nomli kitobi nashr qilindi. Ushbu kitobda muallif Tel’ Avivdan Toshkentga 14 fevral’ kuni (portlashdan ikki kun oldin!) tasodifan, shaxsiy ishlari bilan kelganini yozadi. Kitobda maxsus xizmat xodimlarining terrorchilarni qo‘lga olish uchun kechayu-kunduz ishlagani haqidagi ushbu lavhalarga e’tibor beraylik: “MXX tergovchilari o‘z ishxonalarida kechayu-kunduz ish olib borganlarini ko‘rdim. Ba’zilari bu erda ish orasida ozgina mizg‘ib olish uchun ko‘rpa va yostiqlarini ham olib kelishgan edi”.

Na mahalliy va na akreditatsiyadan o‘tgan xorijiy jurnalistlarga hech qanday ma’lumot bermaydigan o‘zbek MXXsining Isroildan kelgan bir “turistga” o‘z eshiklarini lang ochib qo‘ygani — ham shubhali hamda kulgilidir. Bu ham etmagandek, o‘zbek maxsus xizmat xodimlari “Toshkentga qarindoshlarini ko‘rgani kelgan” kishini quchoq ochib kutib olayapti, unga “terror hujumi” joyining fotosuratlarini berayapti va xotinlari ostidan keltirgani ko‘rpa to‘shaklar bilan to‘la ishxonalarini unga ko‘rsatayaptilar… O‘zbek MXXsida bunday ochiqlik va oshkoralik qayoqdan kelib qoldi ekan?

Oleg Yakubovning “Bo‘rilar galasi” nomli kitobidagi bunday qovun tushirishlar, ulardan kelib chiqadigan savol va shubhalar tufayli O‘zbekiston Xavfsizlik Kengashi Isroil fuqarosining bu “shoh asari”ni nafaqat kitob do‘konlaridan, balki nashriyotdan ham musodara qilib, yo‘qotdirdi. O‘quvchilarning savol va shubhalari asossiz emasdi: darhaqiqat, Oleg Yakubovning 1999 yil 16 fevraldan ikki kun oldin Toshkentga kelishi MXX va MOSSADning hamkorligida amalga oshirilgandi. O‘zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatov 16 fevralda Toshkentda portlashlar sodir bo‘lajagini ham, bu portlashlardan ikki kun oldin Isroillik jurnalist Oleg Yakubovning Tel’-Avivdan Toshkentga aynan ushbu portlashlar haqida kitob yozish uchun kelajagini ham, unga “Mustaqillik” maydonining biqinidagi “kontora” (MXX idorasi) eshiklarini ochib qo‘yish lozimligini ham oldindan bilardi.

MXX rahbarlarini Oleg Yakubovning na Isroil fuqarosi ekani ham, na rossiyalik kriminal avtoritet Sergey Mixaylovning («Mixas’») matbuot kotibi ekanligi ham tiyolmadi, unga o‘z eshiklarini lang ochib berishdi va uni Toshkentdagi “terror” hujumiga oid etarli materiallar bilan ta’minlashdi. Mana shunaqa: agar buyruq O‘zbekiston Prezidenti apparatidan keladigan bo‘lsa, o‘zbek xavfsizlik xizmati o‘z fayllarini jinoyat olami vakillariga ham ochib berishga hozirdirlar…

AQSh hukumati bunday kitoblarni shoshilinch nashr etishiga kelsak, AQShda bunaqa “bestseller”lar juda ko‘p marta chiqarilgan. Bu kitoblarning deyarli barchasi “tasodifiy” guvohlar tomonidan yozilgan bo‘lib, ular 11 sentyabr’ voqealarini Oq Uyning istaklariga mos ravishda tasvirlashgandi. Bu kitoblardan ba’zilarini internetdan topib o‘qish ham mumkindir.

7. “Terrorchi” deyilganlar uchun shoshilinch qamoqxonalar qurilishi. O‘zining shoshilinch telemurojaatida (1999 yil 16 fevral’ portlashlaridan keyin) Prezident I.Karimov shunday degandi: “Qaniydi, terrorchilar uchun odamlardan uzoqda, cho‘lu-biyobonda, hech qayoqqa qochib ketolmaydigan maxsus turma tashkil etsak.  Bunaqa turmadagi bir kun ular uchun naq jahannamga aylansa”. Bu bilan u kelajakdagi qiynoqlarga  va Qoraqalpog‘istonning Jasliq posyolkasida, hali 1998 yilning kuzida Isroil maxsus xizmatlarining loyihasi bo‘yicha boshlangan kontslager’ qurilishiga ishora qilayotgandi. MOSSADdan bo‘lajak turmaning loyihasini olgan  O‘zbekiston hukumati, Sovet davridan qolgan va qurilishi tugallanmay qolib ketgan Ust-yurt platosining ma’muriy xizmat binolarini rekonstruktsiya qilishni boshlab yubordi. Bir paytlar Sovet hukumati bu hududda “Bo‘ron” kosmik kemasini qo‘ndirish uchun zahira qo‘nimgohi qurishni rejalagandi.

Xuddi shunga o‘xshab, Amerika hukumati ham shoshilinch tarzda Guantanamodagi harbiy baza binolarini “terrorchi va islomiy ekstremist” deyilganlar uchun maxsus turmaga aylantira boshladi. Har ikki kontslagerdagi nafaqat kameralar, balki “oper”larning qiynoq va tahqirlash usullari ham xayratli tarzda o‘xshashdir. Musulmonlarni qiynash, ularni xo‘rlashda qo‘llanilayotgan usullarga kelsak, o‘zbek va amerikalik sadistlar orasidagi yagona farq shuki, Guantanamoda musulmon mahkumlarni fohishalarning hayz qonlarini ichishga majbur etishar, Jasliqda esa faqat shu qo‘llanilmas edi.

Barcha normal kishilar bu kabi o‘lim lagerlariga, undagi qiynoqlarga toqat qilolmaydi. Barcha sog‘lom fikrli kishilar bunday kontslagerlarning paydo etilishiga qarshi.  Biroq, Jasliq ham, Guantanamo ham “xalqaro terrorizmga qarshi kurashda zarur” deb hisoblaguvchilar ham topiladi. Shulardan biri  – isroillik publitsist Oleg Yakubov. Rossiyaning agentura.ru saytiga bergan interv’yusida Karimovning “Jasliq” kontslagerini O.Yakubov shunday madh etadi:

«U erda bo‘lganimda,  uchrashuv xonasi nima ekanini ko‘rdim.  Bu — gilam yo‘lakchalar to‘shalgan, yumshoq mebel’ va rangli televizor bilan jihozlangan alohida xonalar edi.  Uchrashuv xonasining o‘zi – bu kvadrat shaklidagi, ikki karavotlik, stol, toza pardalar osilgan, yonida – plitalik oshxona, yonida – hojatxona, dush bilan jihozlangangan. Bu turma endi-endi qurib bitirilishi bilanoq, inson huquqi kurashchisiman deganning hammasi darrov O‘zbekiston hukumatiga tashlanib ketdi. Emishki, bu erda odamlar dahshatli sharoitlarda,  yuqori radiatsiyali hududda  saqlanarmish. Bu g‘irt bema’nilik. Xudoga shukur, men radiatsiyaning nimaligini bilaman, Chernobilda ishlaganman. Men radiatsiyani fiziologik darajasida his eta olaman – darrov og‘zimda achchiq bir ta’m paydo bo‘ladi. Ishonavering, u erda hamma narsa yaxshi. Oziq-ovqatlar ham me’yorida».

Bu interv’yusida “Mixas’”ning  matbuot kotibi uqtirmoqdaki, “Jasliq” go‘yoki xalqaro talablar darajadagi turma-yu, unda faqat eng xavfli terrorchilar o‘tiribdi.  Keyin, interv’yu davomida sayt muxbiri Marina Latыsheva va isroillik publitsist O.Yakubov orasida shunday suhbat bo‘lib o‘tadi:

M. Latыsheva: «Taniqli terororchilardan u erda kimlar o‘tiribdi va siz kimlar bilan uchrasha oldingiz?»

O. Yakubov: «U erda Muhammad o‘tirgandi, Salix Bidjanovning ukasi (Muhammad Bekjonov nazarda tutilayapti, o‘zbek muxolifati lideri Muhammad Solihning ukasi – U.H.). To‘g‘ri, hozir u erda emas. Bu odam O‘zbekiston prezidentini ag‘darish va milliy nizo qo‘zg‘ashga chaqirgan Ukrainadagi musulmon gazetasining muharriri edi».

M. Latыsheva: «Uni terrorchi deb atab bo‘larkanmi?»

O. Yakubov: «Xo‘p, unda mana boshqalari. U erda Toshkentdagi portlashlarni uyushtirgani uchun otishga hukm etilgan bir necha kishi o‘tirgan edi. Men uchrashdim ular bilan…»

Hatto Rossiya maxsus xizmati vakili ham jurnalistni terrorchi hisoblab bo‘lmaydi, deyapti, ammo yahudiy publitsisti butunlay boshqacha fikrda.  Mantiqli savolga esa javob berish o‘rniga, publitsist gapni butunlay boshqa tarafga burib yuborayapti.

Interv’yu yakunida O.Yakubov “Jasliq va Guantanamoga o‘xshash lagerlar xalqaro terrorizmga qarshi kurashda juda muhimdir” deya bayonot beradi: «Umuman bu qamoqxona huquqbonlar orasida keng yoyilgan mavzuga aylandi. Hatto EXHT majlislarida ham uni muhokama qilishadi. Bu qandaydiroldi-berdi vositasiga aylandi. Ammo aslida bu bir xiyla xolos. Chunki urush bu – urush, boshqa iloji yo‘q. Yuridik nuqtai nazardan aytganda, bu qamoqxona faqat terrorchilarga atalgan deb bo‘lmaydi. Bu bir oddiy qamoqxona. To‘g‘ri, unda terrorizmda ayblanganlar o‘tiribdi, lekin ular bilan birga oddiy jinoyatchilar ham bor. O‘zbekistonda terrorizm bilan ayblanganlarning asosiy qismi o‘sha erda o‘tirishi esa boshqa masala. Rahbariyat buni to‘g‘ri olingan tadbir deb hisoblaydi, chunki ular o‘z g‘oyalarini boshqa turmalardagi mahbuslarga tarqata olmaydilar.  Aytmoqchimanki, u erda men ko‘plar bilan gaplashdim va afsus-nadomat qilayotganlarni deyarli uchratmadim.

Har qalay, AQShdagi portlashlar va  Guantanamoda toliblar uchun maxsus turma  qurilgach, dunyoda bu kabi qamoqxonalarga (va umuman terrorchilarni bir joyga to‘plashga) munosabat ham o‘zgaradi, deb umid qilish mumkin. Axir hech kim mana shunday dab-durustdan, majozan aytganda, Afg‘onistondan turib N’yu-Yorkka zarba berish mumkin, deb o‘ylamagandi-ku. Shunday ekan, qamoqxona bilan sanatoriyni chalkashtirmaslik kerak».

Ko‘rib turganingizdek, isroillik publitsist hali Guantanamo va Jasliq qamoqxonalariga nisbatan dunyoning salbiy munosabati o‘zgartiradi, degan umidda. Mana shunday xizmat ko‘rsatgan qalam sohiblarining yordami bilan, O‘zbekiston va AQSh hukumatlari “16 fevral’” va “11 sentyabr’” kabi nayranglarni xalqaro terrorizm va islom ekstremizmi amalga oshirgan “terroristik hujumlar” deya taqdim etishda davom etaveradi.

8. “Terrorchilarga” qarshi ashyoviy dalillar: fuqarolik pasportlar va “terrorchi” kundaliklari. Toshkentdagi 16 fevral’ portlashlaridan bir hafta o‘tib, O‘zbekiston maxsus xizmatlari butun mamlakatga e’lon qilishdiki, “terrorchilar”ning “teraktgacha” yashagani – Abdulla Qahhor ko‘chasidagi uylarning birida – islomchilardan birining fuqarolik pasporti, arabcha yozuvlar bitilgan va Kalashnikov avtomati tasvirlangan bir daftar topilgan emish. Bu daftarda portlovchi moddalarni tayyorlash usullari bayon etilgandi. Bu daftarning fotosuratini, darvoqe, O.Yakubov “Volch’ya staya” kitobida ham keltirgan. Savol tug‘iladi: “Qanday qilib, Checheniston va Afg‘onistonda konspiratsiya va xavfsizlik tayyorgarligidan o‘tgan, ehtiyot tadbirlari ta’limini olgan terrorchilar “ishga” chiqishdan oldin uyda o‘z pasporti va kundaliklarini qoldirib ketaverar ekan? Nahotki, ularni o‘zlari bilan olib ketishga aqllari etmabdi?” va sh.k.

Xuddi shunga o‘xshab, “terrorchining” pasporti hikoyasi 2001 yilning 11 sentyabr’ voqealaridan keyin ham keng tarqaldi.  N’yu-Yorkdagi WTC binosiga qilingan hujumdan bir hafta o‘tib, AQSh maxsus xizmatlari barcha OAVga go‘yoki WTC binosi vayronalari orasidan xudkush-terrorchilardan birining pasporti topilganini e’lon qilishdi. Amerikalik jurnalistlarda savol tug‘ildi: “Qanday qilib portlagan uchoq alangasi va yonib, tutday to‘kilgan bino harobalari ichidan qaydagi bir qog‘oz pasport bus-butun chiqdi ekan?” FBI vakillari bu mantiqli savolga hanuz javob bermay kelishadi.

Keyinchalik esa ular, xuddi O‘zbekiston MXX vakillari kabi, N’yu-Yorkdagi “xudkush” deyilganlar yashagan kvartiralarning birida terrorchining urush vahshatlari aks ettirilgan arab tilidagi kundaligi topilganini ham e’lon qilishdi. Bu daftarda ham qo‘lbola portlovchi moddalar tayyorlashning usullari yozilgandi. Ha, negadir Bin Lodan o‘z odamlarini konspiratsiya va ehtiyot choralariga yaxshi o‘rgatmagan ko‘rinadi. Uning odamlari uchoqlargacha kirib bora olishadi-yu, ammo pasportini uyda qoldirib, kundaliklarini kvartirada unutishibdi, xuddi Toshkentdagi o‘zbek “hamkasblari” uylarida pasport va daftarlarini unutgani kabi. Bu kulgili darajada shubhalidir!

9. Hukumatlarning “portlashlar”ga oldindan hozirlik ko‘rishi va ularning “terrorchilar” bilan hamkorligi.   Maqolamizning  “Tasodifiy” mualliflar va ularning “terror” hujumi haqidagi kitoblari» deb nomlangan 6-bandida ta’kidlaganimizdek, portlashlardan ikki kun avval Tel’-Avivdan Toshkentga Isroillik publitsist Oleg Yakubov etib keladi. U keyinchalik mazkur voqealar haqida «Volch’ya staya» nomli kitob ham yozadi va o‘z kitobida avvalroq Toshkentga etib kelganini tan oladi. Bu erda biz bo‘lajak “terrorchilik amaliyotlari” haqida o‘zbek hukumati oldindan xabardor bo‘lgani hamda unga hozirlik ko‘rgani haqida yana bir necha dalil keltiramiz.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1998 yil noyabrida Qoraqalpog‘istonning Jasliq poselkasida, Sovet davridan qolgan va qurilishi tugallanmagan bir ob’ektni (“Bo‘ron” kosmik kemasi uchun zahiradagi qo‘nimgohni) maxsus koloniyaga aylantirish uchun rekonstruktsiya ishlari boshlandi. Rekonstruktsiya ishlari Isroil MOSSADining loyihasi bilan amalga oshirildi. Ob’ektning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston IIV JIBB muovini Mixail Gur’evich zimmasiga yuklatildi.

Mahalliy va xorijiy jamoatchilik o‘zbek hukumatining fevral’ portlashlaridan ogoh bo‘lgani va o‘zlari ham bunda ishtirok etganini sudda asosiy guvoh bo‘lgan mahbus Zayniddin Asqarovning sensatsion interv’yusidan keyin bilishdi. Ma’lumki, fevral’ portlashlarida ayblanganlar ustidan o‘tkazilgan sud jarayonlarida Z.Asqarov O‘zbekiston hukumati foydasiga rejim muxoliflarining hammasini, dunyoviy muxolifat lideri Muhammad Solihdan tortib, O‘zbekiston Islomiy Harakati (O‘IH) liderlarigacha ayblab, ko‘rsatma berdi.

2003 yilda internet saytlarida bizning  Toshkentdagi fevral’ portlashlarining tashkilotchisi Karimov hukumatining o‘zi ekani aytilgan maqolamiz e’lon qilindi. O‘zbekiston Xavfsizlik Kengashi qarori bilan 2003 yilning noyabr’ oyida maxsus xizmatlar xorijiy OAV uchun Zayniddin Asqarov ishtirokida matbuot konferentsiyasi o‘tkazdi va unda mahbus bizning maqoladagi ma’lumotlarni inkor qilishi hamda o‘zining to‘rt yil avval sudda bergan ko‘rsatmalarini takrorlashi lozim edi.

Biroq, 2003 yil 26 noyabrda Toshkent IIBB SIZOsida (“Toshturma”da)  o‘tkazilgan matbuot konferentsiyasida Z.Asqarov sensatsion bir bayonot berdiki, O‘zbekiston hukumati (prezident Islom Karimov, MXX raisi Rustam Inoyatov va ichki ishlar vaziri Zokir Almatov) prezident Karimovga qarshi tayyorlanayotgan suiqasd haqida oldindan xabardor bo‘lganini ma’lum qildi.

Zayniddin Asqarov o‘z bayonotida, jumladan, Murodullo Qoziev boshchiligidagi guruh tarafidan (bedarak yo‘qolgan andijonlik imom Abduvali Mirzaevning izdoshlari) mamlakat prezidentiga qarshi suiqasd tayyorlanayotganidan Z.Almatov va R.Inoyatovlar xabardor edi, deya bayonot berdi:

«Men suddagi ko‘rsatmalarimda tuhmat qilganim uchun Muhammad Solihdan kechirim so‘rayman. Buni mendan Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov va MXX raisi Rustam Inoyatovlar talab qilishdi. Muhammad Solihga qarshi ko‘rsatmalar evaziga, ular mening do‘stlarimni, jumladan, Bahrom Abdullaevni ozod qilishni va’da berishdi. Biroq na Almatov va na Inoyatov o‘z va’dalarida turishmadi: Bahrom Abdullaev va boshqa birodarlar qatl etildi. Men yana takrorlayman:  Almatov va Inoyatovlar oldindan tayyorlanayotgan terraktlarni bilishgan va Murodullo Qozievning hatti-harakatlarini nazorat qilib turishgan.  Allohga qasamki, Muhammad Solihning 16 feral’ voqealarida umuman aloqasi yo‘q” – degandi o‘shanda Zayniddin Asqarov. Keyinchalik bu ifsho uchun Z.Asqarov O‘zbekiston hukumati tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi.

Endi esa 11 sentyabr’ voqealaridan AQSh hukumati oldindan xabardor bo‘lganiga doir faktlarni keltiramiz.  Avvalo, shuni eslatib o‘tish kerakki, WTCning xar ikki osmono‘par binosidagi ofis mebellari va orgtexnika 2001 yil 11 sentyabridan ikki oy oldinoq olib chiqib ketilgan. N’yu-York departamentining Qutqaruv Xizmati xodimi Djo Keysalidji (Joe Casaliggi) amerikan telejurnalistlarga shunday degandi: «Egizak binolar qoldiqlarida ishlarkanmiz, biz na biror stol, stul, na komp’yuter bo‘lagi, na telefon parchasi bo‘lsin, topolmadik». Bu ikki binoda xizmat ko‘rsatuvchi xodim o‘laroq  (elektrik, vaxtyor, lifter va h.k.) yuzga yaqin kishi ishlardi. WTCning asosiy tarkibi bo‘lgan “tanlangan millat” (yahudiylar – tarj.) vakillari esa ishxonalarini allaqachon boshqa joyga ko‘chirib bo‘lgan edi.

Yana bir misol, bu safar Rossiya Federatsiyasidan, u “tanlangan millat” vakillari N’yu-Yorkdagi WTCga tayyorlanayotgan hujum haqida oldindan ogohlantirib qo‘yilganiga bilvosita guvohlik beradi. 2001 yilning avgustida masonlarning «Obustroystvo i remont» jurnalining iyul’ oyi (!!!) sonida quyidagi mazmunda kollaj chop qilindi: ikkita uchoq N’yu-Yorkdagi  WTC binolariga kelib urilayapti. Kollaj ostida esa «11.09.2001» sanasi keltirilgan. Ya’ni, rossiyadagi masonlar 2001 yilning iyulida o‘z qavmdoshlarini 11 sentyabr’ kuni WTCga havodan hujum bo‘lishidan ogohlantirgandi.

“Terrorchi” deyilganlar bilan Amerika hukumatining hamkorligi  haqida ham faktlar mavjud. 2001 yilning yanvarida Jorj Bush ma’muriyati Bin Lodan va uning oila a’zolarini ta’qib qilishni  to‘xtatish haqida rasmiy buyruq chiqaradi. Shunday qilib, bo‘lajak “terrorchilarga” oldindan Amerika huquq-tartibot organlari ta’qibidan himoya ta’minlanadi.

Jorj Bush ma’muriyatining Bin Lodan va oilasi bilan hamkorlik qilganini quyidagi faktlar ham isbotlaydi. Masalan, 11 sentyabr’ voqealaridan so‘ng Oq Uy bu “teraktlarda” “Al-Qoida”ni ayblab chiqqani hammaga ma’lum, shu bilan birga, bu tashkilotning rahbarlaridan bo‘lgan Bin Lodanni qidiruvga bergandi. Biroq, Amerika harbiylari Bin Lodan va Afg‘onistondagi unga bog‘liq odamlarni “izlashga” kirishib ketgan damlarida, №1 “terrorchining” aka-ukalari Abdulloh va Umar Bin Lodanlar AQShdagi Virjiniya shtatining Fulchouk shahrida, shundoqqina AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB — !!!) shtab-kvartirasi yaqinida tinch-osuda hayot kechirayotgandi.

Ammo bu fakt ham hali eng kuchlisi emas. 2001 yil noyabrda o‘sha paytda dunyoda qidiruvdagi №1 shaxs bo‘lgan  Usoma Bin Lodan Dubay (Arab Amirliklari) shahrida AQSh Harbiy Havo Kuchlari gospitalida (!!!) ikki haftalik davolash kursidan o‘tkaziladi. “Gospitalimizda davolanarkan, Usoma bin Lodanni MRBning mahalliy agentlari ziyorat qilib turishdi”, degandi AQSh Harbiy Havo Kuchlarining sobiq zobiti, endilikda Los-Anjeles politsiyasi xodimi Maykl Rappert (Michael Ruppert) AQSh telejurnalistlariga.

Umuman, Bin Lodan oilasining AQSh hokimiyati bilan do‘stligi ancha boy tarixga ega. Hali 1976 yildayoq Usomaning akasi Salim Bin Lodan oilaning moliya menejeri lavozimiga Jimmi Bat (Jimmy Butt) ismli shaxsni yollaydi. Jimmi Bat esa Jorj Bushning bolalik do‘sti hamda Bush oilasining xalqaro ishlaridagi ishonchli vakilidir. 1998 va 2000 yillarda AQShdagi qurol-yarog‘ savdosidagi eng yirik tashkilotlardan biri – yahudlarning «Carlyle Group» kompaniyasi topshirig‘i bilan, katta Jorj Bush Usomaning akasi Shafi’ Bin Lodan bilan uchrashgandi. Ikkala uchrashuv ham Jidda shahrida (Saudiya Arabistonida) o‘tgan. Katta Jorj Bush Vashingtondagi qarorgohida Shafi’ Bin Lodan bilan hatto 2001 yil 11 sentyabr’ (!) tongida ham uchrashgan.

11 sentyabr’ voqealarida AQSh hokimiyatining oldindan xabardorligi hamda undagi ishtiroki mavzusiga qaytib, shuni ta’kidlash mumkinki, shunchaki uchoqlar zarbasi va portlashi bilan WTC binolarini bunday – sano’iy yiqitish ko‘rinishida vayron etib bo‘lmasligini, bino devorining asosiy ustunlari orasiga yuzlab miqdorda termit moddasi (yuqori temperaturali portlash vositasida har qanday metalni eritib yuboruvchi allyuminiy oksidi) joylashtirilganini, portlovchi moddalar bo‘yicha amerikalik mutaxassislar allaqachon isbotlaganlar. Va shubhali jihati shundaki, uchoq olib qochirilishiga odatda zudlik bilan javob beradigan AQSh Havo Mudofaasi tizimi, 11 sentyabr’ kuni «Boing»lar qochirilishi haqdagi SOS-signallariga umuman javob bermaganlar.

O‘zbek va Amerika hukumatlari yolg‘onining barbod bo‘lishi

O‘zbekiston va AQSh hukumatlarining 16 fevral’ va 11 sentyabr’ voqealari haqidagi yolg‘on bayonotlari nafaqat stsenariy tuzilishi hamda obdon pishitilgan nayranglari bilan, balki bir zumda barbob bo‘lishi bilan ham bir-biriga o‘xshashdir. Karimovning ham, Bushning ham soxta dalillari bir payt kelib sovun pufagi kabi yorildi. Yuqoridagi boblarda biz Zayniddin Asqarov Toshkentdagi fevral’ portlashlarining haqiqiy tashkilotchilari haqidagi sirni hayoti so‘ngida ochib ketganini bayon etdik. AQShdagi 11 sentyabr’ portlashlari haqida ham bunday guvohlar topildi.

Gap shundaki, 11 sentyabr’ voqealari atrofidagi rasmiy jazava asnosida AQSh hokimiyati bir afsona tarqatdi: emishki, 19 o‘g‘ri-terrorchi tarafidan 4 uchoq olib qochilgan. Bush ma’muriyati hatto o‘lgan terrorchi-xudkushlarning ism-sharifini e’lon ham qilishgacha bordi.  Biroq keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, o‘lgan 19 “terrorchi”dan ba’zilari (to‘rt kishi) hayot kechirmoqda ekan. O‘sha ismi-sharifi xudkushlar ro‘yxatida e’lon qilinganlardan biri Abdulaziz al-Umar 2001 yil 23 sentyabr’ kuni «The Telegraph» gazetasiga shunday degan: “Men ismim va familiyamni, fotosuratimni o‘lgan kamikadzelar ro‘yxatida ko‘rib, aqlim bovar qilmadi. Aftidan, hukumatda mening ism-familiyam, pasport bilgilarim bo‘lgan. Biroq men kamikadze emasman. Men mana – tirikman! Men uchoq boshqarishni ham bilmayman, hech qachon unga o‘qigan ham emasman!”

Ko‘rib turganingizdek, Karimovning uydirmasi to‘rt yilda barbod bo‘ldi, Bushniki esa – bor-yo‘g‘i 12 kunda. Ikkala terroristik hujumning stsenariysi bir kontorada, bir muallifdan, Karimovni ham, Bushni ham boshqarib tergan bir umumiy boshqaruvchi tarafidan  yozilgandek taasurot hosil qiladi.

Xulosa

Biz bu faktlarni eslatishdan maqsadimiz, shunchaki o‘qib qo‘ya qolish emas. Maqsadimiz – o‘quvchilar kelajak uchun tegishli xulosalar chiqarsinlar. Ehtimol, O‘zbekiston va AQSh hukumati hali yana “16 fevral’” va “11 sentyabr’” qabilidagi nayranglarni chiqarar. Shuni bemalol aytish mumkinki, Vashingtondagi Oq Uy hamda Toshkentdagi Oqsaroyda ijod etilgan terroristik hujumlar aynan mana shu maqolamizga keltirilgan stsenariy va unsurlardan tarkib topgan bo‘ladi.

Shunday ekan, ogoh bo‘ling: Vashington va Toshkentdan bundan ham battar “spektakl”larni kutish mumkin, keyin esa ular rejim muxoliflariga qarshi ommaviy repressiya uchun rasmiy bahona bo‘lajak.

Karimov rejimining tayyorlayotgan “spektakl”lari haqida esa kelgusi maqolalarimizda batafsil to‘xtalamiz.

 

Usmon Haqnazarov

siyosatshunos

2013 yil 15 fevral’

 

http://uzxalqharakati.com/archives/16588

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: