Parijda Markaziy Osiyo adabiyoti va kinosi haftaligi boshlandi – ozodlik.org


Hamid Ismoilov Parijdagi tadbir ishtirokchisiHamid Ismoilov Parijdagi tadbir ishtirokchisi

14.02.2013

Rossiyadagi “Eltsin” jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan bu anjumanda o‘zbek yozuvchisi Hamid Ismoilov o‘zining “Shoir va Bin Laden “ kitobini taqdim qiladi.

Shuningdek bu tadbirda turkman yozuvchisi Oq Muhammad Vellisapar, qirg‘iz ijodkorlari Sulton Rayev, Turusbek Madilboy, tojik shoirasi Gulya Mirzoeva va qozoq yozuvchisi Rustam Jangoja ham ishtirok etmoqda.

Tadbir tojikistonlik kinochilar suratga olgan “Chegaradagi vaqt” filmi bilan boshlandi deydi tadbir tashkilotchisi  Natasha Kanat:

– Markaziy Osiyo adabiyoti va jamiyati mavzusidagi tadbir bugun davra suhbati bilan boshlandi. Markaziy Osiyo adabiyotidagi oqim va tendentsiyalar muhokama qilingan bu suhbatda o‘zbek yozuvchisi Hamid Ismoilov va rus yozuvchisi Boris Akunin ma’ruzalari tinglandi deydi suhbatdosh.

Nega bugun Markaziy Osiyo adabiyoti va jamiyatini Parijda muhokama qilish zarurati paydo bo‘ldi, degan savolimizga javob bergan Natasha Kanat tadbirni boshlab bergan Chegaradagi vaqt” filmi bu zarurat maxsuli ekanini ta’kidladi:

– Shoira va kinochi Gulya Mirzoeva suratga olgan bu film Markaziy Osiyoda SSSR cho‘kishidan keyin vujudga kelgan chegaralar haqida. Adabiyot esa chegara bilmaydi. Adabiyot  o‘z navbatida jamiyat bilan chambarchas bog‘liq, deydi tadbir tashkilotchisi.

Parijda ijod qiladigan yozuvchi va jurnalist  Dmitriy Koshko bu anjuman maqsadini batafsil tushuntirdi:

– Bugun Markaziy Osiyo – evropalik uchun bir qop-qora tuynuk. Markaziy Osiyo yoki Rus Turkistoni evropaliklar uchun qora mavhumiyat. Biz Markaziy Osiyo kinolarini Parij markazidagi Lotin kvartalida joylashgan Panteon kinoteatrida namoyish qilib bu mavhumiyat tumanini tarqatmoqchimiz. Markaziy Osiyo nafaqat gilam va mevalari, balki adabiyot va kinosi bilan evropaliklar qalbini maftun qilishiga ishonaman, deydi suhbatdosh.

Dmitriy Koshko  anjumanda ishtirok etayotgan o‘zbek yozuvchisi Hamid Ismoilovning “Temir yo‘l” romani frantsuzlar tushunadigan uslub va tashbehlarda yozilganini ta’kidladi.

Markaziy Osiyo adabiyoti va kinosi haftaligi doirasida uchta davra suhbati va o‘nlab kino taqdimotidan iborat bo‘ladi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24902308.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: