O‘zbekiston: yozuvchi Mamadali Mahmudovga qarshi yangi ish ochilgani aytilmoqda – bbc uzbek


mahmudov13 fevral 2013

Mamadali Mahmudov 14 yildan buyon qamoqda qolmoqda.

Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, 14 yildan buyon qamoqda qolayotgan 72 yoshli Mamadali Mahmudov shu kunlarda koloniyadan Toshkent turmasiga o‘tkazilgan.

1999 yil qamalgan Mamadali Mahmudovning jazo muddati 2013 yil 16 fevralda nihoyasiga etishi kerak.

Biroq bundan oldinroq qamoqdagi keksa yozuvchiga nisbatan yangi ayblov tayyorlanayotganligi borasida xavotirlar oila a’zolari va inson huquqlari faollari tomonidan bildirilgan edi.

Shu yilning 12 fevralida bu xavotir tasdiqlangan.

Yaqinlarining bildirishicha, bir necha oy mobaynida Mamadali Mahmudov bilan uchrashuvga imkon berilmagan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Mahmudov bilan uchrashgan qizi otasining sog‘ligi yomonligi, boshida katta jarohati borligini ko‘rgan, biroq Mamadali Mahmudov nima sodir bo‘lganini qo‘riqchilar oldida ayta olmagan.

11 fevral kuni Chirchiqdagi koloniyaga borgan o‘g‘li uzoq navbatda turib, olib borgan ovqat va dorilarini otasiga berolmagan, o‘zini ham ko‘rishga muvaffaq bo‘lmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Mahmudovni Toshkent turmasiga olib ketishgan ekan.

12 fevralda Mahmudovning qizi Toshturmaga so‘roqlab borganida, otasiga qarshi yangi jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingan.

Mamadali Mahmudovga bu safar qanday ayb qo‘yilayotganligi hozircha noma’lum.

Mamadali Mahmudov mustaqillik yillarida muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi va uning rahbari Muhammad Solih bilan aloqalari uchun ikki marta qamoqqa tashlangan.

Oxirgi marta u 1999 yil portlashlarida aybdor, deb topilib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Mamadali Mahmudov mahkamada o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etgan va qiynoqqa solinganini aytgan.

Xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari va ijodiy jamoatchilik Mamadali Mahmudovni ozod qilish talabi bilan ko‘p bor O‘zbekiston hukumatiga murojaat qilishgan.

Yozuvchining oila a’zolari hukumatning bu safargi amnistiyasidan umidvor bo‘lgan edilar.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2013/02/130213_cy_uzbek_mamadali_mahmudov_jailed.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: