Jalolobodda o‘zbekcha teledasturga qarshi miting o‘tdi – ozodlik.org


C51CD275-EBA7-427A-AF72-994E9FEABE00_w640_r1_sJalolobodda 15 fevral kuni mahalliy “7 kanal”da o‘zbek tilida yangilik dasturi uzatilishiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Norozilar telekanal rahbariyatidan o‘zbek tilidagi dasturlarni to‘xtatishni talab qilishdi.

Jalolobodda o‘zbekcha teledasturga qarshi miting o‘tdi

Elmurod

16.02.2013

Telekanal binosi oldiga yig‘ilgan ellikkka yaqin qirg‘iz millatiga mansub fuqarolar o‘zbekcha dastur berilishini keskin qoralab, viloyatda o‘zbek tilida teleyangiliklar uzatilishiga qarshi 8 mingta imzo to‘planganini bildirdi.

Telekanal binosi oldida bo‘lib o‘tgan 50 kishi ishtirokidagi mitingni Jaloloboddagi Abdi Suerkulov nomidagi jamoat tashkiloti rahbari Sarimsoq Bekbotoev olib bordi.

-Bunday masalada o‘ta extiyotkor bo‘lish, etti o‘lchab bir kesish kerak. Biz bu erga  xalq nomidan keldik, biz o‘zbekcha eshittirishga qarshi 8 mingta imzo to‘pladik, -dedi Sarimsoq Bekbotoev.

Mitingchilardan ayrimlari  qirg‘iz va o‘zbek tillari bir oiladan bo‘lgani uchun bu ikki millat bir-birini tarjimonsiz tushunishini, shuning uchun ham o‘zbeklar uchun alohida dasturlar tayyorlashning hojati yo‘qligini aytishdi. Ularga ko‘ra,  Qirg‘iziston janubida qo‘shni O‘zbekiston teleradiokanallari etarli darajada translyatsiya qilinadi.

– O‘zbek bilan qirg‘iz bir –birini tushunmay qolgan joyi yo‘q. Bunday dastur kerakmi bugun? Agar ko‘rsatginlar kelsa o‘zbek bilan qirg‘izning nikoh to‘ylarini ko‘rsatinglar. Bugungi kunda bunday to‘ylar ko‘p bo‘layapti, -dedi mitingga Suzoq tumanidan kelgan Bekbo‘lo‘t Ibragimov.

Jaloloboddagi “7 kanal” rahbari  Altinbek Jumaevning aytishicha,  o‘zbek tilidagi yangiliklar dasturi viloyatning o‘zbekzabon aholisi iltimosiga ko‘ra tayyorlanmoqda. Mazkur loyihani to‘rt oy davomida AQShning YuSAID tashkiloti qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Ayni paytda o‘zbek tilida ko‘rsatuvlar tayyorlash ustida ishlanayapti. Telekanal rahbari o‘zbek tilida teleradio dasturlarining  berilishi ikki xalq o‘rtasida 2010 yildan keyin darz ketgan ishonchning qayta tiklanishiga xizmat qiladi, deb hisoblaydi.

– O‘zbek birodalarimiz 2010, 2011, 2012 yillarda bizga juda ko‘p murojaatlar qilishdi. Ularning biz bilan birga bitta mamlakatda yashayotganini tan olishimiz kerak. Nega endi men ularning murojaatlarini inobatga olmasligim lozim?  Xohlasak ham, xohlamasak ham o‘zbeklar biz bilan birga yashab kelgan, bundan buyon ham yashayveradi. Ularni biz majburan qirg‘iz tilida gapirtira olmaymiz. Telekanalimizda o‘zbek tilida yangiliklar dasturining berilishida hech qanday  yomonlik yo‘q, -dedi Altinbek Jumaev.

Ammo Davlat til komissiyasining Jaloloboddagi bo‘limi rahbari Ipel Asanalieva “7 kanal”da o‘zbekcha dasturning namoyish etilishidan norozilar ko‘p ekanini aytdi.

– Telefon qo‘ng‘iroqlariga javob beraverib juda charchab ketdim. Hamma “Siz qaerga qarayapsiz, nega to‘xtatmayapsiz”, deb savol beradi,-dedi Ipel Asanalieva.

Jaloloboddagi miting 2010 yildan beri o‘zbek tilidagi ommaviy axborot vositalariga qarshi  o‘tkazilgan birinchi namoyish bo‘ldi.

Ayni paytda Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda  respublika miqyosida o‘zbek tilidagi mustaqil “Olam” gazetasi nashr etilmoqda. O‘sh shahrida esa  ko‘rsatuvlari va eshittirishlarining bir qismi o‘zbek tilida bo‘lgan “Intimak” teleradiokanali faoliyat yuritayapti.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24903728.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: