Archive for February, 2013

17/02/2013

Yosharayotgan haqiqat, Yoxud buyurmagan qozonch va unutilgan kurash haqida hikoya – uzxalqharakati.com

o'xh javob17/02/2013

Quyida keltiriladigan hikoyani, taqvodor bir musulmon oilasining ayanchli qismatini menga 86 yoshli Noil ota gapirib bergandi. O‘tgan asrning 30-60 yillarida Rossiyaning Qozon, Qirg‘izistonning Qorako‘l va Xitoyning Qo‘lja shaharlarida bo‘lib o‘tgan bu voqealar bizning bugungi kunimizni, hijratdagi ba’zi vatandoshlarimizning taqdirlarini eslatadi.

Quyidagi hikoyani o‘qib, uzoq o‘tmishda o‘zga mamlakatlarda yuz bergan va bugun o‘z yurtimiz O‘zbekistonda va qo‘shni respublikalarda yuz berayotgan jarayonlar o‘rtasidagi o‘xshashliklarni siz, muhtaram o‘quvchilar ham ko‘rishingiz mumkin. Voqealar Noil otaning tilidan bayon qilingan.

read more »

Advertisements
17/02/2013

14 yil oldingi portlashga Mamadali Mahmudovning qanday aloqasi bor edi? – bbc uzbek

130216163047_tashkent_1999_16february_blast_uzbek_government_office_512x288_reuters17 fevral 2013

16 fevral kuni 1999 yilgi Toshkent portlashlariga 14 yil to‘ldi.

Rasmiylarga ko‘ra, Toshkent shahrining bir necha joyida portlovchi moddalar ortilgan avtomobillar portlatilishi oqibatida 16 inson halok bo‘lgan.

O‘zbek mahkamasi bu portlashlarga aloqadorlikda ayblab 14 yilga ozodlikdan mahrum etgan insonlardan biri Mamadali Mahmudov.

1999 yil aprelida O‘zbekiston televideniesi taniqli yozuvchining videosini namoyish etgan, bunda Mamadali Mahmudov o‘zining Toshkent portlashlari uchun “aybdorligiga” iqror bo‘lgan.

Lekin oradan biroz vaqt o‘tib, yozuvchi qamoqxonadan maktub chiqargan, bu maktubda 1999 yil fevralida yuziga niqob taqqan kishilar qanday qilib qo‘lga olishgani, Toshkent tashqarisiga olib chiqib, ikki oy davomida qanday qiynoqlarga solishgani va “iqrorlik videosi”ni qanday qilib tasvirga tushirganlari haqida batafsil yozgan.

read more »

16/02/2013

O‘zbekiston: yozuvchi Mamadali Mahmudovga qarshi yangi ish ochilgani aytilmoqda – bbc uzbek

mahmudov13 fevral 2013

Mamadali Mahmudov 14 yildan buyon qamoqda qolmoqda.

Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, 14 yildan buyon qamoqda qolayotgan 72 yoshli Mamadali Mahmudov shu kunlarda koloniyadan Toshkent turmasiga o‘tkazilgan.

1999 yil qamalgan Mamadali Mahmudovning jazo muddati 2013 yil 16 fevralda nihoyasiga etishi kerak.

Biroq bundan oldinroq qamoqdagi keksa yozuvchiga nisbatan yangi ayblov tayyorlanayotganligi borasida xavotirlar oila a’zolari va inson huquqlari faollari tomonidan bildirilgan edi.

Shu yilning 12 fevralida bu xavotir tasdiqlangan.

Yaqinlarining bildirishicha, bir necha oy mobaynida Mamadali Mahmudov bilan uchrashuvga imkon berilmagan.

read more »

16/02/2013

‘Narkobiznesga Markaziy Osiyodagi ‘katta odamlar’ aralashgan’ – ozodlik.org

500px-Flag_of_Uzbekistan.svg16 fevral 2013

Oxirgi yillarda Tojikistonda 64 tonna giyohvand modda qo‘lga olingan.

Tojikistonda katta miqdordagi giyohvand moddalar noqonuniy savdosiga aralashganlikda gumon etilib 10 nafar chegarachi, xavfsizlik qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi xodimi hibsga olingan.

Tojikiston Davlat Xavfsizlik qo‘mitasi tarqatgan xabarga ko‘ra, narkosavdogarlarga qarshi Dushanbe shahri va Sug‘d viloyatida o‘tkazilgan bir necha amaliyot natijasida 140 kilogramm giyohvand modda, jumladan, 45 kilogramm geroin va 66 kilogramm xashish qo‘lga olingan.

read more »

16/02/2013

Parijda Markaziy Osiyo adabiyoti va kinosi haftaligi boshlandi – ozodlik.org

Hamid Ismoilov Parijdagi tadbir ishtirokchisiHamid Ismoilov Parijdagi tadbir ishtirokchisi

14.02.2013

Rossiyadagi “Eltsin” jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan bu anjumanda o‘zbek yozuvchisi Hamid Ismoilov o‘zining “Shoir va Bin Laden “ kitobini taqdim qiladi.

Shuningdek bu tadbirda turkman yozuvchisi Oq Muhammad Vellisapar, qirg‘iz ijodkorlari Sulton Rayev, Turusbek Madilboy, tojik shoirasi Gulya Mirzoeva va qozoq yozuvchisi Rustam Jangoja ham ishtirok etmoqda.

Tadbir tojikistonlik kinochilar suratga olgan “Chegaradagi vaqt” filmi bilan boshlandi deydi tadbir tashkilotchisi  Natasha Kanat:

read more »

16/02/2013

Jalolobodda o‘zbekcha teledasturga qarshi miting o‘tdi – ozodlik.org

C51CD275-EBA7-427A-AF72-994E9FEABE00_w640_r1_sJalolobodda 15 fevral kuni mahalliy “7 kanal”da o‘zbek tilida yangilik dasturi uzatilishiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Norozilar telekanal rahbariyatidan o‘zbek tilidagi dasturlarni to‘xtatishni talab qilishdi.

Jalolobodda o‘zbekcha teledasturga qarshi miting o‘tdi

Elmurod

16.02.2013

Telekanal binosi oldiga yig‘ilgan ellikkka yaqin qirg‘iz millatiga mansub fuqarolar o‘zbekcha dastur berilishini keskin qoralab, viloyatda o‘zbek tilida teleyangiliklar uzatilishiga qarshi 8 mingta imzo to‘planganini bildirdi.

Telekanal binosi oldida bo‘lib o‘tgan 50 kishi ishtirokidagi mitingni Jaloloboddagi Abdi Suerkulov nomidagi jamoat tashkiloti rahbari Sarimsoq Bekbotoev olib bordi.

read more »

16/02/2013

U.Haqnazarov. 16 fevral’ va 11 sentyabr’: O‘zbek-Amerika o‘xshashliklari – uzxalqharakati.com

11-09-16-02-300x15615/02/2013

11-09-16-021999 yil 16 fevraldagi Toshkent portlashlariga ertaga 14 yil to‘ladi. Bu portlashlar musulmonlar va boshqa muxoliflarga qarshi hukumatning repressiyalariga rasmiy sababi bo‘lgandi. Toshkent portlashlaridan ikki yil o‘tib, 2001 yil 11 sentyabrda  shunga o‘xshash terroristik hujumlar AQShda ham sodir bo‘ldi. Bu portlashlar esa Oq Uy uchun Afg‘oniston va Iroqni bosib olish va AQSh fuqarolarining erkinliklarini cheklash uchun rasmiy sabab bo‘ldi.  O‘zga aksildemokratik rejimlar uchun esa AQShdagi terroristik hujum bu mamlakatlardagi so‘z erkinligi va muxolifatni yo‘qotish uchun “oq fotiha” vazifasini o‘tadi.

Bir necha yil o‘tib, guruhimiz Toshkent portlashlarida Islom Karimov hukumatining bevosita ishtirokini fosh etgandi. O‘shanda sud jarayonida Karimov ayblovi foydasiga “asosiy guvoh” sifatida o‘tgan Zayniddin Asqarov ham chet el jurnalistlari bilan suhbatda bizning bayonotimizni tasdiqladi.

read more »

13/02/2013

Ey, yigit! – uzxalqharakati.com

segmenBismillahir Rohmanir Rohim

Ey, yigit!

Bu gaplarni diqqat e’tiboringizni to‘plab mutolaa qiling. Bu gaplar siz yoshlarning orangizdan ayrilib, “aka yoki amaki” maqomiga o‘tayotgan bir g‘aribning sizga nasihatidir!

Ey, yigit!

Unutmangki, Alloh taolo sizni Haq yo‘lning yo‘lchisi qilib yaratgandir. Vaqt o‘tmasdan, bir kun kelib zor –zor yig‘lamaslik uchun hozirdan aqlingizni boshingizga to‘plab oling. Bilingki, yigitlik bir sharafdir, shunday ekan sharafingizni tuproqqa qorishtirmang. O‘tkinchi dunyoni deb, o‘zingiz e’tiqodsiz va aqlsiz o‘tkinchilardan bo‘lib qolmang. Unutmangki, bugunning ertasi, bu dunyoning esa oxirati mutlaqo keladi.

read more »