O‘zbekiston Xalq Harakatining Matbuot Bildirishi – uzxalqharakati.com


Dushanba, Avgust 20th, 2012

O‘layotgan rejim bilan hamkorlik xavflidir

Keyingi vaqtda geopolitik sabablar tufayli, xususan Afg‘oniston muammosi sabab bo‘lib, AQSh va Ovrupo Ittifoqining O‘zbekistonga nisbatan qiziqishi ortganiga va bu qiziqishning ba’zi amaliy tabdirlar bilan yakunlanganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Jumladan, AQSh Davlat Kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Robert Bleykning mintaqamizda, shu jumladan O‘zbekistonda olib borgan siyosiy muzokaralari, shuningdek AQSh firmalarining Karimov rejimi malaylari bilan ko‘p milliardlik iqtisodiy shartnomalari kun tartibiga keldi.

Ushbu munosabat bilan O‘zbekiston Xalq Harakati dunyo jamoatchiligining e’tiborini quyidagi nuqtalarga qaratishni lozim, deb hisoblaydi:

1.O‘zbekistondagi Islom Karimov diktaturasi O‘rta Osiyodagi barqarorsizlikning asosiy manbaidir. Bu rejimning mamlakatimizda va mintaqamizda olib borayotgan g‘ayriinsoniy siyosati kutilmaganda butun mintaqani portlash nuqtasiga olib kelishi, bu bilan g‘arb davlatlarining hozirgi sharoitda mintaqamizda majburiy ravishda va vaqtinchalik manfaatlarga asoslangan butun urinishlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

2.Bizning bu ogohlantirishimiz Karimov rejimining agoniyasiga asoslanadi. Chunki bu rejim o‘zini oyoqda tutishi mumkin bo‘lgan butun axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy asoslarni eb bitirdi. Kutilayotgan narsa bu rejimning bunga o‘xshash boshqa diktatorlik rejimlari kabi to‘satdan “o‘lishidir”.

3.O‘rta Osiyo mintaqasining kelajagi Rusiya, Xitoy va g‘arb davlatlarining bu erdagi manfaatlariga yaqin aloqador bo‘lish bilan birga, mintaqa xalqlarining tarixiy va milliy qadriyatlariga, shuningdek mintaqada huquqiy va fuqaroviy siyosiy tuzumlar qurulishiga e’tibor qaratmasdan otiladigan odimlar bunday manfaatlarga manfiy ta’sir qilishi va hatto bunday manfaat egalarining butun umidlarini puchga chiqarishi mumkin.

4.O‘z xalqiga zolimano munosabatda bo‘layotgan diktator Karimov rejimiga majburan bo‘lsada do‘st bo‘lib ko‘rinish bu rejim yiqilgandan keyin ham ushbu taassurotning zehnlarda uzoq vaqt saqlanib qolishiga, bu rejimning o‘rniga keladigan yangi taraqqiyparvar tuzum vakillari bilan yaqin kelajakda siyosiy va boshqa aloqalarni qayta qurishga manfiy ta’sir qilishi mumkin.

O‘XH mavjud vaziyatda mintaqamizga aloqador butun siyosiy kuchlarni qisqa rejalar bilan emas, inson huquqlarini asos oladigan umuminsoniy qadriyatlarga va taraflarning, shu jumladan mintaqa xalqlari va davlatlarining manfaatlarini qoniqtiradigan hamkorlikka asoslanadigan, doimiy istiqrorni ta’minlaydigan siyosiy loyihalarni kun tartibiga keltirish kerak, deb hisoblaydi.

O‘zbekiston Xalq Harakati

20 avgust, 2012 yil

 

http://www.uzxalqharakati.com/archives/12747

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: