Turkiya o‘zbek qochqinlarini deportatsiya qilishni rejalamoqda – bbc uzbek


19 avgust 2012

Turkiya matbuotida o‘zbek qochqinlari haqida chop qilingan maqola “Bizni o‘limga yo‘llamang” deya nomlanadi.

Turkiya politsiyasi Istanbul shahrida kamida to‘rt o‘zbekistonlikni hibsga olgan va deportatsiya qilish uchun maxsus hibsxonada ushlab turibdi.

Bu haqida Turkiyada chop qilinuvchi gazetalar va qator internet nashrlarida xabar tarqatilgan.

Ular orasida bo‘lgan Botir Qodirov hibsxonadan kuni kecha ozod qilingan. 13 yildan beri Turkiyada yashab keladigan Qodirov 2006 yilda BMTning qochqin maqomini ham olgan.

Uning himoyachilari Qodirovning rasmiy qochqinlik maqomi bo‘lganini da’vo qilishlari ortidan, uning ozod qilinishiga erishganlar.

Hibsga olinganlar orasida ismi hozircha faqat Shokir deya tanilgan magistratura talabasi ham bor.

Turkiyada norasman boshpana topgan o‘zbekistonliklar orasida diniy ayblovlar, xususan Nurchilar oqimiga a’zolikda ayblangan sobiq turk litseylari talabalari ko‘p.

Biroq shu vaqtgacha ularni rasmiy Anqara Toshkentga topshirmay keladi.

O‘zbekistonda Nurchilarga a’zolikda ayblanib, hozirda Turkiyada yashayotgan bir qochqinning Bi-bi-siga bildirishicha, hozirda Turkiyada yashirinib yurgan va xavfzlik izlab kelgan o‘zbekistonliklar orasida chuqur havotir uyg‘ongan.

“Bu erda qochqin bo‘lib yurgan, O‘zbekistondan kelgan oilalarning hammasi havotirga tushib qolgan, qo‘rquvga tushib qolishgan. Nima bo‘ladi endi, deb. Ishongani Turkiya. Turkiyaga ishonib kelishgan, endi u ham Rossiya yo Qozog‘istonga o‘xshab bizni topshirvorsa nima bo‘ladi, deb havotirga tushib qolishdi”, – deydi o‘z ismi oshkor etilmasligini so‘ragan qochqin.

Uning aytishicha, hibsga olinganlardan biri unga O‘zbekistondan maxsus ro‘yxat kelib tushganini va bu ro‘yxatda O‘zbekistondan qochib yurgan shaxslar ismlari bitilganini bildirgan.

U shu davrgacha Turkiya politsiyasi va migratsiya hizmatlari bu kabi ommaviy ravishdagi hibsga olish yo deportatsiya harakatlarini amalga oshirmaganlar.

Suhbatdoshning bildirishicha, Turkiyadagi qochqinlar orasida bu O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro sovuq aloqalarni ilitish yo‘lida qilinayotgan amal bo‘lishi mumkin degan farazlar tarqagan.

“Yaqinda o‘tgan bir iftorlikda bu erdagi O‘zbekiston elchisi Ulfat Qodirov Prezident Karimov Turkiyaga yo‘llagan maktubini o‘qib eshittirdi. Unda Turkiya hukumatiga maqtov va tabriklar yangradi. Bu ko‘p yillardan beri bo‘lmagan narsa. Biz uchun bu bir sensatsiyadek bo‘ldi”, – deydi qochqin.

Uning ma’lum qilishicha, hodisaning qiziq joyi shuki, hibsga olinganlarning hech biri Nurchilikka a’zolikda ayblangan shaxslar emas.

Hibsga olinganlarni shaxsan taniydigan suhbatdosh ularning aksari boshqa diniy oqimlarga aloqadorlikda shubhalanishi, biroq talaba Shokir o‘tmishda hech qanday diniy oqimlarga a’zolikda ko‘rilmaganini aytadi.

Turkiyada qator inson haqlari tashkilotlari hozirda o‘zbekistonlik qochqinlarni ozod qilinishi yo‘lida targ‘ibot ishlarini boshlashgan va Turkiya davlat vazirlariga murojaatlar bilan chiqqanlar.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2012/08/120819_turkey_deportation.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: