New Europe: Nazarboev rejimi kuzda qulaydi! – uzxalqharakati.com


Chorshanba, Avgust 1st, 2012

“Nazarboev uchun “Magnitskiy akt”ini qo‘llash, uning rejimini Qaddofiy stsenariysi bo‘yicha qulatadi” degan ajabtovur sarlavha ostida  «New Europe» nomli gazeta bir maqola e’lon qildi.

13 iyul kuni e’lon qilingan ushbu maqolaning borligini kuni kecha bilib qolgan bir necha Qozog‘iston veb-saytlari va gazetalari, maqolada yozilgan gaplarni “sensatsiya” deya baholashdi.

Maqolada aytilishicha, “Bryusselda, o‘tgan yilning dekabr oyida yuz bergan Janao‘zendagi qotilliklar bo‘yicha rezolyutsiyani Evropa parlamenti kun tartibiga qo‘yish bo‘yicha ish olib borayotgan dissidentlar va muxolifat a’zolari ko‘payib bormoqda”.

Yana shu maqolada, guyoki Evropa ittifoqi qonun chiqaruvchi organlarida, “Qozog‘iston prezdenti Nursulton Nazarboev va uning oila a’zolariga viza bermaslik xamda ularning bank xisob raqamlarini muzlatish” imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotganligi ham aytiladi.

«New Europe» o‘zining Bryusseldagi manbaalariga tayanib “Prezidentga yaqin bo‘lgan yuqori lavozimli amaldordar, o‘z boshlarini qutqarish maqsadida, 16 dekabrda Janauzenda namoishga chiqqan qurolsiz kishilarga qarata o‘t ochish buyrug‘ini shaxsan prezidentning o‘zi bergan” deydi.

Gazetada yana Janauzendagi qirg‘inda tirik qolganlarning so‘zlari xam keltiriladi. “Politsiya avtomatlari bilan o‘ldirilganlar soni 800 taga etgan” deb yozadi «New Europe».

«Janauzendagi qonli qirg‘in xaqidagi rezolyutsiyaning Evropa parlamenti tomonidan qabul qilinishga tayyorlanishi, Nazarboev va uning komandasi krizisni engib o‘ta olishi yoki olmasligidan qat’iy nazar tinch yo‘l yoki Qaddofiy rejimi bilan bo‘lgani kabi qulashga tayyor bo‘lgan rejimining so‘nggi kunlari boshlanganidan darak beradi” deyiladi  «New Europe» gazetasininng “Nazarboev uchun “Magnitskiy akt”ini qo‘llash, uning rejimini Qaddofiy stsenariysi bo‘yicha qulatadi” nomli maqolasida.

Nazarboev rejimining ayovsiz tanqidchisi sifatida nom chiqargan jurnalist Guljan Ergalieva uzining http://www.guljan.org saytida  «New Europe» gazetasidagi maqolaga munosabat bildirdi.

Guljanning aytishicha, bu maqolani sensatsiyalar qatoriga qo‘shish mumkin. Birinchidan, deb yozadi jurnalist, Nazarboev xuzurida saroyining sirlarini tarqatuvchilar va unga qarshi xarakat qiladigan shaxslar paydo bo‘libdi. Ikkinchidan esa, Janauzen qirg‘ini qurbonlari daxshatli raqamlarda keltirilgan, uchinchidan, Evropa Qozog‘iston prezidentini taxtdan tushurish bilan shug‘ullanishga boshlabdi.

Biroq negadir xech kim, bu kadar sensatsion bayonotdan so‘ng xam Ostonaga savol tashlamayapti, jaxon ommaviy axborot vositalari Oqo‘rdani qamal xam qilgani yo‘q, Qozig‘istonning o‘zida xam sukunat xukmron  – xech kim bu axborotni bayroq qilib ko‘targani xam yo‘q, yoki g‘azab bilan rad etgani xam yo‘q, deydi yana jurnalist Guljan Ergalieva.

“11 kundan buyon internet olamida suzib yurgan “Nazarboev uchun “Magnitskiy akt”ini qo‘llash, uning rejimini Qaddofiy stsenariysi bo‘yicha qulatadi” nomli sensatsion maqolasi yuzasidan paydo bo‘lgan savollar juda xam jiddiy bo‘lgani bois, biz «New Europe» sayti bilan bog‘lanishga urindik. Biroq, saytda ko‘rsatilgan elektron  manzillarga jo‘natilgan maktublarimizning xammasi qaytib keldi, shuningdek, ko‘rsatilgan telefon raqamlarini terishimiz xam foyda bermadi. Shundan so‘ng biz, «New Europe» nomli nashrning o‘zi bormi yoki yo‘qmi deb o‘ylab qoldik” deb yozdi o‘z saytida jurnalist Guljan Ergalieva..

Haqiqatdan xam juda xam qiziq vaziyat. Maxalliy gazeta yoki saytlarda paydo bo‘lgan Nazarboev xaqidagi tanqidiy chiqishlarga o‘ta toqatsiz bo‘lgan Oqo‘rda nufuzining himoyachilari, Qozog‘iston etakchisi obro‘sini bir pul qiladigan maqolaning Evropa gazetasida paydo bo‘lishini ko‘rib ko‘rmaganga olayapti.  Aslida, ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan bunday ayblovlardan keyin prezident Nazarboevga xalqaro tribunalning qora kursisi naqd bo‘lishi kerak edi.

«New Europe» gazetasida chiqqan maqola faqat qozoq mustaqil nashrlari diqqat markazida turibdi xolos. Rasmiy matbuot xozir bu xaqda munosabat bildirgani yo‘q.

“Sukut alomati rizo”, deydi kulib bir tanish qozoq jurnalisti.

“Demak, g‘arb Qozog‘istonga nisbatan o‘zining qanaqadir rejasiga ega va yaqin oylarda nimadir o‘zgarishi kerak” deydi u.

Ayni paytda esa, Rossiyalik siyosiy taxlilchilar yuqoridagi maqola atrofida munozaralarni boshlab yuborishdi.

Bashoratlari 99,9% darajada to‘g‘ri chiqishi aytilayotgan taniqli rossiyalik tahlilchi, Globalizatsiya va ijtimoiy xarakatlar institutining iqtisodiy tadqiqotlar Markazi raxbari Vasiliy Koltashovning aytishicha, Qozog‘istondagi tuzumning taqdiri shu yilning kuzida xal bo‘ladi va Rossiya Nazarboev xukumatini qutqarish yoki qo‘llash uchun xatto barmog‘ini xam qimirlatmaydi.

“Mening fikrimcha, Qozog‘istondagi rejim butunlay paralich bo‘lguniga qadar Evropa tomoshabin bo‘lib turadi. Nursulton Nazarboevning taxtda qolishi imkoniyatlari oz ekanligini Brayusselda tushunib qolishdi”, – deydi Vasiliy Koltashev.

Taxlilchining fikriga ko‘ra, Nazarboev tinch yo‘l bilan taxtni bo‘shatsa va qandaydir shartga binoan mamlakatdan chiqib ketsa, uning o‘zi va yaqinlarining omon qolishi imkoniyati ko‘proq bo‘lardi. Aks xolda, deydi Vasiliy Koltashev, u uzining rejimining qanday qulayotganini ko‘rishga maxkum bo‘ladi va unda Nazarboev uchun ortga chekinish yo‘llari kesilgan bo‘ladi.

“Uning bugungi do‘stlari  – AQSh va Evropa Ittifoqi – undan birinchilardan bo‘lib yuz o‘girishadi. Rossiya esa Nazarboev xukumatini qutqarish yoki qo‘llash uchun xatto barmog‘ini xam qimirlatmaydi. Rosiyaning o‘zining muammolari etarli va yangi qozoq xukumati bilan effektiv xamkorlikni yo‘lga qo‘yish osonroq” deydi Rossiyalik siyosiy tahlilchi  Vasiliy Koltashev.

O‘rta Osiyo mintaqasida o‘z ta’sirini saqlashga jon jaxdi bilan urinayotgan Rossiyaning siyosiy taxlilchilari o‘z so‘zlarini shamolga sovurmaydilar…

Demak, tahmin qilish mumkinki, mintaqa mamlakatlari va ularning avtoritar xukumatlarini jiddiy sinovlar kutayapti.

 

Ulug‘bek Xaydarov,

jurnalist,

Vankuver, (Kanada)

 

http://www.uzxalqharakati.com/archives/12331

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: