Archive for August, 2012

21/08/2012

Özbekistan Halk Hareketinin Basın Açıklaması – uzxalqharakati.com

20 Ağustos 2012 Pazartesi

Ölmekte olan rejimle işbirliği tehlikelidir

Son dönemde, jeopolitik gerekçeler sebebiyle -özellikle Afganistan sorunu kaynaklı- ABD ve Avrupa Birliğinin Özbekistan’a yönelik ilgisinin arttığına ve bu ilginin bazı somut uygulamalarla neticelendiğine tanık olmaktayız.

Özetle, Orta Asya’dan sorumlu ABD Dışişleri Bakanı Yardımcısı Robert Blake’in   bölgemizde, hususen Özbekistan’da gerçekleştirdiği diplomatik görüşmeler, aynı şekilde ABD şirketlerinin Kerimov rejiminin köleleriyle milyarlarca dolarlık ekonomik anlaşmalar gündeme geldi.

Bununla ilgili olarak Özbekistan Halk Hareketi, dünya kamuoyunun dikkatini aşağıdaki noktalara yöneltmesi gerektiğini düşünmektedir:

read more »

21/08/2012

O‘zbekiston Xalq Harakatining Matbuot Bildirishi – uzxalqharakati.com

Dushanba, Avgust 20th, 2012

O‘layotgan rejim bilan hamkorlik xavflidir

Keyingi vaqtda geopolitik sabablar tufayli, xususan Afg‘oniston muammosi sabab bo‘lib, AQSh va Ovrupo Ittifoqining O‘zbekistonga nisbatan qiziqishi ortganiga va bu qiziqishning ba’zi amaliy tabdirlar bilan yakunlanganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Jumladan, AQSh Davlat Kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Robert Bleykning mintaqamizda, shu jumladan O‘zbekistonda olib borgan siyosiy muzokaralari, shuningdek AQSh firmalarining Karimov rejimi malaylari bilan ko‘p milliardlik iqtisodiy shartnomalari kun tartibiga keldi.

Ushbu munosabat bilan O‘zbekiston Xalq Harakati dunyo jamoatchiligining e’tiborini quyidagi nuqtalarga qaratishni lozim, deb hisoblaydi:

read more »

19/08/2012

Türkiye Özbek sığınmacıları sınır dışı etmeyi planlıyor – bbc uzbek

19 Ağustos 2012

Türk basınında Özbek sığınmacılar hakkında yayımlanan makale “Bizi ölüme yollamayın.” başlığını taşıyor.

Türk polisi İstanbul şehrinde en az dört Özbekistanlıyı gözaltına aldı ve sınır dışı etmek için özel bir nezarethanede tutuyor.

Bu konuda Türkiye’de yayımlanan gazeteler ve bir dizi internet yayınında haberler yer aldı.

Gözaltına alınanlar arasında yer alan Batır Kadirov (Botir Qodirov – Ботир Қодиров) geçtiğimiz gün tutulduğu nezarethaneden serbest bırakıldı. 13 yıldır  Türkiye’de yaşayan Kadirov 2006 yılında Birleşmiş Milletler mülteci statüsünü  almış.

read more »

19/08/2012

Turkiya o‘zbek qochqinlarini deportatsiya qilishni rejalamoqda – bbc uzbek

19 avgust 2012

Turkiya matbuotida o‘zbek qochqinlari haqida chop qilingan maqola “Bizni o‘limga yo‘llamang” deya nomlanadi.

Turkiya politsiyasi Istanbul shahrida kamida to‘rt o‘zbekistonlikni hibsga olgan va deportatsiya qilish uchun maxsus hibsxonada ushlab turibdi.

Bu haqida Turkiyada chop qilinuvchi gazetalar va qator internet nashrlarida xabar tarqatilgan.

Ular orasida bo‘lgan Botir Qodirov hibsxonadan kuni kecha ozod qilingan. 13 yildan beri Turkiyada yashab keladigan Qodirov 2006 yilda BMTning qochqin maqomini ham olgan.

read more »

16/08/2012

Namangandagi “Isfarxon” savdo markazini qora niqoblilar bosdi – ozodlik.org

Namangan shahri markazidagi “Isfarxon” savdo markazi do‘konlarini 14 avgust kuni avtomatlar bilan qurollangan “qora niqobli”lar yordamida soliqchilar, bojxonachilar bosdi. Tadbirkorlar ayni muborak Ramazon oyida so‘z-so‘roqsiz zir qaqshatilganidan shikoyat qilib, bozordan kamida 30 ta KamAZ mashinalarida tadbirkorlar mollari olib chiqib ketilganini aytishdi.

Bir necha yildan beri bozorlarga reyd uyushtirayotgan “qora niqoblilar” qaysi idoraga doir ekani hamon noma’lum.

Sadriddin Ashur

16.08.2012
Namangan shahri markazidagi “Isfarxon” savdo markazini 14 avgust kuni qora niqoblilar bosgani haqidagi xabarni o‘sha erda savdo qiladigan tadbirkorlardan biri Ozodlikka etkazdi:

– Ulug‘ ayyom kunlarida xalqni qaqshatib ketishdi. 14 avgust ertalab birdaniga “Isfarxon”ga yuz-ko‘zi ko‘rinmaydigan qora niqobli, avtomat bilan qurollangan odamlar bostirib keldi. Ular do‘konlardan xaridorlarni chiqarib yubordi. Keyin soliqchilar, korruptsiya (korruptsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari-tahr.) kirib keldi. Ichkarida faqat do‘kon egalari qoldi, xolos,- deydi ismi sir qolishini so‘ragan tadbirkor.

Uning aytishicha, tadbirkorlarning mollari qaroqchi talaganday olib chiqib ketilgan:

read more »

16/08/2012

 Sanjar Umarov: AQSh O‘zbekistonga bosim qilishi kerak – ozodlik.org

AQShning nufuzli “Los Angeles Times” gazetasi O‘zbekistonlik taniqli muxolifat faoli va sobiq siyosiy mahbus Sanjar Umarovning maqolasini chop etdi.

15.08.2012
“O‘zbekiston bundan yaxshiroq hayotga loyiq” sarlavhali maqola AQSh Davlat kotibi Robert Bleykning O‘zbekistonga safari arafasida e’lon qilindi.

O‘z maqolasida Umarov AQSh O‘zbekistonda inson huquqlari vaziyatini yaxshilash uchun hukumatga bosim qilishi lozimligini ta’kidlagan.

Umarovning yozishicha, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston hukumatidan inson huquqlarini yaxshilash borasida aniq qadamlar talab qilishi kerak.

read more »

13/08/2012

‘Suriya isyoni Yaqin Sharq davlat chegaralarini o‘zgartirishi mumkinmi?’ – bbc uzbek

10 avgust 2012

Suriyadagi kurd faollari Turkiya bilan chegaradagi shahar ustidan nazoratni qo‘lga olganlar.

Suriya boshboshdoqlik girdobiga cho‘mib, parchalanish yoqasiga kelib qolarkan, bundan aksar Kurdlarning yutib qolish imkonlari kuchaymoqda.

Ammo ko‘p millionli kurdlar yashovchi qo‘shni Turkiya voqealar rivojidan chuqur tahlikada.

Suriya aholisining 10% kurdlar. Ular mamlakat shimolida, Turkiya chegaralarida yondosh mintaqalarda yashashadi.

Ozchilik bo‘lsa-da, uzoq yillar Curiyani boshqarib kelayotgan shia alaviy elitasi boshqa sunniy arablar kabi, kurdlarni ham hokimiyatga yaqin yo‘latmagan.

read more »

02/08/2012

New Europe: Nazarboev rejimi kuzda qulaydi! – uzxalqharakati.com

Chorshanba, Avgust 1st, 2012

“Nazarboev uchun “Magnitskiy akt”ini qo‘llash, uning rejimini Qaddofiy stsenariysi bo‘yicha qulatadi” degan ajabtovur sarlavha ostida  «New Europe» nomli gazeta bir maqola e’lon qildi.

13 iyul kuni e’lon qilingan ushbu maqolaning borligini kuni kecha bilib qolgan bir necha Qozog‘iston veb-saytlari va gazetalari, maqolada yozilgan gaplarni “sensatsiya” deya baholashdi.

Maqolada aytilishicha, “Bryusselda, o‘tgan yilning dekabr oyida yuz bergan Janao‘zendagi qotilliklar bo‘yicha rezolyutsiyani Evropa parlamenti kun tartibiga qo‘yish bo‘yicha ish olib borayotgan dissidentlar va muxolifat a’zolari ko‘payib bormoqda”.

read more »

02/08/2012

Özbek halkı özgürlük istiyor – uzxalqharakati.com

30  Temmuz 2012 Pazartesi

ÖHH Kurucular Kurulu üyesi Doktor Namaz Nurmümin’in “Özbek halkı özgürlük istiyor” adlı kitapçığı Türk dilinde neşredildi. Kitapçığın giriş bölümünde Özbekistan hakkında kısa bilgiler ve vatanımızın tarihine ilişkin kısa bir kronoloji yer alıyor.  Daha sonra yazar Özbekistan’ın bağımsızlığına kavuşması ve sonrasında vatanımızda Kerimov diktatörlüğünün kurulmasını kanıtlarıyla ortaya koyuyor. Aynı zamanda kitapçıkta Özbek muhalefetinin ve onun asıl temsilcisi olan Özbekistan Halk Hareketi’nin faaliyetleri, Özbek ve Türk vatanperverlerinin işbirliği hakkında bilgiler veriyor.

Kitapçığa ulaşmak isteyenler aşağıdaki bağlantıyı kullanabilir: 

read more »

02/08/2012

O‘zbek xalqi erkinlik istaydi – uzxalqharakati.com

Dushanba, Iyul’ 30th, 2012

O‘XH Muassislar Majlisining a’zosi Doktor Namoz Normo‘minning ushbu nomdagi kitobchasi turk tilida nashr qilindi. Kitobchaning turkcha ismi “Özbek halkı özgürlük istiyor”, deb ataladi. Ushbu kitobchaning muqaddamasida O‘zbekiston haqida qisqa ma’lumot va vatanimiz tarixiga oid qisqa xronologik ma’lumotlar beriladi. Shundan keyin muallif O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va undan keyin vatanimizda Prezident Karimov diktaturasining o‘rnatilishi bilan turk o‘quvchilarini dalillar asosida tanishtiradi. Shuningdek, kitobchada o‘zbek muxolifatining va uning asosiy kuchi bo‘lgan O‘zbekiston Xalq Harakatining faoliyati, o‘zbek va turk vatanparvarlarining hamkorligi haqida ma’lumotlar berilgan.

Kitobchani ushbu sahifadan yuulab olishingiz mumkin:

read more »