Nahotki…! – uzxalqharakati.com


Juma, Iyul’ 27th, 2012

 

Bugun Turkiyada chiqadigan “Zamon” gazetasida o‘zbek muxoliflarini nahotki, deya hayratlantiradigan “O‘zbekistondan Turkiyaga maqtov” nomli xabar o‘qidik. zaman.com.tr

 

Bu xabarda aytilishicha, Turkiya Jumhuriyati Bosh Vaziri Rejab Toyyib Erdo‘g‘on kuni kecha o‘z mamlakatidagi chel ellik elchilarga iftor ziyofati bergan. Bu ziyofatda O‘zbekistonning Anqaradagi elchisi Ulfat Qodirov ham qatnashgan. Elchi prezident Karimovning ramozon munosabati bilan Bosh Vazir Erdo‘g‘onga tabrik maktubini topshirgan.

 

Ushbu xabarda aytilishicha elchi Qodirov “O‘zbekiston Erdo‘g‘onni hurmat qiladi. Turkiya O‘zbekiston uchun do‘st va birodar o‘lkadir. Turk xalqi O‘zbekiston uchun har zamon birodar bo‘lib qoladi. Turkiya kelajagi porloq davlat bo‘ladi. Chunki Turkiyaning boshida bugungi hukumat bor, bugungi vazirlar bor, bugungi Adolat va Taraqqiyot partiyasi bor. Turkiya ko‘plab o‘lkalarga demokratik davlat qurishda o‘rnak bo‘ldi”, degan.

 

Qizig‘i shundaki, ushbu xabarning boshlanishida “Turkiya bilan diplomatik aloqalarda 10 yilga yaqin uzoq masofada turgan O‘zbekistondan iliq bayonlar keldi, deya ta’kidlangan.

 

Ya’ni, 10 yillik oradan keyin O‘zbekiston va Turkiya munsabatlarida yana iliqlik ko‘rinadimi, degan tabiiy savol va hatto hayratlanish paydo bo‘lishi tabiiydir. Chunki Islom Karimovning Turkiyaga nisbatan nodo‘stona siyosati bu mamlakat jamoatchiligiga yaxshi tanish edi. Masalan, O‘zbekiston hukumatining Turkiyada o‘z muxoliflari borligini bahona qilib, o‘zbek talabalarni vatanlariga majburan chaqirib olishi, Turkiya fuqarolariga viza joriy qilishi, Turkiya bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarga bolta urganligi va hatto O‘zbekistonga sarmoya keltirgan turk ish odamlariga zulm qilib, ularning bir qismini qamoqqa tashlagani hammaga ma’lumdir.

 

Shunday ekan, O‘zbekiston Turkiya munosabatlari qaytadan jonlashini va O‘zbekiston elchisi aytganidek bu ikki davlat “do‘st va birodar o‘lkalar” bo‘lishining shartlari nimalardan iborat bo‘ladi?.

 

Avvalo shuni aytish kerakki, Turkiya Bosh vaziri Toyyib Erdo‘g‘onning “dunyoning qaerida bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z xalqiga zulm qiladigan rahbarlarga qo‘limni uzatmayman”, degan gapi mashhurdir. Boshqa so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, O‘zbekistondagi diktatura rejimi bilan Turkiyadgi muhofazakor demokratiyaning “do‘st va birodar” bo‘lishini tasavvur qilish imkonsiz. Demak, O‘zbekistonning Turkiya fuqarolariga vizani bekor qilishi, turk ish odamlariga O‘zbekistonda faoliyat olib borish uchun normal sharoitlar yaratishi, nohaq qamalgan ish odamlarini ozod qilishi va ularning tortib olingan sarmoyalarini qaytirib berishi, o‘zbek talabalarining Turkiyada o‘qishlari uchun to‘siqlarni olib tashlashi bu ikki mamlakatning“do‘st va birodar” davlatlar bo‘lishining shartlariga kiradi.

 

 

 

Namoz Normo‘min, 27 iyul’ 2012 yil.

 

http://www.uzxalqharakati.com/archives/12193

 

***

 

Özbekistan’dan Türkiye’ye övgü

26.07.2012

 

Türkiye ile diplomatik ilişkilerinde yaklaşık 10 yıldır mesafeli bir politika izleyen Özbekistan’dan sıcak mesajlar gelmeye başladı.

Özbekistan Cumhurbaşkanı İslam Kerimov, Başbakan Recep Tayyip Erdoğan’a Ramazan ayı dolayısıyla tebrik mektubu gönderdi. Bu bilgiyi, AK Parti tarafından hafta başında düzenlenen ‘Geleneksel Yabancı Misyon Şefleri ve Büyükelçiler İftar Yemeği’nde Özbekistan’ın Ankara Büyükelçisi Ulfat Kadirov verdi. Yemekte kıdemli büyükelçi olarak konuşan Kadirov, Özbekistan’ın Erdoğan’a hürmet duyduğunu söyledi. Özbekistan Cumhurbaşkanı İslam Kerimov ve Başbakanı Şevket Mirziyayev’in de Türkiye’nin Ramazan ayını tebrik ettiğini, Kerimov’un Başbakan Erdoğan’a bir mektup gönderdiğini açıkladı. Büyükelçi, “Türkiye, Özbekistan için dost ve kardeş ülkedir. Türk halkı, Özbekistan için her zaman kardeş olacaktır. Biz diplomatlar uzun zamandır Türkiye’de çalışıyoruz ve Türk ekmeği yiyoruz. Burada çalışan her bir diplomat, yüreği açık olsa, Türk halkını sevse gelecekte her şey yolunda olabilir.” dedi. Kardeş halkların daima birlikte olacağını ve birbirini destekleyeceğine inandıklarını aktardı.

TÜRKİYE ÇOK PARLAK ÜLKE OLACAK

Kadirov, konuşmasında ayrıca Türkiye’nin son yıllarda birçok alanda büyük ilerleme kaydettiğine işaret etti. “Türkiye gelecekte çok parlak bir ülke olacak. Çünkü Türkiye’nin başında bugünkü gibi bir hükümet var, bugünkü gibi bakanlar var, bugünkü gibi AK Parti var.” ifadelerini kullandı. Büyükelçi, şöyle devam etti: “Türkiye siyasi, ekonomik ve sosyal alanlarda büyük başarılara ulaştı. Birçok ülke için demokratik bir devlet kurma yolunda örnek oldu. Türkiye hükümetinin, Türkiye Cumhuriyeti nüfuzunun son yıllarda uluslararası arenada giderek artması, ekonomik kalkınması ve halkının refahı için yaptığı işler takdire şayandır. Türk halkının kendi parlak geleceği için özverili ilerlemesi de takdire şayandır. Eminim ki bu konuda birçok diplomat benimle hemfikirdir. Ayrıca ikili ilişkiler geliştirilmesinde azim, itidal ve sabırla çalışan Türk diplomasisine de teşekkür etmek istiyorum. Bunlar sadece protokol sözleri değildir. Bunlar yürekten çıkan sözlerimdir.”

ANKARA ZAMAN

http://www.zaman.com.tr/haber.do?haberno=1323240&keyfield=C3B67A62656B697374616E

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: