Murod Karim: “Rauf Parfi – o‘zbek ruhini qayta tiriltirgan afsonaviy san’atkor” – bbc uzbek


27 iyul 2012

Murod Chovush

Murod Chovushning yozuvchi.uz adabiyotsevarlarning sevimli saytlaridan biriga aylangan

O‘zbekistonlik iqtidorli yozuvchilardan Murod Karim o‘g‘li bbcuzbek.com o‘quvchilari va tinglovchilarimizning savollariga javob berdi.

Murod Karim o‘g‘li 1970 yil 30-yanvarida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan.

O‘zbekiston Milliy Universitetinining o‘zbek tili va adabiyoti kechki bo‘limini 1999 yilda tugatgan.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” va “Yozuvchi” gazetalari hamda “Mushtum” jurnalida ishlagan.

Murod Karim bir yildan buyon yozuvchi.uz saytini bir yil davomida moderatorlik qilib keladi.

Bu vaqt davomida muxlislarga o‘zbek adabiyoti yaratilgan va yaratilayotgan yangi badiiy asarlar bilan tanishtirib bordi.

Murod Chovush taxallusi bilan qalam tebratuvchi Bi-bi-si mehmoni “Hech” va “Qora dengiz” romanlari muallifidir.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi “Daraklar” dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

«Feysbukchi», Farg‘ona: Murod Karimga savolim: nima uchun o‘zbek adabiyotida insonni lol qoldiradigan, jiddiy va dunyoga mashhur asarlar yaratilmayapti?

Murod Karim: Zamonaviy adabiyotda jiddiy asarlar yaratilgan, faqat bundan ko‘plar bexabar. Kitob o‘qish saviyasi keskin tushib ketgan. Yaxshi kitoblar o‘quvchilar qo‘liga etib bormasa kerak. Birgina Rauf Parfi umrining so‘nggi yillaridagi ijodi o‘zbek adabiyotida ulkan voqea, deb o‘ylayman.

Vahob, London: Assalomu alaykum! Murod aka, sizga savolim quyidagicha: o‘zbek adabiyoti madhiya va marsiyaga to‘lib ketmadimikan?

Murod Karim: Navoiy asarlarida madhlar uchrab turadi. Bu madhiyalar, xususan, menga yoqadi. Ming afsuski, zamonaviy adabiyotda bu kabi madhiyalar hech yaratigan emas. Aytgancha, Rauf Parfida bor, ammo uning uslubiga muvofiq qisqa matn yoki misralarida uchrab qoladi. Lekin juda go‘zal. Rauf Parfining “Abdullajon” marsiyasini faqat o‘qigan ekanman. Lekin boshqa zamonaviy shoirlarda marsiya uchratmaganman. Xullas, zamonaviy o‘zbek adabiyoti madhiya va marsiya bilan to‘lib ketmagan deb bemalol aytishim mumkin.

Shohin, Vankuver: Murod aka, men veb saytingizni ba’zan o‘qib turaman. Unda shoir Rauf Parpi haqida ko‘p maqolalar chop etiladi. Nega? Rauf Parpi sizga yaqin bo‘lganmi?

Murod Karim: To‘g‘ri, yozuvchi.uz (veb sahifasi) deyarli 50% Rauf Parfi ijodi va unga bag‘ishlangan maqolalardan tashkil topgan. Bu mening Rauf Parfi bilan yaqin bo‘lganimdan emas, aksincha, Rauf Parfining “aybi”- uning jiddiy, buyuk, o‘lmas asarlar yaratib ketganligida. Rauf Parfi – o‘zbek ruhini qayta tiriltirgan afsonaviy san’atkor. Birorta kitob do‘konida uning birorta ham kitobi yo‘q. Kimnikida Rauf Parfining kitobi bo‘lsa, u boshqa birovga shu kitobni berishni qizg‘onadi. Nega? Xullas, uning ijodini net orqali tashviq qilish-go‘zal narsa.

Odil, Kesh: Nima uchun romaningiz nomini “Hech” deb nomlagansiz?

Murod Karim: “Hech” nomini Rauf Parfi tanlagan. Men “Hech narsa haqida bu kitob,” – deb ustozga ko‘rsatganman. U: “Bir fransuz shoiri hech narsa haqida yozgan,bu “Hech” bo‘ladi,” – deb keskin aytgan. Keyin bilsam, Rauf akaning “Sukunat” nomli kitobida “Hech narsadan boshlangan dunyo, hech narsani tan olmas go‘yo,” – degan go‘zal misralar bor ekan. O‘shanda, men Rauf akaga “aql” o‘rgatmoqchi bo‘lganman “siz tushunmaysiz,” deb. Shunaqa gaplar.

O‘zbek, O‘zbekiston: Murod Karimga savolim quyidagicha: O‘zbekistonda erkin ijod qilish imkonlari qanchalik?

Murod Karim: Ijod so‘zining o‘zi erkinlik degani. Ishonmasangiz ijod qilib ko‘ring. Faqat, har kim o‘z qobig‘ini tasvirlaydi. Hamma baxtsizlik shundan. Ijod shu qobiqdan erkinlikka chiqish degani bo‘lsa kerak. Tag‘in bilmadim.

Muxlisa, Marg‘ilon: Rauf Parfi tafakkuringizga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

Murod Karim: Rauf Parfi bilan 1993 yil 5-martda tanishganman. Va shu kundan uning ta’siri bo‘lgan. Rauf Parfining boladay beg‘uborligi, oddiyligi mening o‘zimni ichki dunyomga ishonchimni orttirgan. Rauf Parfining so‘zlashuv tili – imo-ishoralar tili edi. U doim shu til bilan atrofdagilarga gapirardi yoki uning o‘zi aytganday: “valdirardi”.

Albatta, Rauf Parfi ta’sir o‘tkazgan. Chunki, Mayxonaning piri Rauf Parfi edi.

Zohidjon, Qo‘qon: Ilk yozgan badiiy asaringiz esingizdami?

Murod Karim: Ilk yozgan badiiy asarim “Hech” kitobi edi. Ungacha yozmaganman. Faqat xayol qilib yurardim: ana-mana, katta bo‘laman yozaman, deb. “Hech” gacha faqat kundalikdagi ehtirosli yozuvlar va uch-to‘rtta ega-kesimi yo‘q she’rlar yozgan ekanman. “Hech” romani bir kunning, – aniqrog‘i yoki mavhumrog‘i – bir daqiqaning mahsuli bo‘lgan.

Sahar, Toshkent:1. Bugungi zamonamiz qahramonini qanday tasvirlagan bo‘lardingiz?

Murod Karim: Zamonamiz qahramonini qanday tasvirlashni bilganimda edi… Shunday tasvirlardim. Har qanday yozuvchi faqat o‘zini tasvirlaydi. Hatto boshqa real shaxslar haqida yozganida ham, faqat o‘zini yozgan bo‘ladi. (Rassom bir binoni yoki manzarani chizgan bo‘lsa ham, baribir o‘zini chizgan bo‘ladi.) Men esa, afsuski, qahramon emasman. Juda qo‘rqoq odamman – yozishdan qo‘rqaman.

2) Zamonamiz yoshlari orasida o‘qishga bo‘lgan qiziqishning kamayib borayotganini nima bilan izohlagan bo‘lardingiz?

Murod Karim: Bu savolning javobi bor-yo‘g‘i bitta so‘z: tashviqot yo‘qligi. Bunga esa faqat adabiyot sohasidagilar aybdor. Ular adabiyotga siyosat yoki jamiyat ko‘zi bilan qaraydigan bo‘lishdi. Adabiyotni koinotdan ajratib olib jamiyat hayotiga tiqishdi. Natijada faqat “aql” o‘rgatadigan kitoblar do‘konlarga tiqilib ketdi. Yoshlarga esa bunday narsalar, ishoning, mutlaqo kerakmas. Ularga ichki dunyolarini tasvirlaydigan kitoblar kerakligini kattalar tushunib etishmadi.

“O‘quvchi”, London:Bugun o‘zbek adabiyotida Abdulla Qodiriy yoki Abdulla Qahhorning o‘rnini to‘ldira oladigan kim bor?

Murod Karim: Abdulla Qahhorning o‘rnini to‘ldiradigan yozuvchilar juda ko‘p. Chunki ko‘p yozuvchilar uning shogirdlari hisoblanishadi. Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyotidagi uzviylikni modern ko‘rinishda davom ettirgan shaxs. U va boshqalar otilgandan keyin bu uzviylik to‘xtab qolgan edi. Qodiriy va Cho‘lponning nasriy asarlar yozishida konkret maqsad bor edi. (Ammo aniq bilaman,bu asarlar bu ikki dahoning o‘zlariga yoqmagan. She’rlari bundan mustasno.) Shuningdek, Fitrat ham. Bu uchlik uch yo‘nalishda bir maqsad tomon intilgan edi. Va maqsadga etishdi. Qodiriyning o‘rnini o‘zidan boshqa hech kim to‘ldira olmaydi. Ammo uning o‘zi orzu qilgan nasriy asarlarni endi yoshlar yozyapti. Chunki shunday asarlar kurtak yozyapti. Isajon Sulton va Bahodir Qobulni misol keltirgan bo‘lardim.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2012/07/120723_cy_talkinpoint_murod_chovush.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: