O‘ZBEKISTON XALQ HARAKATI 2- QURULTOYI QARORI – uzxalqharakati.com


Shanba, Iyun’ 30th, 2012

O‘zbekistondagi mavjud siyosiy  tuzum dunyoda eng mustabid rejimlardan bittasi bo‘lib qolmoqda, inson haqlarini buzish va o‘zgacha fikrlovchilarni qiynoqqa solish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashda davom etmoqda.

Baynalminal sivil tashkilotlarning noroziliklariga qaramay,  bu qattol rejimning demokratik G‘arb tarafidan hech bir shartsiz qo‘llab-quvvatlanishi insonlarda taajjub uyg‘otmoqda. Bu vaziyatda, biz o‘zbek muxolifati vakillarining o‘z kuchimizga, xalqimizning ko‘magigagina ishonishdan boshqa choramiz yo‘q.

Bu tengsiz va omonsiz kurashda biz shu ustivorliklarni old planga chiqardik:

1. Targ‘ibot vositalarida yangi, effektiv uslublarni kengroq qo‘llash.

2. O‘XH ni O‘zbekiston xalqiga tanitish harakatini yana-da kengaytirish lozim. Harakatning yaxlitligi va maqsadlarini teranlashtirish zarur: hukumat targ‘ib etayotgan tug‘ilishni cheklash kabi g‘ayrimilliy siyosatni xalqqa tushuntirish, bolalarning majburiy mehnati, jinoyatlarni yashirish, korruptsiya va poraxo‘rlikni rag‘batlantirish kabi rejim tabiatidan kelib chiqayotgan illatlarni ayovsiz fosh qilish,

3. Talabalar va armiyadagi askar yoshlar o‘rtasida tashviqotni oshirish;

4. Bugungi kunda buning hech kanday imkoni bo‘lishiga qaramasdan, xorijdagi muxolifat liderlarining oqlanib, vatanga qaytishlari uchun huquqiy  zamin yaratish yo‘lida rejali ish boshlash. Bu ishga xalqaro huquq tashkilotlarini jalb qilish, advokatlarni da’vat etish. Bu bilan O‘XHning O‘zbekistonda qonunan tan olinishiga, legalizatsiyasiga zamin yaratish.

6. O‘zbekistondagi siyosiy va ijtimoiy ahvolning real manzarasini muhokama qilish  uchun mutaraqqiy davlatlar bilan maslahat saviyasida aloqalar o‘rnatish. O‘zbekistondagi ahvoldan dunyo davlatlarini muntazam xabardor qilib turishni ustun saviyada tashkil qilish.

7. O‘XH  O‘zbekistondagi mavjud rejimning daf’atan yiqilishiga va hatto buning oqibatida kelib chiqadigan katta xaos ehtimoliga ham tayyor turish. Bu ehtimol ustida ishlaydigan va uni tahlil kiladigan tadqiqot  va tahlil bo‘limini ochish.

Muhtaram birodarlar,

Bizning ishimiz 100 metrga chopish musobaqasi emas. Biz siz bilan uzun yo‘lga chiqdik. Bu yo‘lda sabrlilar, matonatlilar va Yaratganning takdiriga inonganlargina g‘olib bo‘lajak.

Biz nihoiy g‘alabamizdan aminmiz, chunki bizning yo‘limiz chindan ham  ezgu maqsadlarga yo‘g‘rilgan Haq yo‘ldir, maqsadimiz olijanob – xalqimizni zulmdan ozod etishdir.

Chunki xalqimiz mazlumdir, biz siz bilan mazlumlarmiz. Alloh mazlumlar bilandir. Toki biz oliyjanob maqsadimizga sodiq ekanmiz, toki niyatlarimiz toza ekan, hech shubha yo‘q-ki Alloh biz bilandir!

Praga

29.06.2012

http://www.uzxalqharakati.com/archives/11423

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: