O‘zbekiston: Islomiy to‘ylar nega mas’ullarning ‘g‘ashlariga tegmoqda’? – bbc uzbek


4 iyul 2012

O‘zbekistondagi “Ekspert” Ishchi guruhining bildirishicha, mamlakatda so‘nggi yillarda ommalashib borayotgan islomiy to‘ylar egalari darhol huquq-tartibot idoralarining diqqat e’tiborlariga tushmoqda.

Mahalliy xavfsizlik xizmati va huquq-tartibot idoralari xodimlari islomiy to‘ylar ortidanoq, oilalarga tashrif buyurib, yosh kelin-kuyov va ularning ota-onalari bilan profilaktika ishlari olib borishmoqda.

Ulardan nega islomiy to‘y o‘tkazishga qaror qilishgani sabablarini so‘rab, ayrim hollarda tushuntirish xatlari ham yozib olishmoqda ekan.

“Ekspert” Ishchi guruhining o‘zlariga kelib tushgan ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, joylarda buning uchun, hattoki, mahalliy xavfsizlik xizmatlari, huquq-tartibot idoralari, hokimiyat va mahalla qo‘mitalari vakillari ishtirokida maxsus hay’atlar ham tuzilgan.

Ayon bo‘lishicha, ushbu hay’atning vazifasiga O‘zbekistonga dindor bo‘lib qaytayotgan(besh vaqt namoz o‘qib, soqol qo‘yib, yaqinlari ham islomiy hayot tarziga undayotgan) mehnat muhojirlarini ro‘yxatga olish kiradi.

Ushbu ro‘yxatga tushgan odamlarning alohida nazorat ostida bo‘lishlari shundoq ham tushunarli, deydi guruh:

Mehnat muhojirligi va ommaviy to‘ylar

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning ko‘plab mintaqalari, jumladan, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida islomiy to‘ylarning ommalashib borayotgani kuzatiladi.

Bu kabi to‘ylar dabdabali dunyoviylaridan farq qilib, dasturxonga spirtli ichimliklar tortilmaydi, xonanda va sozandalar bo‘lmaydi, mehmonlar kam sonda bo‘lib, ayollar va erkaklar alohida-alohida o‘tirishadi.

“Ekspert” Ishchi guruhiga ko‘ra, bu kabi to‘y tashabbuskorlari, asosan, Rossiya va Qozog‘istonda ishlab qaytayotgan mehnat muhojirlaridir.

Guruh rahbari Suhrob Ismoilovning aytishicha, Rossiya va Qozog‘istonga borgach, o‘zbekistonlik yosh mehnat muhojirlarining nisbatan kuchliroq diniy erkinlik va yana boshqa turli omillar ta’sirida islomiy e’tiqodlari yanada mustahkamlanadi.

Bundan tashqari, kamchiqimliligi bois ham, islomiy to‘ylar bugun aholi muayyan qatlami orasida ommalashib borayotgan ekan.

“Boyi ham, kambag‘ali ham bir-biridan qolishmaslikka urinib, dabdabali to‘ylar o‘tkazishga havas qo‘ygan mamlakatda islomiy to‘ylar dunyoviylariga qaraganda, anchayin arzon tushadi. Aksariyat oilalar esa, to‘y o‘tkazishda “boshqalardan qolishmaslik uchun” yillar davomida quruq suv va nonga qanoat qilib yashashadi”, deydi Suhrob Ismoilov.

Unga ko‘ra, “Nima bo‘lgan taqdirda ham, to‘ylari va yoki boshqa shaxsiy marosimlari qanday o‘tkazish masalasida odamlar erkin bo‘lishlari lozim”.

“Agar tendentsiya bunaqa ketadigan bo‘lsa, aynan diniy sabablar tufayli O‘zbekistonni tashlab ketishga ishtiyoqmand oilalar, iqtisodiy faktorlar bilan qo‘shib hisoblaganda, ancha ko‘payib qolishi mumkin. Hozirgi paytda bu ma’murlarni cho‘chitmayapti. Chunki hukumat shunaqa yo‘l bilan bo‘lsa ham, o‘zlari radikal, deb hisoblaydigan odamlardan qutulmoqchi. Lekin kelajakni o‘ylab gapiradigan bo‘lsak, bu – O‘zbekiston uchun juda xavfli holat”, deydi “Ekspert” Ishchi guruhi rahbari.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2012/07/120704_cy_uzbekistan_islamic_wedding.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: