O‘zbek muxolifati Islom Karimovni ag‘darish rejasida sobitqadam – bbc uzbek


Sirojiddin Islom,

Bi-bi-si, Praga

30 iyun 2012

O‘zbekiston Xalq Harakati etti bobdan iborat rejani ishlab chiqdi.

Chexiya poytaxtida o‘zining ikkinchi qurultoyini o‘tkazayotgan O‘zbekiston Xalq Harakati (O‘XH) O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov hukumatiga qarshi kurash rejasini ishlab chiqqan.

Harakat faollari va kuzatuvchilar doxil 50 nafar kishi ishtirok etayotgan qurultoyda qabul qilingan ushbu reja etti banddan iborat.

Ularda O‘XHni O‘zbekiston xalqiga tanitish harakatlarini “yanada kengaytirish”dan tortib Karimov hukumatining “da’fatan yiqilishiga va hatto buning oqibatida kelib chiqadigan katta xaos ehtimoliga tayyor turish” zarurati qayd etiladi.

Bandlarda, shuningdek, “talabalar va armiyadagi askar yoshlar o‘rtasida tashviqotni oshirish” lozimligi ta’kidlangan.

Asosan xorijda yashayotgan muxolifatning bir necha guruhini o‘zida birlashtirgan O‘XH o‘tgan yil Berlinda ta’sis etilgan edi.

Praga qurultoyi ishtirokchilari qizg‘in bahslar ortidan O‘XHning o‘zgartirilgan nizomini tasdiqladilar.

Ammo, harakatning nihoiy maqsadi o‘zgargani yo‘q. U ham bo‘lsa, “O‘zbekistonda mavjud siyosiy tuzumni ag‘darish va erkin, huquqiy, adolatli fuqaroviy jamiyat o‘rnatish”.

Qurultoy tashkilotchilari tarqatgan bayonotda “Dunyoda eng mustabid rejimlardan bittasi bo‘lib qolayotgan O‘zbekistondagi tuzumning G‘arb tarafidan hech bir shartsiz qo‘llab-quvvatlayotganishi insonlarda taajjub uyg‘otmoqda. Bu vaziyatda biz o‘zbek muxolifati vakillarining o‘z kuchimizga, xalqimizning ko‘magigagina ishonishdan boshqa choramiz yo‘q”, deyiladi.

Qurultoyda chiqish qilgan O‘XH rahbari Muhammad Solih harakat maqsadiga erishish oson bo‘lmasligini aytdi.

“Bizning ishimiz 100 metrga chopish musobaqasi emas. Biz siz bilan uzoq yo‘lga chiqdik,” – dedi Muhammad Solih. – “Bu yo‘lda sabrlilar, matonatlilar va Yaratgannning taqdiriga ishonganlargina g‘olib bo‘lajak.”

Qurultoyning ikkinchi kunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazish rejalangan.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2012/06/120630_cy_prague_opposition.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: