‘MXX Muhammad Solih bilan aloqalari uchun insonlarni qiynoqqa solmoqda’ – bbc uzbek


4 iyul 2012

Toshkentda O‘zbekiston Xalq harakati varaqalarini tarqatish

So‘roqqa tutilganlar Toshkent shahrida varaqa tarqatishda ayblanib hibsga olinganlar.

O‘zbekistondagi norasmiy Inson huquqlari himoyachilari alyansiga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmatining Toshkent bo‘limi erto‘lasida uch shaxs muxolifat rahbari Muxammad Solih bilan aloqalari yuzasidan so‘roqqa tutilmoqda.

Xabarda aytilishicha, avvalroq hibsga olingan Abdurasul Mamarahimov xamda Jamoliddin Abdurahmonovlar o‘tmishda “Ozod dehqonlar” muxolifat partiyasi faoli bo‘lgan Nigora Hidoyatovaga qarshi ko‘rsatma berishga majburlangan.

Nigora Hidoyatovaning Bi-bi-siga aytishicha, hibsga olinganlardan biri 2010 yili Hidoyatova xonim va Muhammad Solih Turkiyada O‘zbekistonda davlat to‘ntarishini amalga oshirish haqida gaplashganliklariga guvoh bo‘lganini da’vo qilgan.

Nigora Hidoyatovaga ko‘ra, tergovda o‘ziga qarshi ko‘rsatma berganlardan atigi bir nafarini biladi, qolganlarini umrida birinchi marta tergovda ko‘rgan.

O‘zbekiston Xalq harakati rahbari Muhammad Solih Bi-bi-si bilan suhbatda o‘zi va Nigora Hidoyatovaning O‘zbekistonda davlat to‘ntarishi haqidagi gaplashganliklarini qip-qizil yolg‘on deb atadi.

Uning aytishicha, bu gapni aytgan Abdurasul Mamarahimov bilan faqat bir marta taniqli shoir Rauf Parfining kitobini nashr qilish taklifi bilan Turkiyaga kelgan paytida suhbatlashgan, xolos.

Nigora Hidoyatovaning aytishicha, Milliy Xavfsizlik xizmati O‘zbekiston konstitutsion tuzumiga tajovuz qilish bandi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishlarini ko‘rib chiqayapti, o‘zini 18 iyundan guvoh sifatida so‘roqqa chaqirmoqdalar.

Ushbu jinoyat ishidagi ikki kishining O‘zbekiston Xalq harakati a’zolari bo‘lganlari aytilmoqda.

Ular Toshkent shahrida varaqa tarqatishda ayblanib hibsga olinganlar.

Nigora Hidoyatovaga ko‘ra, o‘zi va Muhammad Solihga qarshi ko‘rsatma berishga majburlanayotgan ayblanuvchilar qiynoqlar solingan.

Qiynoqlar oqibatida ayblanuvchilardan birining qulog‘i yaxshi eshitmay qolgan, deydi faol.

“Ular bo‘lmagan ishlarni bo‘ldi, deb ko‘rsatma berishayapti. Xo‘p, ular varaqa ham tarqatishipti, deylik. Bu varaqada nimalar yozilgan? O‘zbekistonda konstitutsion tuzumni ag‘darib xalifat quraylik, degan chaqiriq bormi? Yo‘q. Bu varaqalarda bor-yo‘g‘i hukumat tanqid qilingan. Fuqaroviy bo‘ysunmaslik uchun uyushmalarga birlashishga chaqirilgan. Bu chaqiriq O‘zbekiston konstitutsiyasiga zidmi? Yo‘q. O‘zbekiston konstitutsiyasi 29-bandida har bir fuqaro xohlagan axborotini olish va tarqatish huquqiga ega, deyilgan. Aslida konstitutsiyani ular emas, o‘zining konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan fuqaroni qiynab sog‘lig‘iga shikast etkazayotgan, 10 yilga qamayotgan huquqni muhofaza qilish organlari konstitutsiyani buzishayapti. Men bilan yuzma-yuz qilishganda gumondorlardan birining allaqachon qulog‘i eshitmay qolganini bildim. Shuning uchun ham ular qiynoqlar ostida bu ko‘rsatmalarni berayaptilar, deyishimizga asos bor. Eng muhimi, ular bir-birlarini tanimaydilar, shunaqa bo‘lib chiqayaptiki, ularning hammasi meni taniydi. Men esa hech qanaqa O‘zbekiston Xalq harakatining a’zosi emasman, hozir hech qanaqa siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanayotganim yo‘q”, dedi Bi-bi-si bilan suhbatda Nigora Hidoyatova.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2012/07/120704_cy_nigora_khidoyatova.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: