Muhammad Solih: Qurolli kurash so‘nggi chora – ozodlik.org


“Arab Bahori”dan ilhomlangan bir qancha dunyoviy va islomiy guruhlarni birlashtirgan muxolifatdagi O‘zbekiston xalq harakati O‘zbekiston hukumatiga qarshi kurash yo‘lida so‘nggi chora sifatida kuch ishlatishni oqlashini bayon qildi.

O‘XH raisi Muhammad Solih va muassislar majlisi a’zosi Namoz Normo‘min.

Alisher Siddiq

30.06.2012

Muxolifat lideri Muhammad Solih 29-30 iyun kunlari Chexiya poytaxti Pragada o‘tgan O‘zbekiston Xalq harakati 2-qurultoyida Arab bahori “mustabid tuzumlarga” qarshi faqat tinch yo‘l bilan kurashish lozimligi haqidagi iddaoni inkor qilganini ta’kidladi.

– 22 yil davomida nima qildingiz, degan xoinona dashnomlarga ma’ruz qilayotgan o‘zbek muxolifati ahvolini bir tasavvur qiling. Bu zulmga qarshi tinch yo‘l bilan kurashish imkonsiz ekanini va kutilgan natija bermasligini biz ham ko‘rmayapmizmi? Ko‘ryapmiz. Biz Karimov rejimini zo‘ravonlik bilan ag‘darish niyatimiz yo‘qligini hech qachon isbot qila olmadik. Bizdan hech birimiz bu zulmga qarshi qo‘lga qurol olib kurashish biz uchun halol deb hech qachon o‘rtaga chiqqanimiz yo‘q. Bugun ham o‘rtaga chiqayotganimiz yo‘q. Kuchli va qaqshatqich zarbani Arab bahori berdi. Va bu zarba dunyo zolimlariga qarshi qurolli mujodalani bir onda mashru’ qildi, ya’ni legitim qildi, dedi O‘XH raisi.

Muhammad Solih fikricha, “Arab Bahori” islom va demokratiya bir biridan ayri tushunchalar emasligini ko‘rsatgan. Ayni paytda ushbu muxolif guruh a’zolari o‘zlarining radikal islomiy qarashlardan uzoq ekanini isbotlashga ham urindi.

“Tayanch” madaniy-ma’rifiy jamiyati rahbari sobiq imom va Jasliq qamoqxonasi mahbusi Muhammadsolih Obutov harakatning halifalik o‘rnatish g‘oyalaridan ancha yiroqligini aytdi.

– Biz O‘zbekistonning bugungi mavjud hududini, mavjud konstitutsiyasini, qonunlarini tan olamiz va shu qonunlar asosida O‘zbekistonda yangi adolatli rejim o‘rnatmoqchimiz. Diktator rejimini olib, o‘rniga haqiqiy, konstitutsiya amal qiladigan rejim o‘rnatmoqchimiz. Biz halifat emas, konstitutsiyaviy rejimda yashashni xohlaymiz va shu yo‘lda harakat qiyapmiz, dedi Muhammadsolih Obutov.

Kuzatuvchilar fikricha, qurultoy davomida ilgari surilgan muhim takliflardan biri xorijda O‘zbekiston hukumatiga parallel ravishda amal qiladigan, muxolifat a’zolaridan iborat muqobil hukumatni yaratish taklifidir. Bu fikr anjuman davomida kamida uch marta yangradi. AQShdagi Kolumbiya universitetining Markaziy Osiyo va Kavkaz masalalari bo‘yicha tadqiqotchisi va O‘XH maslahatchisi, professor Piter Sinnott muxolifatning muqobil hukumat sifatida ishlay boshlashi hayot mamot masalasi ekanini ta’kidladi.

– Menimcha, muxolifat o‘zining dunyodagi imidjiga jiddiy yondashmog‘i lozim. Aynan shuning uchun muxolifat muqobil hukumat sifatida amal qila boshlashi muhimdir. Xorijda yashayotgan millionlab O‘zbeklar orasidan muxolifat o‘zi uchun moliya, qishloq xo‘jaligi, bank, ekologiya va boshqa sohalar bo‘yicha mutaxassislarini topishi va muxolifatga jalb etishi kerak. Muxolifat G‘arb davlatlari va o‘z xalqiga davlatni boshqarishga tayyor ekanini isbotlab berishi kerak, deydi professor Sinnott.

Praga qurultoyi O‘zbekiston Xalq harakati ta’sis etilganidan buyon ayni formatda o‘tkazilayotgan ikkinchi uchrashuvdir. Qurultoy davomida harakat rahbari Muhammad Solih moliyaviy sabablar tufayli bunday quriltoylarni har yili emas, o‘ch yilda bir marta o‘tkazishga kelishilganini bildirdi.

“Birinchidan texnik sabablar, ikkinchidan moliyaviy sabablar bizni qurultoyni o‘tkazish muddatini 3 yilga cho‘zishga majbur qildi. 60 ga yaqin odamni to‘plash uchun, bilasiz, juda katta ish qilish kerak”, dedi O‘XH rahbari.

Xalq harakatining 2-qurultoyi Pragadagi besh yulduzli Corinthia Hotel mehmonxonasida o‘tkazilganiga qaramasdan, umuman olganda harakatning moliyaviy ahvoli hozircha ancha sust qolayotgani ko‘rindi. Ushbu muxolif guruhning daromad manbalari hususida Muhammad Solih gapni qisqa qildi:

“Musulmon davlatlari bizga hech narsa berayotgani yo‘q, afsus. Homiymiz – bizni yaratgan Zot. Ikkinchidan, homiyimiz bizning xalqimiz. Manbamizni yana ortiqcha ochiqlashning hech xojati yo‘q menimcha. Hozircha biz mana shu qurultoy o‘tkazishga, 60-70 odamni chaqirishga imkoniyatimiz etyapti va kelajakda imkoniyatlarimiz kengayishiga umid qilib qolamiz.”

http://www.ozodlik.org/content/article/24631161.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: