Oxunov: Solihdan tashqari barcha muxolifatdagilar, – ahmoqlar kemasi – uznews.net


27.04.12

Musavvir Vyacheslav Oxunov, O‘zbekistondagi taqvodor insonlarga tayanib Solih to‘g‘ri qiladi, o‘zbek muxolifatidagi qolganlarning bari – ahmoqlar va kichkina odamlardir, deya hisoblaydi.

Vyacheslav Oxunov gapiradi:

– O‘zbekistondagi rejimga bo‘lgan boshqa o‘zgacha fikrdagilardan farqli, horijda yashayotgan Muhammad Solih, aniq, to‘g‘ri va aqlli taktikani tanlagan.

Mamlakatda bo‘layotgan hodisalarni to‘g‘ri anglab, – ommaning qashshoqlashayotgani, xukumatga va prezidentga ishonmaslik, hafsalaning pir bo‘lgani bois – bir taskin, haqiqatni topish uchun odamlarning gurux bo‘lib dinga kirayotganidan kelib chiqib, Solih o‘z elektoratini taqvodor insonlarda ko‘rib to‘g‘ri qiladi.

Qolgan hamma, “g‘arb demokratiyasi” kabi mavhum tushunchalarga umid bog‘lashmoqda va bu mutlaqo behuda, chunki ushbu demokratiyaga yo‘naltirilgan “rangli” inqiloblar fiaskoga uchrab bo‘ldi.

Masalan, Liviyadagi fuqarolik urushi endilikda kaddafiychilar bilan emas, inqilobchilarning o‘rtasida davom etmoqda. Ayni shunday mojaro Misrda va boshqa mamlakatlarda ham kechmoqda.

Biroq Sharqda hozir birlamchi qadriyatlarga – dinga qaytish yuz bermoqda. Ruslar uchun pravoslav nasroniyligi, protestantlik – amerikaliklar uchun, Sharq uchun esa – islomning bo‘lishi tabiiy.

Buni anglamasdan turib, Solihning muxoliflari yutqazishdi, endi esa uning haqligini tushunganlaridan keyin, battar g‘ashlari kelmoqda.

Solihdan tashqari, O‘zbekistondagi butun muxolifat – bir kema ahmoqlardir, ularning o‘tirgan joylarida qiladigan ishlari, qayoqqa suzish va nima qilish haqida bahs qilishdan iborat.”

Vyacheslav Oxunov

Endi ular shantaj bilan shug‘ullana boshlashdi, Solihni u qilmagan qilmishlarda ayblay boshlashdi. Ular “g‘irrom karta” bilan o‘ynashga o‘tib olishdi, bu albatta chirkin bir o‘yindir.

O‘z “protestantlarimiz” saytlariga boqarkanman, AQShda, Shvetsiyada, Frantsiyada va Germaniyada o‘tirgan go‘yoki mustaqil muxbirlar, menda shunchaki qandaydir mavhum bir to‘da taasurotini qoldiradi.

Solih zo‘r, munozara chaqiriqlariga e’tibor bermasdan u mutlaqo to‘g‘ri qildi, – bu go‘yo filga qarshi kuchukchani qo‘yish bilan teng. Gap kuchlar tengligida ham emas, balki intellekt darajasida.

Solihdan tashqari, O‘zbekistondagi butun muxolifat – bir kema ahmoqlardir, ularning o‘tirgan joylarida qiladigan ishlari, qayoqqa suzish va nima qilish haqida bahs qilishdan iborat xolos.

Shuning uchun Solih: menga ahmoqlar kemasi kerak emas, men u erda bo‘lishni istamayman, u erning o‘z kapitani, o‘z darg‘asi va boshqalari bor, mening joyim esa – islomda, e’tiqodda, demoqda.

Va u o‘z liniyasini, aytish kerakki, katta muvaffaqiyat bilan olib bormoqda. U hozir Islom karimovga yagona raqobatchi, va uning xalq orasidagi ommaviyligi ancha yuqori darajada.

Yaqinda men, masjiddan chiqib kelayotgan 18 yoshli bir yigitdan so‘radim: «Siz Muhammad Solihni bilasizmi?» deb. U menga, albatta bilishini, uning qanday kitoblar yozganini aytib javob berdi.

Men bu yigit shunday bilimdon bo‘lsa kerak, deya boshqasidan so‘radim – u ham Solih to‘g‘risida eshitgan ekan. Bu mening uyim oldidagi machitda bo‘lgan edi. Men boshqa bir mahallaga borib so‘radim, – hamma biladi!

Buning ustiga, u haqda ehtirom bilan, o‘ta aqlli inson sifatida qadrlab, xudoga shukrki, o‘zbeklar orasida shunday odam bor deya, gapirishadi.

Agar bu odamlardan, Temur Po‘latov, Po‘lat Oxunov, Baxodir Choriev kim deb so‘rasa – hech kim ularni tanimaydi. Mana bu so‘rov tekshiruvi ko‘p narsani anglatadi.

Ayni paytda ayrim muxolifatchilar har qanday yo‘l bilan bo‘lsin hokimiyatni o‘zgartirishga intilishmoqda, urush ochish bilan bo‘lsin – bu mutlaqo noto‘g‘ri.

Bizning davrimizda har qanday urush mamlakat uchun, uning mustaqilligi uchun xatarlidir – bundan shu zahoti Rossiya foydalanib qoladi, u O‘zbekistonni o‘z mustamlakasiga aylantirib olish uchun hamma ishni qiladi. Biroq aksariyat muxolifatchilar aynan Rossiyaga umid bog‘lashayapti, go‘yo katta dodalari kelib hammasini hal qiladi…

Men muxolifatchilar bilan konstruktiv dialog olib borilmaganini ulkan kamchilik deb bilaman.

Garchi bu olib borilmaydi ham, chunki ular orasida, bizning hukumatimizdagi holat kabi, intellektuallar, aqlli odamlar yo‘q, millatning kasofati shundaki, respublikada xalq ergashadigan shaxslar yo‘q.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=hot&cid=30&nid=19646

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: