O‘zbekiston va Turkiya xavfsizlik sohasida hamkorlikka kelishib oldi – ozodlik.org


25.02.2012

Turkiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (TIKA) Turkiya va O‘zbekiston xavfsizlik sohasida hamkorlikka kelishib olganini ma’lum qildi.

24 fevral kuni e’lon qilingan bayonotda 2011 yilda O‘zbekiston xavfsizlik xodimlariga to‘rtta trening o‘tkazilgani va O‘zbekiston buni yuqori baxolagani ma’lum qilingan.

O‘zbekiston tomoni 2012 yilda ham shu kabi trening o‘tkazilishini taklif qilgan.

Bayonotda O‘zbekiston xavfsizlik xodimlariga treninglar Turkiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi va Turkiya politsiyasi tomonidan uyushtirilishi bildirilgan.

Turkiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Turkiya Bosh vaziri idorasi huzurida 1992 yilda tashkil qilingan.

Bundan maqsad tashkilot loyihalari va dasturlari orqali rivojlanayotgan davlatlarga texnik yordam ko‘rsatish hamda ular bilan iqtisodiy, savdo, texnika, madaniyat, maorif va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

 

http://www.ozodlik.org/archive/News/20120225/402/850.html?id=24495797

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: