O‘zbekistonda turk seriallari namoyishi to‘xtatildi – ozodlik.org


Ikki kundirki O‘zbekiston telekanallarida turk seriallarini namoyish qilish to‘xtatib qo‘yildi.

23.02.2012

22 fevraldan O‘zbekistondagi Yoshlar telekanalida namoyish etilayotgan “Kelin”, NTT kanalida davom etayotgan “Muhabbat simfoniyasi”  hamda “TV Markaz”da qo‘yilayotgan “Ajralsak-da birgamiz” nomli turk seriallari efirdan olib tashlandi.

Bu haqda Ozodlikka serial ko‘rishga odatlangan toshkentlik uy bekalaridan biri ma’lum qildi.

– Bir kunda uchta kanaldan bitta-bittadan uchta serial bo‘lardi. Yoshlar telekanalidan “Kelin” serialini har kun soat 19.30da berardi. Keyin TV Markazdan “Ajralsak-da birgamiz”, NTT kanalidan “Muhabbat simfoniyasi” degan seriallarni ko‘rib borardik. Ikki kundan buyon ko‘rmay qoldik. Hayron qoldik bizlar ham. Har kun o‘rganib qolgan edik seriallarga. Uchalasini ham ikki kundan beri bermayapti. Har kun ertalab NTT kanalidan “Muhabbat simfoniyasi” degan serialni ko‘rib borardik. Har kun qarayman ikki kundan beri yo‘q,- deydi ismini aytmagan toshkentlik uy bekasi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining rasmiy saytidagi ko‘rsatuvlar dasturida 23 fevral kuni soat 19:30 da “Yoshlar” telekanalida “Kelin” turk seriali namoyish qilinishi yozilgan.

Biroq ikki kundirki bu vaqtda mahalliy kinochilar tomonidan suratga olingan “Zebuzar” filmi bo‘limlarga bo‘lib, namoyish qilinmoqda.

Toshkentlik Rasulbekka ko‘ra, “Yoshlar” telekanalida “Kelin” serialining namoyishi to‘xtatilishi texnik nosozlik bilan izohlangan.

– Kechadan to‘xtatdi. Texnik nosozlik sababli to‘xtatamiz, dedi. Kechadan o‘zbek serialini qo‘yishni boshladi. O‘zbekiston serialini berayapti “Zebuzar” degan. Chet elga qul qilib sotilgan ayollar to‘g‘risida. 15-20 minut qilib bo‘lib-bo‘lib qo‘yayaptida,- deydi Rasulbek.

“Yoshlar” telekanali rahbariyatidan turk serialining to‘xtatilishi sabablarini oydinlashtirish imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga yaqin manbaning o‘z ismini oshkor qilmagan holda aytishicha, turk kino ijodkorlari tomonidan tayyorlangan mazkur seriallar personajlari xarakterida “isyonkorlik ruhi mavjud va ayrim sahnalar beparda, milliy mentalitetimizga xos bo‘lmagan” uslublarda olingani uchun filmlar namoyishi to‘xtatilgan.

Mustaqil manbalar esa umuman turk seriallari namoyishining to‘xtatilishini Turkiya bilan munosabatlar, rasmiy Toshkentning turk dunyosiga qarshi salbiy qarashlari mahsuli o‘laroq baholamoqda.

O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan shu paytga qadar namoyish etib kelingan “Osiyo”, “Arg‘uvonlar ostida”, “Achchiq yolg‘on”, “Zerda”, “Ishkomli uy”, “Kumush” singari turk seriallari o‘z tomoshabinlarini topgan va katta qiziqish bilan kutib olingan.

O‘zbekistonda turk fil’mlari 2000 yilda xam butunlay ekranlardan olib tashlangan, hatto ularning diniy mavzudagi fil’mlari tushirilgan disklarning sotilishi xam taqiqlangan edi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24494006.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: