O‘XH Muassislar Majlisining Bayonoti (Obidxon qori Nazarovga suiqasd to’g’risida)


Rasmiy xabarlarga ko‘ra, shu yilning 22 fevral’ kuni noma’lum shaxs O‘zbekistonlik taniqli ulamo Obidxon qori Nazarovga, u yashab turgan Shvetsiyaning Stromsund shahrida o‘q uzib og‘ir yaralagan.

Obidxon qori Islom Karimov diktaturasiga muxolif imom sifatida tanilgandir. Shuning uchun ham unga Shvetsiya qirolligi siyosiy boshpana bergan edi.

Obidxon qori Harakatimizga a’zo bo‘lmagan, lekin, imom saroy ulamolaridan farqli o‘laroq erkinlik, adolat va haqiqat tarafdori edi va Islom Karimov rejimiga qarshi tanqidiy fikrlari bilan tanilgandi.

O‘tgan yili Karimov rejimi O‘XHning Rusiyadagi vakili Fuad Shokiriyga suiqasd uyushtirdi va uni o‘ldirdi. Harakatimizning xorijdagi a’zolari, ularning O‘zbekistondagi qarindosh urug‘lariga tazyiq va shantaj ikki karra ortdi.

Bu vaziyatda Taniqli ulamo Obidxon qoriga qilingan suiqasdda ham Karimov diktaturasining qo‘li borligi ehtimoli katta deb bilamiz.

Karimovning O‘zbekiston xalqiga va uning haqiqiy farzandlari bo‘lgan O‘XH vakillariga qilayotgan fitna va qotilliklariga qaramay Harakatimiz o‘z faoliyatini yanada kuchaytiradi. Biz o‘z kurashimizni O‘zbekistondagi mustabid rejim tugatilib, uning o‘rniga adolatli va huquqiy fuqarolik jamiyatiga qurilganga qadar davom ettiraveramiz.

Hurmatli Obidxon qoriga Alloh Taolodan shifo, oilasiga sabr matonat tilaymiz. Harakatdagi safdoshlarimizning va xayrixohlarimizning adolat uchun kurashda yanada matonatli bo‘lishlariga da’vat etamiz. Chunki, O‘zbekistonda ishlab turgan zulm mashinasi to‘xtatilmas ekan, bu mashina elning asl farzandlarini birin ketin qurbon etishda davom etaveradi.

O‘XH Muassislar Majlisi

http://www.uzxalqharakati.com/archives/8844

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: