O‘zbekiston Xalq Harakati (O‘XH)ning 1999 yil 16 fevral portlashlari xususida Bayonoti – uzxalqharakati.com


15.02. 2012

1999 yil 16 fevralda Toshkentda bir necha joyida bomba portlatildi. Hali portlash tutunlari tarqamay turib, I. Karimov matbuotda “ Bu ish diniy ekstremistlar uyushtirdi” e’lon deb qildi. Bunday “topag‘onlik” siri keyin ma’lum bo‘ldi. 2003 yili BBC radiosi muxbiriga intervyu bergan siyosiy mahkum Zayniddin Asqarov bu portlashlar MXX soyaboni ostida tayyorlanganligini fosh etdi.

Karimov o‘z hokimiyatini mustahkamlab, muxoliflarini bartaraf qilish uchun bu portlashni amalga oshirdi. Va o‘sha kundan boshlab O‘zbekistonda ommaviy qatag‘onlar boshlandi. Yoppasiga muxolifat vakillari va dindorlar hibsga olina boshladi. Yarim yil ichida “ekstremistik, diniy, terroristik” guruhlarga a’zolikda ayblanib siyosatchilar, dindorlar va huquq himoyachilaridan tashkil topgan 18 ming kishi qamoqqa olindi.

Mamlakatdagi mavjud jazo o‘tash maskanlari qattiq nazorat ostiga olindi. “Jasliq” degan mashhur turma qurildi. Bu erlarda mahbuslarga qarshi qiynoqning yangi usullari ishlab chiqildi.

Qatag‘on mashinasi bugun ham ishlashda davom etmokda. Begunoh qamalgan yuzlab odamlarning turmalardan o‘ligi chiqmoqda.

16 fevral O‘zbekistonning yaqin tarixidagi eng qaro kunlardan biridir.Shu munosabat bilan O‘XH bu kunni “Qatag‘on qurbonlarini xotirlash kuni” deb e’lon qiladi.

Bu kun har yili O‘XH tomonidan Karimov rejimi davrida nohaq qatag‘on qilinganlar xotirlanajak. Bugun O‘XH Qatag‘on qurbonlarining oila a’zolariga o‘z hamdardligi izhor qiladi, ularga Olloxdan rahmat tilaydi. Qatag‘onda ayblanganlar oqlanib, mas’um insonlarga jabr qilganlar mutloqo jazolanajakdir!

O‘zbekiston Xalq Harakati dunyo jamoatchiligini bu vahshiy davlat terrorining to‘xtatilishi uchun tadbir olishga chaqiradi.

 

http://www.uzxalqharakati.com/archives/8553

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: