Johiliyat Adabiyoti – uzxalqharakati.com


“Ey iymon keltirganlar! Albatta, mushriklar najasdirlar (iflosdirlar), bunga shubha yo‘q, bu yillaridan keyin Masjidul Haromga yaqin kelmasinlar.” (Tavba surasi 28)

Mushrik inson ham Allohga ishonadi, ammo unga sherik keltirgan holda ishonadi. Bir mushrik Alloh bordir, deydiyu ammo Uning yagona Ilohligini qabul qilmaydi. Ya’ni, aslida so‘zdagina Allohga ishonishini iddoa qiladi, aslida o‘zining Allohdan boshqa Iloh, deb bilgan narsasiga ergashadi. Va o‘z ilohiga yopishib oladi. Undan yoki ko‘p ilohga ergashgan bo‘lsa, ulardan aslo ayrilgisi kelmaydi…

“Va ular: «Ilohlaringizni (butlaringizni) hech tark qilmanglar va albatta Vaddni ham, Suva’ni ham, Yag‘usni ham, Ya’uqni ham va Nasrni ham tark qilmang», dedilar.” (Nuh surasi 23)

Alloh taolo mana shunday mushriklarni najas, ya’ni iflos insonlar, deya atagandir. Chunki ular avvalo toshlardan yoki boshqa narsalardan o‘zlari yasab olgan ilohlariga (butlariga) bandalik qiladilar. Bu bilan kifoyalanmay ular ifloslikning barcha turlarini amalga oshiradilar: ya’ni aroq ichadilar, zino qiladilar, boshqa insonlarni g‘iybat, tuhmat, adovat, hasad qiladilar…

Mushriklikning eng xavfli turi kishining o‘z havoyi nafsiga ergashib, Allohga taologa ibodat va itoatni tark qilishidir. Bunday kimsalar o‘z havoyi nafsilarini iloh qilib oladilar va unga ergashadilar. Va shu shaklda uning yo‘lini tark qilishni istamaydilar. Bunday iflos insonlarni ularning tinmay shahvoniy mavzularni kun tartibiga keltirishlaridan ham tanib olish mumkin. Ular jinsiy mavzularning “oshig‘i” bo‘ladilar, bu haqda tinmay she’rlar, nasriy asarlar yozadilar, qo‘shiqlar aytadilar. Hatto boshqa ijtimoiy mavzularni ham tilga olmoqchi bo‘lsalar, gapni yana shahvoniy usullar bilan izhor etishga kirishadilar. Ma’lumki shirk johiliyatning asosi hisoblanadi va bunday jamiyatning so‘z o‘yinlariga johiliyat adabiyoti yoki she’riyati ham, deyiladi. Muhammad (sav) payg‘ambar bo‘lib kelganlarida ham johiliyat va uning adbayoti jamiyatda ustun edi. Insonlar so‘z o‘yinida va va bir birlarini nazm va nasr yo‘li bilan masxara qilishda usta edilar. Yuqorida aytilgani kabi bu yo‘lda shahvoniy terimlar, askiyalar, masxaralardan ustalik bilan foydalanishar edi. Bundan avvalgi davrlarda esa Lut (as)ning qavmi o‘zining shahvoniy buzuqligi bilan mashhur edi..

Bunday iflos insonlarni ularning badbo‘y so‘zlaridan va “asarlaridan” tanib olish mumkindir. Ularning holi shu darajada ki, hatto najasliklari ba’zan qiyofalaridan ham ma’lum bo‘ladi. Ulardan ba’zilarining yuzlari tirishgan, sovuq, nigohlari g‘azabli, doimo mamnuniyatsizliklarini ko‘rsatib turadi. Chunki nafslaridagi buzuqlik qalblarini qoraytgani, tosh holiga keltirgani uchun botinlari (ichki dunyolari) zohirlariga (tashqi ko‘rinishlariga) mos bo‘ladi.

Mushriklarning najasliklarini faqatgina Alloh taolo nasib qiladigan hidoyat nuri poklashi mumkindir. Aks holda ular shahvoniy shavvozliklaridan voz kechmaydilar. Bu bilan o‘zlarini abadiy jahannamda yonishga ham tayyorlagan bo‘ladilar. Chunki bular Alloh taolo la’natlagan va ifloslik tamg‘asiga ilohiy taqdir bilan “sazovor” bo‘lgan tuban insonlardir…

 

Yo‘ldosh Abdulla o‘g‘li, 15 fevral’ 2012 yil.

 

http://www.uzxalqharakati.com/archives/8562

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: