Jamshid Muxtorov islomiy guruh tahdidi haqida bilgan – ozodlik.org


chorshanba, fevral 15, 2012

Xalqaro terrorchi tashkilotga ko‘mak berganlik aybi bilan AQShda sudlanayotgan o‘zbek qochqini Jamshid Muxtorov Islomiy jihod ittifoqi Afg‘onistondagi AQSh va NATO qo‘shinlariga tahdid qiluvchi janggari guruh ekani haqda xabari bo‘lganiga iqror bo‘ldi.

15.02.2012

Seshanba kuni Denver shahrida bo‘lgan mahakamada prokuror bu haqda Muxtorov ishini ko‘rib chiqayotgan sud hay’atiga ma’lum qildi.

2007 yilda AQShda boshpana topib, Kolorado shtatining Avrora shaharchasida yashab kelgan 35 yashar Muxtorov AQSh Davlat departamenti terrorchi tashkilot deb tan olgan Islomiy jihod ittifoqiga moddiy yordam ko‘rsatishga uringanlikda ayblanmoqda.

Jamshid Muxtorov 21 yanvar kuni Chikagoning O’Hara xalqaro aeroportida Istanbulga ketayotgan mahal  hibsga olindi.

“Denver Post” gazetasining yozishicha, hibsga olingan payti Muxtorovning yonidan 2800 AQSh dollari, ikkita iPhone, iPad, shuningdek, GPS – navigatsiya jihozi topilgan.

Muxtorov bu ashyolardan nima maqsadda foydalanmoqchi bo‘lgani tergov jarayonida oydinlashadi, dedi tergovchi Greg Hollovi.

Seshanba kungi mahkamada Jamshid Muxtorov o‘ziga qo‘yilayotgan xalqaro terrorchi tashkilotga ko‘mak berganlik ayblarini yana bir bor rad etdi.

Muxtorov o‘zi va oilasini zo‘rg‘a boqayotgan bir paytda qanday qilib terrorizmni qo‘llashi mumkinligini aytgan.

Jamshid Muxtorov ishini ko‘rib chiqayotgan Kolorado shtati Adliya boshqarmasi vakili Jeff Dorshnerning Ozodlikka aytishicha, qo‘lga kiritilgan dalillar o‘zbek qochqinining terrorchi guruhlar bilan aloqasi bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

– Biz qo‘lga kiritgan dalillar  Muxtorovning Islomiy jihod ittifoqiga xayrixoh sifatida okeanosha ular yoniga safar qilib, shu guruh safida jang olib borishga ishtiyoqi bo‘lganini ko‘rsatmoqda,- dedi Dorshner 9 fevral kungi interv’yu chog‘ida.

Biroq, janob Dorsherga ko‘ra, Jamshid Muxtorovning Qo‘shma Shtatlar hududida biror hujumni rejalashtirganiga oid ma’lumot yo‘q.

Muxtorovning rafiqasi mahkama jarayonini ko‘zida milt-milt yosh bilan kuzatib turdi, deb yozdi “Denver post” muxbiri Felisa Kardona.

Lekin Nargiza eriga qo‘yilgan ayblov xususida jurnalistlarga gapirishni istamadi.

Hozirda Muxtorov Englvud shaharchasidagi tergov izolyatorida terrorchilikka gumon qilinayotgan shaxs sifatida alohida kamerada hibsda ushlab turilibdi.

– U tunu-kun kamerada, tashqariga chiqarilmaydi, rafiqasi bilan telefonda ham gaplasha olmaydi,- deya bildirdi Ozodlikka Muxtorovning advokati Rik Uiliamson o‘tgan hafta.

Hozirda Muxtorovning advokatlari mahkumning hibsda ushlab turish sharoitini o‘zgartirish yoki uni garov evaziga qo‘yib yuborilishiga harakat qilishmoqda.

Islomiy Jihod Ittifoqi O‘zbekiston islomiy harakatidan ajralib chiqqan qurolli guruh hisoblanadi. Bu guruh 2004 yilda Toshkentda ro‘y bergan portlashlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan. Shuningdek, 2007 yilda Germaniyada terror hujumlarini amalga oshirishga uringanlikda gumon qilib qo‘lga olingan ikki turkning ham Islomiy jihod ittifoqiga aloqasi bo‘lgani aytilgan edi.

Jamshid Muxtorovni tanigan o‘zbekistonliklar uning Qo‘shma Shtatlarda boshpana olgunga qadar inson huquqlari himoyachisi bo‘lganini aytishadi.

Jamshid Muxtorov hibsga olingunga qadar rafiqasi va qizi bilan Denver shahri yaqinidagi Avrora mintaqasida yashagan va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan.

Aybi isbotlangani taqdirda Muxtorov kamida 15 yilga qamalishi mumkin.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24484839.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: