Archive for February 12th, 2012

12/02/2012

MAQSUD BEKJON: BOG‘LARNING TIKLANISHI – uzxalqharakati.com

Yaqinda O‘zbekistonni kezib chiqqan bir xorijlik odam mamlakatimizdagi qiyin ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy vaziyatga karamasdan odamlarda xokimiyatga nisbatan biron-bir norozilik kayfiyatini kuzatmaganini aytdi. “O‘zbeklar butun bu kiyinchiliklarga biz, angliyaliklar ob-havoning yomon kelganiga qanday qarasak, o‘shanday qarashadi”, deydi xorijlik mehmon xalqimizning kayfiyati haqida.

Afsuski, xalqimizning umum kayfi-holi haqiqatan ham shunday. Odamlarimizning aksariyati mamlakatda gazning, elektrning, qonun-qoidaning, tartib-intizomning, ishning, farovonlikning, halovatning, erkinlikning yo‘qligini hukumat bilan bog‘lamaydi. Ular hukumat tarafidan qilinayotgan butun bu qonunsizlik va zulmlarga tabiatning bir ijiqligiga qaraganday qaraydilar.

read more »

Advertisements
12/02/2012

Tolib Yoqubov: Uzma ko‘ngil torini – uzxalqharakati.com

“Do‘st bo‘lish oson, ani saqlash qiyin,

Uzma ko‘ngil torini – bog‘lash qiyin” (Chustiy)

Men domla Chustiyning sodda, biroq benihoya ma’noli satrlarida nazarda tutilgan insonlar orasidagi munosabatlar naqadar mo‘rt, nozik va bu munosabatlarni asrash o‘ta og‘ir vazifa ekanligi haqida ko‘p o‘ylayman. Shu paytgacha bo‘lgan hayotim davomida eng yaqin do‘stlar, maslakdoshlar arzimagan gap-so‘z tufayli tamoman uzilishib ketganini va hatto bir-birini ko‘rishga ko‘zi yo‘q dushmanga aylanganini talay marta ko‘rganman.

Eng yaqin do‘stlar orasiga ataylab rahna soladigan odamlar ham kam emas. Ularni faqatgina qitmirlik, yo biror narsadan alamzadalik, yoinki birovning buyurtmasi bu iflos yo‘lga undamaydi, balki kutilgan manfaat ham undashi mumkin.

read more »