O‘zbekiston Inson Huquqlari Xalqaro Jamiyati rahbarlari va a’zolarining bayonoti – uzxalqharakati


O‘zbekiston Inson Huquqlari Xalqaro Jamiyati (O‘IHXJ) O‘zbekiston Xalq Harakati (O‘XH) safida qolishi kerak. O‘IHXJ ning prezidenti Hazratqul Xudoyberdievning so‘ng oylar ichida bir necha bayonotlar bergani va bizning tashkilotimizni O‘XH dan olib chiqib ketishiga qilinayotgan urunishlarini maqsadga muvofiq, deb hisoblamaymiz. Ma’lumki, O‘zbekiston Inson Huquqlari Xalqaro Jamiyati siyosiy muxolif partiyalar va harakatlar, shuningdek tashkilotlarni bir maqsad sari birlashtirishga bo‘lgan urinishlarni avval boshidanoq qo‘llab kelgan va bu g‘oyani ilgari surgan tashkilot bo‘lgan. Shu kunlarda Hazratqul Xudoyberdievning e’lon qilayotgan ul’timatumi O‘IHXJ a’zolarining xohish irodasini ifoda etmaydi. Chunonchi, huquqbonlik harakati a’zolari O‘XH safida aktiv faoliyat ko‘rsatayotganligini inobatga olinadigan bo‘linsa, uning harakat safidan chiqishi bu muxolif harakat faoliyatiga nisbatan hurmatsizlik , deya baholanadi. Shundan kelib chiqib, biz quyida imzo chekuvchi O‘IHXJ faollari tashkilotning O‘XH safida qolishini ma’lum qilamiz. O‘IHXJ ning prezidenti Hazratqul Xudoyberdiev bu harakatdan iste’fo bergan bo‘lsa, bu uning shaxsiy qarori va xohishi, deb bilinadi.

Tolib Yoqubov, O‘IHXJ faxriy Prezidenti

To‘lqin Qoraev O‘IHXJ  a’zosi

Abduhamid Po‘latov Vitse prezidenti

Tursunboy O‘tamurodov O‘IHXJ   a’zosi

(Nomi sir tutilgan O‘zbekistondagi vakillar)

  4 fevral’, 2012 yil

http://www.uzxalqharakati.com/archives/7890

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: