Hazratqul Xudoyberdining O‘XHga ul’timatumi – yangidunyo


MXX Rahbariyatining ustomonligi va O‘XH Rahbariyati noshudligi haqida daliliy hujjatlar

Bugungi kunda O‘zb.Xalq Harakatida mas’ul vazifada ishlayotgan jurnalist Ulug‘bek Haydarov haqida Tolib aka Yoqubovning ma’lumotlariga asosan O‘XH Rahbariyatiga birinchi marta ogohlantirish berganimizda quloq solgandek bo‘lishuvdi. Ammo oradan sal o‘tmay bu ogohlantirishga nima sababdandir qo‘l siltashdi va bugun bu odam yana O‘XHning ichida.

Shunga o‘xshash yana 6 odam haqida ogohlantirishlarimiz nayza bilan qabul qilindi va u odamlar hozir O‘XHning Rahbariyatida ham, uning joylardagi mas’ul vazifalarida ham o‘tirishibdi.

Bularning oqibatida O‘XH Rahbariyati o‘z oddiy a’zolari va ayniqsa faollarining hayotini ulkan xavf ostiga qo‘yib faoliyat olib bormoqda. Birodarimiz Fuad Rustamxo‘jaevniing o‘z uyini pod’ezdida vahshiylarcha o‘ldirib ketilishi ham bu noshud rahbarlarni sergaklantirmadi.

Bunday ishlar har qanday jiddiy tashkilot uchun kechirib bo‘lmaydigan holat bo‘lgani uchun ham men O‘XH Rahbariyati bilan bu masalada qattiq tortishuvlarga bordim va nihoyat ular g‘olib kelishdi.

Barcha josuslar va ayg‘oqchilar o‘z o‘rnilarida qolishdi. Bu men uchun chidab bo‘lmas hol bo‘lgani tufayli men O‘XH Rahbariyatidan iste’fo berdim. Mening bu iste’foimdan bir hafta o‘tgach ”Andijon Adolat Tiklanish ” tashkiloti yoppasiga O‘XH saflaridan chiqib ketishdi. Bu tasodifiy hol bo‘lishi ham, yoki ularning qaroriga mening harakatlarim qandaydir o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lishi ham mumkin. Har holda ”Andijon Adolat Tiklanish ” tashkiloti o‘z faollarining hayotini zaruratsiz xavf ostiga qo‘yishni istamadi va juda to‘g‘ri qilishdi.

Men bu erda aynan ”zaruratsiz” degan so‘zga urg‘u berishimni sababi shundaki, har qanday kurash jasurlik va mardlik talab qiladi. Ammo bu jasurlik va mardlik xavfsizlik va hushyorlik qoidalariga rioya qilmasa, u mast bo‘lib ko‘chada o‘tgan ketganlar bilan mushtlashadigan ”qo‘rqmas” to‘polonchining harakatlariga o‘xshab qoladi.

Bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng men faollarimiz oldiga O‘zbekiston Inson Huquqlari Xalqaro Jamiyati O‘XHdan chiqishi kerak degan keskin talabni qo‘ydim.

Ammo ko‘pchilikning orzu tilaklari O‘XH bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, ayrim faollarimizning esa shaxsiy ambitsiyalari ustun kelgani uchun ko‘pchilik meni talablarimni qabul qilmadi. Men demokratik rahbarlik qoidalariga amal qilgan holda ular oldida ham chekindim va Jamiyatimiz vaqtincha ushbu Harakatda qoldi.

Mening O‘XH Rahbariyati oldiga qo‘ygan talablarim naqadar to‘g‘riligini o‘zim aniq bilsamda boshqalarni uni qabul qilishga majburlamadim ham, shoshmadim ham. Insholloh vaqt o‘tishi bilan faollarimiz vaziyatni yaxshiroq tushunib oladilar deb o‘yladim.

Ammo oradan 2 oy o‘tgach O‘XH Rahbariyatidagi inqiroz yanada chuqurlashdi, uning Rahbariyati va saflari yanada zaiflashishda davom etaverdi. Bu men uchun tabiiy hol edi. Har qanday kasalni o‘z vaqtida davolamasang uni yanada kuchayib ketishi barcha farosatli odamlar uchun ayon achchiq haqiqat.

Endi O‘XH Rahbariyatidagi inqirozning asosiy sabablari haqida gapiradigan bo‘lsak ulardan biri bu O‘XH Rahbariyati ichiga nafaqat siyosiy tajribasiz odamlar, balki MXX bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda uning Evropadagi agentlari orqali ishlayotgan odamlar kirib kelishining kuchayganidir.

Shu sababli men Jamiyatimiz uchun ortiqcha bunday insonlar safida qolish bizga ham isnod keltiradi, ham faaollarimiz hayotini xavf ostiga qo‘yadi degan qarorga keldim va keskin, ultimativ formadagi Jamiyat Bayonotini tayyorladim.

Unda, ”agar biz qo‘ygan talablar bajarilmasa O‘zbekiston Inson Huquqlari Xalqaro Jamiyati O‘XH tarkibidan chiqib ketadi” deyilgan.

Bu safar ham Jamiyatimiz faollari menga qarshi chiqishdi.

Masalan, Tolib akaning o‘zlari qanchadan qancha ayg‘oqchilarni fosh qilishda qatnashib kelayotgan bo‘lishlariga qaramasdan, absolyut tushunib bo‘lmas bir o‘jarlik bilan Jamiyat O‘XHda qolishi kerak deb hisoblaydi. Bu bilan faollarimiz hayotini xavf ostiga qo‘yayotganlari haqida nima uchundir o‘ylamayaptilar.

Shu sababdan men yana bir bor demokratik qoidalarga hurmatimni saqlab qolgan holda, so‘nggi marta chekindim va Bayonotni hozircha chop etmaslikka va’da berdim.

Ammo har qanday faoliyatning o‘z mas’ulligi bo‘lishi kerak. Mas’uliyat yo‘q joyda har qanday faoliyat parokandalikka yuz tutishi aniq.

Shuning uchun men bu safar o‘z talablarimni Jamiyatimiz faollari oldida ham keskinroq qo‘yishimga to‘g‘ri keldi. Uning keskinligi shundaki, agar bir oy mo‘hlat ichida O‘XH Rahbariyati bizning Jamiyat qo‘ygan talablarni bajarmasa, biz Harakat saflarini tark etamiz.

Bu davr mobaynida, yuqorida aytilganidek, bu Bayonot chop etilmaydi. Muddat 16 fevralda tugaydi.

Bizning Bayonotdagi asosiy talablar:

a)O‘XH favqulodda qurultoy chaqirishi kerak.

b)Qurultoydan oldin O‘XH Rahbariyati yoppasiga iste’fo berishi kerak.

Faqat ana shu holdagina ushbu yangi Harakat o‘z kasalliklaridan forig‘ bo‘lishi, ma’lum muddat davolanishga majbur bo‘lishi va o‘z faoliyatini qaytadan, sog‘lom va ijobiy ko‘rinishda davom ettira olishi mumkin xolos. O‘zbekiston Xalq Harakatini oyoqqa turg‘izishning boshqacha oddiy yo‘llari afsuski yo‘q.

Quyida O‘XH saflaridagi ayrim josuslarni fosh qiluvchi navbatdagi HUJJAT!

http://yangidunyo.com/?p=626

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: