Endi navbat Ulug‘bek Haydarovgami? – pona


Feb 4th, 2012

Yo‘ldosh Ochilov

Ko‘pchilik bugun dabdurustdan avval O‘XH a’zosi Ulug‘bek Haydarovga bo‘lgan hurujlar va uning “Harakat safidan chiqib turishga” qilgan qarorini o‘qidi. Bunga sabab qilib, Shvetsiyada o‘tirim topgan Hazratqul Xudoyberdining ul’timatumnamo talabi va shu talab atrofidagi iddaolar keltiriladi.

Agar sal diqqat bilan qaralsa, avval “Andijon” tashkiloti faollariga, keyin “Tayanch” tashkiloti rahbari M.Abutovga shunday hurujlar bo‘lgan edi.Ayni hurujlar O‘zbekiston Xalq Harakati yangi pog‘onaga ko‘tarilib, ayrimlarning faoliyati sustlashgan paytda ular o‘rniga yangi kuchlar kelib qo‘shilayotgan paytda amalga oshirilayotganini nazardan soqit qilmaslik kerak, deb o‘ylayman.

Agar “Jasorati uchun” Xalqaro Hellman mukofoti sohibi Ulug‘bek Haydarov bilan solishtirganda, Hazratqul Xudoyberdini alohida katta bir karomat ko‘rsatgan shaxs deb bo‘lmaydi, albatta “Yog‘och ot minib chopish” yoki rejimga qarshi qurollanib kurashga qilgan da’vatlarini hisobga olmasak.

Shvetsiyaga kelib, men ko‘rgan bu shaxsning karomatlari 2007 yili tuzilgan “O‘zbekiston taqdiri bilan shug‘ullanuvchi Doimiy Komissiya”ni, keyinchalik esa 2011 yili O‘IHJ huquqbonlik tashkilotini parokanda qilgani bo‘ldi.

Birinchi kundan boshlab, O‘zbekiston Xalq Harakatining Berlin qurultoyida harakat majlisini g‘alvaning uyasiga aylantirmoqchi bo‘lganlardan biri ekanini aytmasa ham bo‘ladi. Chunki umumiy kvorum asosida o‘tgan majlisda uning chiranishlariga, “sirkasi nozik” yosh bolaning injiqligi deb qaraldi xolos.

Shulardan kelib chiqib, bugun, ayrim holatlarga oydinlik kiritilishi lozim. Eng avvalo, Xazratqul Xudoyberdining o‘zini O‘zbekiston Xalq Harakatidan chiqarib tashlash payti keldi deb o‘ylayman. Bu bilan osmon uzilib erga tushmaydi.

Ulug‘bek Haydarovga kelsak, harakatda qolish qolmaslik uning ixtiyorida. Kurash maydoni keng va tushunishimcha, bu harakat asablari bo‘sh odamlar uchun emas! Gapimning boshida men ikkita misolni “Andijon” va “Tayanch” faollariga qilingan hurujlarni bejiz keltirmadim. “Andijon” harakatni tark etdi, shu bilan uning nomi ham o‘chirildi, “Tayanch” esa biz bilan bir safda qoldi. Men umid qilaman qolganlar bundan o‘z hulosasini chiqaradi.

Yo‘ldosh Ochilov,

O‘zbekiston “Erk” DP faoli

http://tv-fly.net/?p=155

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: