Turkman prezidentining so‘kinishlari YouTubega chiqdi – ozodlik.org


Turkman prezidenti jamoatchilikka asosan kulgan chehrasini ko‘rsatishga urinib kelmoqda.

30.12.2011

Lavhada vazirlarini “haromxo‘r” deb so‘kkan Berdimuhammedov turk tadbirkorlarini “aldamchi, qallob” deb ataydi.

Turkmanistondagi ulkan qurilish loyihalarini amalga oshirib, buning uchun 1 milliard dollarga yaqin pulini ololmay yurgan turk shirkatlari bilan janjal davom etayotgan bir paytda, YouTube videoportalida prezident Qurbonquli Berdimuhammedovning jamoatchilik, ayniqsa xorij jamoatchiligi ko‘ziga atalmagan qiyofasi aks etgan videolavha e’lon qilindi.

2009 yilda Ashxobodni modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik qurilish loyihalari maketi bilan tanishgan Turkmaniston prezidentining bu videoda muhrlangan gap-so‘zlari, hokimiyatga kelganidan beri o‘zini zamonaviy, hatto romantik, hamisha kulib turuvchi, yosh, shijoatli sardor qilib ko‘rsatishga urinayotgan Berdimuhammedovning asl qiyofasini fosh qiladi.

O‘z atrofida churq etmay turgan vazirlariga qo‘lida tayoq bilan dag‘dag‘a qilgan Berdimuhammedov, ularga “sen haromxo‘rlarda kalla yo‘q, tiryak chekib tomlaring ketib qolgan” qabilida yuzlanadi.

Gap orasida Ashxoboddagi qurilish komplekslari uchun ma’sul turk shirkatlarining loyihani o‘z vaqtida tugatmaganidan jahli chiqqan Berdimuhammedov, “turklar qo‘lingdagi pulingni olish uchun ko‘zingga tik qarab, yolg‘on gapiradi” degan bayonotni qiladi.

Kuzatuvchilar taxminicha, YouTubega chiqib ketgan bu video to‘lanmagan 1 milliard dollarini olish maqsadida Ashxobod bilan sudlashishga qaror qilgan turk qurilish shirkatlari tomonidan Berdimuhammedovga berilgan ogohlantiruv signali bo‘lishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, bu bilan ular o‘z qo‘llarida turkman prezidentining xalqaro imidjiga putur etkizadigan “kompromat” borligidan po‘pisa qilayotgan bo‘lishlari mumkin.

Hozircha rasmiy Ashxobod bu videokompromatga munosabat bildirmadi. Ayni paytda  Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi turk shirkatlarining 1 milliardlik qarz da’vosini “uydirma” deb baholab kelmoqda.

Mustaqil kuzatuvchilar, Turkmaniston kabi yopiq davlat rahbarining shundoqqina ko‘z o‘ngida turib yozib olingan videolavhaning YouTubega chiqib ketishi, Internet asrida hatto eng totalitar jamiyatda ham hammani aldash va hamma narsani bekitish imkonsizligini tasdiqlovchi yana bir dalil ekanini aytmoqdalar.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24438258.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: