O‘zbekiston Xalq harakatiga yangi guruhlar qo‘shildi – ozodlik.org


O‘XH muassislarining Stokholmdagi majlisi, 2011 yilning 26 noyabri

27.11.2011

O‘zbekiston Xalq harakati muassislarining 26-27 noyabr kunlari Stokholmda o‘tgan majlisida O‘XHga ikki tashkilotni a’zolikka olish masalasi ko‘rildi.

Bu haqda Ozodlikka O‘zbekiston Xalq harakati Muassislar majlisi a’zosi, tashkilotning Shvetsiya bo‘limi rahbari Muhammadsolih Abutov ma’lum qildi.

Janob Abutovga ko‘ra, Muassislar majlisi O‘zbekiston ichida faoliyat yuritayotgan bir tashkilot (nomi xavfsizlik nuqtai nazaridan oshkor qilinmadi) va Shvetsiyaning Kalmar shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbeklar jamiyati (diasporasi)”ni O‘XHga a’zolikka qabul qilishga qaror qilgan.

Bundan tashqari, majlisda O‘zbekiston ichida O‘XHning tashviqot va targ‘ibot ishlari miqyosini kengaytirish, 8 dekabr kuni tashkilot bo‘limlari tomonidan Norvegiya, Kanada, Turkiya va Bryusselda Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan norozilik namoyishlari o‘tkazish, O‘zbekiston Xalq harakatining yangi bo‘limlari ochish haqida qarorlar olingan.

Ayni paytda Shvetsiya poytaxtida hisobot majlisiga yig‘ilgan O‘XH muassislari, Muhammadsolih Abutovga ko‘ra, tashkilotning yarim yillik faoliyatini qanoatlanarli, deb topganlar.

– Xususan, Gulnora Karimovaning Nyu Yorkdagi Modalar haftasiga qatnasholmay qolishida ham O‘zbekiston Xalq harakatining Amerikadagi bo‘limi o‘tkazgan namoyishlarining ham, albatta, roli bor, deb hisoblaymiz. Bularning hammasi o‘zbek xalqiga bu O‘zbekiston Xalq harakatining ishonarli kuch ekanligini bildirdi, deb o‘ylaymiz,  deydi Muhammadsolih Abutov.

O‘XH Muassislar majlisi a’zosi M. Abutov bilan suhbat

8 dekabr kuni Evropaning bir qancha mamlakatlari va Kanadada o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan namoyishlar haqida gapirar ekan, Abutov bu aktsiyalardan maqsad O‘zbekiston Respublikasida konstitutsiya amalda qo‘llanilmayotganligi, uning oyoqosti bo‘layotganligidan xalqaro jamoatchilikni ogoh qilish ekanini qo‘shimcha qildi.

Yarim yil muqaddam Evropada asos solingan O‘zbekiston Xalq harakati ayni paytda o‘z safida rasmiy Toshkent rejimiga muxolif qarashdagi oltita tashkilotni birlashtirgan.

Ayni paytda, harakatning yana bir a’zosi – “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti shu yilning 17 noyabr kuni O‘XH tarkibidan chiqqanini e’lon qildi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24403689.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: