O‘ZBEKISTON XALQ HARAKATI MUASSISLAR MAJLISINING QARORNOMASI – uzxalqharakati.com


November 26, 2011

26 noyabr’ 2011 yil, Stokgolm

O‘XH tashkil topganiga yarim yil bo‘ldi. Bu qisqa muddat ichida harakatga nisbatan O‘zbekiston ichida va tashqarisidagi vatandoshlarimiz orasida favqulodda katta qiziqish uyg‘ondi. Bundan dahshatga tushgan Islom Karimov rajimi Harakatni parchalash uchun bor imkoniyati bilan ishga tushdi. Va a’zolarimizga va ularning yaqinlariga shantaj, tahdid kabi jirkanch uslublar bilan oramizdan bitta tashkilotni yulib olishga erishdi ham. Ammo, bu bizning yo‘limizning to‘g‘riligiga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamladi.

O‘XH ning xalqimiz ichidagi ta’sirini nafaqat do‘stlarimiz, balki hukumat tarafdorlari ham tan olishga majbur bo‘lmoqdalar. Masalan, hukumatning taniqli laganbardorlaridan biri o‘zining prezident Karimovga maktubida shunday deb yozadi:

“So‘ngi vaqtlarda yoshlarimiz orasida ayniqsa talabalar orasida turli oqimlarga kirib ketayotgan yoki O‘zbekiston Halq Xarakati g‘oyalari ta’siriga tushib kolayotganlar haqida tez tez eshitib kelmoqdamiz.

So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonlik yoshlar ish axtarib borayotgan deyarli barcha davlatlarda O‘zbekiston Xalq Harakati o‘z “vakolatxonalarini” ochib odam yollamoqda ekan. Misol uchun Rossiyada xozirda ular o‘z “idoralarini” ochib o‘sha erdagi O‘zbekistonlik mardikorlar orasida keng “ish olib” borilmoqda. U erdagi yoshlarimizga O‘zbekistonning o‘zida, porloq kelajak “ va’da qilishmoqda. Ular Internet orqali ham xozir O‘zbekistonda mavjud salbiy xolatlarni ro‘kach qilib yoshlarimizni o‘z g‘oyalariga ergashtirishmoqchi bo‘lmoqdalar”

Bu gaplar O‘XHni faoliyatiga raqiblar tomonidan berilgan eng ijobiy baho hisoblanadi.

Harakatning bugungi o‘tgan majlisi quyidagi qarorlarni qabul qildi.

1. O‘XH ning yarim yil davomida ko‘rsatgan faoliyati qanoatlanarli, deb topilsin.

2. O‘zbekiston ichida O‘XH ning tashviqot va targ‘ibot ishlarining miqyosi kengaytirilsin.

3.Harakatga yangi tashkilotlar qabul qilinsin. (Arizalari olingan ikkita tashkilot harakat safiga qabul qilinadigan bo‘ldi).

4. 8 dekabr kuni O‘XH bo‘limlari tomonidan Norvegiya, Kanada, Turkiya va Bryusselda O‘zbekiston Res. Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan norozilik namoyishlari o‘tkazilsin.

5. O‘XH ning yangi bo‘limlari ochilsin.

6. Keyingi Muassislar Majlisi uch oydan keyin o‘tkazilsin.

 

O‘XH Muassislar Majlisi

 

http://uzxalqharakati.com/archives/4169

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: