Mo‘min kishi bir ilonga ikki marta chaqtirmaydi – uzxalqharakati.com


November 18, 2011

Meni Andijon Adolat va Tiklanish tashkilotini Muassislar Majlisiga bildirmasdan O‘XHdan chiqqanini dabdurustdan e’lon qilishi hayron qoldirdi.

Aslida ularni bu tartibda chiqishlari Nizomga xilof ishdir. Xo‘p, gap bundayam emas.

Men ularni ko‘pchiligini taniman. Hammasi namozxon odobli, muomilali yigitlardir. O‘zaro do‘stlik munosabatlarimiz bor edi.

Doim ular haqida haqni gapirishga va yaxshi gumonda bo‘lishga harakat qildim. Va oddiy insoniy munosabatlarda yana shu munosabat saqlanib qoladi degan umiddaman.

Ammo, ularni bu qilgan ishlaridagi xatolarni aytishim kerak deb hisoblayman.

Biz O‘XHni tashkil etayotganda qurultoyda qatnashgan barcha O‘zbekistonliklar vatanimizdagi xalqga nohaq zulm qilayotgan qonunbuzar hukumatni iste’fosini qonuniy asosda nozo‘ravon yo‘llar bilan talab qilib chiqamiz degan maqsadni o‘z oldimizga qo‘ygandik.

 

Bu maqsad mavjud qonunlarga ham va dinimiz talabiga ham mos deb bilardik. Chunki, bir ishni qilish uchun odam albatta bir mafkuraviy asosga tayanadi. O‘g‘ri ham o‘g‘irlikni qilishga o‘ziga yarasha aqidaga asoslanadi.

Biz tayangan asoslar avval to‘g‘ri bo‘lib, hozir o‘zgarib qolgani yo‘q.

Biz to‘g‘ri maqsad sari borarkanmiz u yo‘lda etadigan foyda yoki zarar bizni yo‘limizni xato degan xulosaga olib kelmaydi.

Haqiqiy mo‘minlar faqat Alloh va Uning Rosuliga iymon keltirib, so‘ngra (hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yo‘lida kurashgan zotlardir. Ana o‘shalargina (o‘z iymonlarida) sodiq bo‘lgan zotlardir.

Hujurot surasi 15 oyat

Agar odam o‘z kurash yo‘lini to‘g‘ri belgilab olsa, oyat mazmunidan bilamizki shak shubhaga o‘rin qolmasligi kerak.

Agar odam bir maqsad sari birga kurashga ahd qilsa keyin ahdda turishi uni zimmasida vojib bo‘ladi.

Oyatda keladi;

Ahdga vafo qilinglar. Albatta, ahd mas’ul bo‘lgan ishdir.

Isro 34 oyat.

Agar odam ahd qilib vafo qilmasa yoki qilolmay qolganini aytib uzr so‘ramasa, bu na dinga va na odamgarchilikga to‘g‘ri keladigan ishmas. Bunaqa buyruq bergan odamga itoat vojibmas.

Allohga osiy bo‘ladigan bo‘lsa maxluqga itoat yo‘q degan hadis bor.

Agar bu ish Zolim kimsalarni va’dasiga aldanib qilingan bo‘lsa, unda “Zulm qilganlarga moyil bo‘lmanglar. Yana sizni do‘zax olovi tutmasin. Siz uchun Allohdan o‘zga do‘stlar yo‘q. So‘ngra yordam berilmaysizlar.” Xud 13 oyatini unutmanglar.

Va yana zolimlarga avval ham ishonib chuv tushgan odam yana ishonib qolishi mumkinmi?

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadisi muboraklarida: «Mo‘’min kishi bir teshikdan (ya’ni unda yashirinib yotgan ilon yo chayondan) ikki marta chaqtirmaydi» deganlar.

Bu qilingan ahdda albatta raisga itoat sharti bor edi. Itoat qilinishiga rais saylangandi.

Qani ahd? Qani va’da? Qani do‘stlarga safdoshlarga hurmat?

(Odamlarni) aldab, fitnaga solish o‘ldirishdan yomonroqdir.” Baqara surasi 191-oyat

Biz bu yo‘lda yo g‘olib bo‘lamiz Zulmni yo‘qotishga erishamiz va yo mag‘lub bo‘lamiz ya’ni vatanga borolmay o‘tib ketamiz. Ikkisidan biri bo‘ladi albatta.

G‘alaba va mag‘lubiyat Allohdandir!Na odamni soni va na mablag‘idan emas.

Asosiysi biz zolimga nisbatan o‘z noroziligimizni bildirib, unga qarshi kurash e’lon qilib o‘tib ketamiz.

Va ko‘rayapmizki ba’zi zolimlarga ular qo‘rqqan narsasi kelayap di.

Qur’onda keladiki;

Robbing zolim shaharlarni ushlaganida, ana shunday ushlaydir. Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir. Xud 102 Oyat.

Umidimiz borki, IAK saltanatini ham zavoli yaqindir.

Shu yo‘lda qo‘ldan kelgan harakatimizni qilib, madadni Allohdan so‘rab boraveramiz. Natija Allohdan.

Bu yo‘lda o‘lim etishsa inshaalloh biz g‘olib bo‘lib ketganimiz shu.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: Kimning oxirgi so‘zi “Laa ilaha illalloh, Muhammadur-Rosululloh” bo‘lsa jannatga kiradi dedilar.

Shu biz kutayotgan asosiy g‘alabadir.

Ularni bu harakatlari na ularga foyda va na bizga zarar bo‘ladi?!

Ammo, bunaqa fitnalardan Zolim IAK xursand bo‘lishi turgan gap.

Uni xursand qilish esa, ko‘plab nohaq to‘kilgan qonlardan ko‘z yumish evaziga bo‘layapdi.

Bu esa katta xatodir.

 

M. Abutov.

 

http://uzxalqharakati.com/archives/3989

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: