Kichik ishoratlar – muhammadsalih.com


18.11.2011

Dahshatli bir tezlik, qo‘rqinchli bir shitob bor Zamonda.

Uning tezligini kuzatish uchun eng yaxshi maydon – insonlar shamoyilidir: kechagina senga do‘st bir kishi bugun dushmanlaring qatorida – do‘stdan dushmanga aylanish jarayoni shu qadar tez!

Yo‘qotishlar ham yashin tezligida: iffat, hayo, sadoqat, adolat, vijdon – kecha bor edi, bugun yo‘q!

Ko‘zlar, qalblar xuddi o‘g‘ri tushgan uylar kabi bo‘m-bo‘sh!

Bugun dushmandan qo‘rqmayman, bugun do‘stdan qo‘rqaman.

Dushman zarbasiga qarshi tadbirim bor, dustnikining yo‘q: chunki bu zarb qaysinisidan kelishini bilmayman.

Eyvoh, bu halokatli holatga ko‘nikmakdaman!

Endi xiyonat qilsalar, xayron bo‘lmayman. Tuhmat etsalar, ko‘zimga qarab turib, yolg‘on so‘ylasalar, hayosizlik va vijdonsizlik qilsalar, omonatga xiyonat etsalar – bularga xayron bo‘lmaydigan bo‘ldim.

Xayron bo‘ladigan narsalarim endi boshqa. Endi men hali ham yakkam-dukkam uchrab qoladigan ba’zi insonlarni ko‘rsam xayron bo‘laman.

Masalan, birdaniga o‘z so‘zini tutgan bir kimsani ko‘rsam!

Yoki biri-ikkinchisiga sadoqat ko‘rsatgan kishilar xayratimni aql bovar qilmas darajada oshiradi!

Tuzingizni eb, tuzligingizga tupurmagan bittasini ko‘rib, xayratga tushmaysizmi?

Imkoni bo‘lsa ham, elkangizga hanjar urmagan bittasi nahotki sizni xayratga solmasa?!

Nima desangiz deng, men dinini suiste’mol qilmagan bir mulla, so‘zini Olloh uchun aytgan bir shoir, siyosatini xalqi uchun qilgan bir arbob, g‘iybat-la birodarlarining go‘shtini emayotgan bir jamoatni daf’atan ko‘rib qolsam, xayratga tushaman.

Hatto o‘zimdan ham xayratga tusha boshladim.

Shu g‘aroyib xayratlanish tuyg‘usi vafot etgan bir onda, to‘g‘ri so‘z masxara mavzusiga aylangan bir davrda, hali ham xayratlanishda davom etganimdan, hali ham masxara mavzusiga aylangan so‘zni aytishga uringanligimdan xayratga tushaman.

Yo Robbim, qulingni siroti mustaqimingdan ayirma, bu tezlashgan oxir zamoningda!

Muhammad Solih

http://muhammadsalih.com/2011/11/18/%D0%BA%D0%B8%D1%87%D0%B8%D0%BA-%D0%B8%D1%88%D0%BE%D1%80%D0%B0%D1%82%D0%BB%D0%B0%D1%80/

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: