“Andijon – Adolat va Tiklanish” O‘zbekiston Xalq harakatidan chiqdi – ozodlik.org


18.11.2011

Sarvar Usmon

Ayni paytda bu guruh o‘z nomidan Andijon so‘zini olib tashlab, “Adolat va Tiklanish”ga aylandi.

“Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti o‘zining O‘zbekiston Xalq harakatida olib borgan faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi va O‘zbekiston Xalq harakatidagi faoliyatini to‘xtatdi.

Tashkilot bu qarorini 17 noyabr kuni maxsus bayonot orqali e’lon qilgani ortidan Ozodlik muxbiri “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti rais muovini Ilhomjon Ismoilovdan qarorni sharhlab berishni so‘radi.

– Avvalambor siyosiy masalaga jiddiy yondashayotganda, biz qilayotgan harakat avvalambor yurtimizdagi do‘stlarimizda yoki hamyurtlarimizda bir xotirjamlik hosil qilish kerak. Shuning uchun aslida bizning qilayotgan siyosatda bugun shunaqa e’tirozlar ko‘paydiki, hamyurtlarimizda kelajakda navbatdagi qanaqadir boshqa yurtlarda bo‘layotgan munosabatlar bo‘lib ketishlik xavf-xatari kuchayib ketib munosabat, muloqotlarda ulardagi bezovtaliklarni his qildik. Shu ishga nisbatan bizning olib borayotgan siyosat ta’sir qilayotganligini inobatga oldik, birinchisi.

Ikkinchisi, bu ishlarning harakatiga kirishilgandan keyin o‘ziga xos tadbirlar, o‘ziga xos sarf-xarajatlar bo‘ladiki, biz oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga bu harakatimiz foyda beradi, deb o‘ylagan edik. Lekin aksi bo‘lib ko‘ringanligi uchun oxirgi hisobotlarimizda o‘zimizning maqsad, avvalda boshlab qo‘ygan ishlarimizning bugungi ko‘rsatkichlari keskin bo‘lib ketganligi, ijobiy emas, salbiy tomonga o‘zgarib ketganligini ko‘rib turib, biz shu masalada noto‘g‘ri bir munosabat nimasiga kirib qolganligimizni qanchadir belgiladikda va shu siyosatni bugun davom ettirishlik navbatdagi ayanchli holatga olib kelib qo‘yishligi mumkinligini, biz bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar, bundan tashqari yurtimizda yana xalqlar noroziligiga sabab bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan narsalarni his qildik.

Ozodlik: Shuning uchun O‘zbekiston Xalq harakatidagi faoliyatinglarni to‘xtatdinglar?

– O‘zbekiston Xalq harakatidagi siyosatimizni to‘xtatdik, deydi “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti rais muovini Ilhomjon Ismoilov.

“Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkilotining 17 noyabr kungi bayonotida aytilishicha, uning nomidagi “Andijon” so‘zi ham olib tashlangan va bundan buyon tashkilot “Adolat va Tiklanish” tashkiloti deb yuritiladigan bo‘lgan.

O‘zbekiston Xalq harakati 2011 yilning 23-24 may kunlari Germaniya poytaxti Berlinda bo‘lib o‘tgan Qurultoyda ta’sis etilgan edi.

Unda muassis tashkilotlar va harakatga a’zo bo‘lishni istagan boshqa muxolif tashkilotlarning vakillari qatnashgan edi.

Qurultoy O‘XH ning Nizomi va Dasturini qabul qilgan, O‘XHning rahbariyatini saylagan edi.

O‘XH tarkibida Muassislar Majlisi, Harakat Markaziy Kotibiyati va Taftish Kengashi tashkil qilingan edi.

Muassislar Majlisining raisi qilib Muhammad Solih saylangan edi.

Biz O‘XH Muassislar Majlisi raisi Muhammad Solihdan “Adolat va Tiklanish” tashkilotining Harakatdan chiqib ketishiga munosabatini so‘radik.

– Kecha shunday bayonot berishdi bizning do‘stlarimiz va bu bayonot, albatta, bizning nizomimizda bizning tashkilotga kirish, unda faoliyat ko‘rsatish yoki istasa faoliyatni to‘xtatish har bir a’zoning o‘zining shaxsiy ishi va har bir tashkilotning ham o‘z ishi. Biz buni nazorat qila olmaymiz, ya’ni chiqish va kirish faoliyatini. Istagan a’zo, istagan tashkilot kirishi mumkin, faoliyatini to‘xtatishi mumkin yoki davom ettirishi mumkin. Shu ma’noda bunga biz demokratik jarayonning bir parchasi o‘laroq qaraymiz.

O‘zbekiston Xalq harakatida ettita tashkilot tashqarida va bitta tashkilot ichkarida jami 8 ta tashkilot bor. Shulardan bittasi mana shunday qaror olibdi va bu qarorga, albatta, biz hurmat bilan qaraymiz. Buni kattaytirib, favqulodda bir hodisa qilib ko‘rsatishning, menimcha keragi yo‘q. Buni faqat O‘zbekiston muxolifatining dushmanlari qilishi mumkin. Shuning uchun ham men maslahat berardimki, bu voqeaga normal demokratik jarayonning bir ko‘rinishi o‘laroq qarashlaringizni. Boshqa aytadigan gapimiz yo‘q.

Ozodlik: Bu tashkilotning O‘zbekiston Xalq harakati doirasida faoliyatini to‘xtatishi harakat faoliyatining zaiflashishiga sabab bo‘lmaydimi?

– Aslo. Harakatga hech bir shaklda ziyon bermaydi. Tabiiy bizning hisobimizda Andijon tashkilotidan bo‘lgan do‘stlarimiz bo‘lsa ham yaxshi bo‘lardi, lekin bo‘lmasa ham bizning harakatimiz o‘z faoliyatini davom ettiradi. Davom ettirayotgani uchun ham bizga qarshi xurujlar, bilasiz, hukumat tarafdori bo‘lgan saytlar tarafidan haftada yoki 15 kunda bitta maqola e’lon qilinib, bizga qarshi rejimini davom ettirayapti. Bu narsa harakatning jonli bir tashkilot ekanligining ko‘rsatkichi va biz mujodalamizni davom ettiramiz, deydi Muhammad Solih.

O‘zbekistonlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov fikricha, tashkilotning Xalq harakatidan chiqib ketishi harakatni ancha zaiflashtiradi.

– “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkilotining siyosatga kirib kelishi ham kutilmagan, to‘satdan bo‘lgan voqea edi 2009 yilda. Ularning xalq harakati tarkibidan chiqib ketishi ham xuddi shunday ko‘pchilik uchun, shaxsan men uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Uning assoiy sabablari, motivlar nimada ekanligi hozircha menga qorong‘u. Menimcha, ko‘pchilikka qorong‘u. Lekin O‘zbekiston xalq harakati tuzilishi bilan o‘zbek muxolifati ancha jonlangan edi. Bu muxolifatni liberal-demokratik deb aytish qiyin edi, lekin mana shunday bir tendentsiya mavjud edi. Ya’ni demokratiyani anglash, O‘zbekistonda demokratiya ya’ni xalq o‘zining hokimiyatini, hukumatini nazorat qila olmas ekan, erkinlikka, farovonlikka erishish mumkin emas degan bir xulosalarga yaqinlashayotgan edik. Lekin mana kutilmaganda Xalq harakati tarkibidan chiqib ketayapti. Bu juda ham qiziq holat. Bu bir tomondan o‘zbek jamiyatining va xususan muxolifatdagi shaxslarning siyosiy madaniyati va uning intellektual darajasini ko‘rsatib beradi deb o‘ylayman. Gap shundaki, agarki xalq harakati tarkibidan chiqib ketayotganda ma’lum bir vazifalarga erishib yoki ma’lum bir shartlar qo‘yib, o‘sha shartlarning bajarilishi yoki talab qilinishi orqali chiqib ketganda edi, menimcha, bu o‘zbek jamiyatiga foyda keltirgan bo‘lardi. Lekin hozircha u narsa bizga ko‘rinmayapti. Albatta bu Xalq harakatini ancha zaiflashtiradi. Jiddiy zaiflashtiradi. Chunki Xalq harakati ichidagi asosiy kuch bu “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti edi. Lekin biz vaziyatni kuzatib boramiz. Aytganimdek, asosiy motivlar va sabablar hozircha noma’lum, deydi Kamoliddin Rabbimov.

http://www.ozodlik.org/archive/News/20111118/402/850.html?id=24394442

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: