XALK O‘Z HOLIGA, “DAVLAT” O‘Z HOLIGA (Xalqaro sanktsiyalarga munosabat) – uzxalqharakati.com


October 10, 2011

Shu yilning 4 oktyabr kuni Evropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zolari O‘zbekistonda etishtiriladigan to‘qimachilik mahsulotlarini shu tashkilotning o‘zaro hamkorlik xaqidagi Bitimlari ro‘yxati tarkibiga kiritmaslik haqida qaror qabul qildilar. Bunga sabab – O‘zbekiston hukumatining paxta terish kampaniyalarida majburiy ravishda bolalar mehnatidan foydalanayotganidir. Ilgariroq ayni shu sababga ko‘ra, dunyoning tuqimachilik mahsulotlari borasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilayotgan bir qancha yirik xalqaro shirkatlari o‘zbek paxtasini sotib olmaslik(boykot qilish) xaqida qaror qabul qilishgan edi.

Bugungi voqelik shunday-ki, mamlakatimizda hukm yuritayotgan rejim O‘zbekiston davlati va xalqini tamsil eta olmaydi. Chunki, bu xukumat uzurpatotorlardan – hokimiyatni noqonuniy ravishda egallab olgan jinoyatchilardan – iborat bir tudadir. Bu uzurpatorlar mamlakat, davlat va xalq manfaatlariga zid va unga karshi sabotaj siyosati, xalqning iktisodiy, milliy, madaniy. ma’naviy, va intellektual boyliklariga zarba berish bilan mashg‘uldirlar, o‘n minglab muxolifat a’zolari, erkin fikrlovchi insonlar, diniy ulamolar va oddiy dindorlarni qamoqlarda yo‘q qilishga qaratilgan genotsid siyosati xalq, va “hukumat” – aslo bir narsa sifatida qabul qilinmasligi kerakligini ko‘rsatuvchi dalillardir. Shuning uchun ham mamlakatimizda hukm surayotgan bugungi aksilmilliy rejimning yaltoqilari muxolifatga qarshi “muxolifat O‘zbekistonga qarshi xalqaro sanktsiyalarni qo‘llab-quvvatlab, xalqqa zarar etkazayapti”, deya va’z qilar ekan, buni eshitgan kishi beixtiyor ruslarning “Kavkaz asirasi” komediyasidagi qahramonlardan birining o‘gri mansabdorga qarata aytgan:”Sen o‘zingning qo‘ylaring bilan davlatning qo‘ylarini qorishtirma”, qabilidagi kinoyali gaplarini eslaydi. Hukumat laganbardorlari “xalq, davlat manfaati” der ekan, o‘z jig‘ildoni manfaatini nazarda tutadilar, chunki, bugungi kunda mamlakatning butun boyliklari, er osti va er usti zahiralari, biznes sohasi, sanoat va madaniyat va xatto sport ham hukumat tepasidagi bir hovuch klanlar tomonidan nazorat qilinmoqda. Xalq o‘z kunini davlat tizimlarida mehnat qilib emas (davlat xalkni bepul ishlatmoqda, davlat tomonida berilayotgan choy-chaqa hech narsaga etmaydi), balki, davlatga aloqasi bo‘lmagan sohalar orqali, asosan, chet ellarda eng og‘ir sharoitlarda ishlab va xatto qullik qilib, kun ko‘rmoqda, ya’niy, “davlat” deb atalgan narsa o‘z holiga, xalq o‘z xoliga yashamoqda. “Davlat” tushunchasi na xuquq-tartibot tizimlarida, na mahkama(sud) va mahalliy xokimiyat tizimlarida hech kanday ko‘rinishda mavjud emas, mavjud bo‘lgan narsa – korruptsiya va tanish-bilishchilik, hokimiyat tepasidagi klanlar manfaatlaridir. Shuning uchun ham O‘zbekistondagi bugungi rejim haqda gapirar ekan, “O‘zbekiston iqtisodi emas”, “Karimov rejimi iqtisodi”; “O‘zbekiston armiyasi va militsiyasi emas”, “Karimov rejimi armiyasi va militsiyasi”; “O‘zbekiston paxtasi emas”, “Karimov rejimining paxtasi”, deyish to‘g‘ri va mantiqli bo‘ladi.

 

MAQSUD BEKJON, O‘zbekiston Xalq Xarakatining Norvegiya bo‘limi raisi.

 

http://uxh.uzxalqharakati.com/?p=3220

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: