Turkiya jamoatchiligi O‘XHni yaqindan tanishni istamoqda – uzxalqharakati.com


September 10, 2011

O‘XH Turkiya bo‘limi, Istanbul shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligi binosi yonida joriy yilning 1 sentyabr’ kuni O‘zbekiston mavjud hukumatining bugungi tashqiy va ichki siyosatiga qarshi norozilik mitingi tashkillashtirganidan so‘ngra, shahar jamoatchiligi va, umuman, Turkiyada Harakatimizga alohida bir qiziqish uyg‘ondi, deysa bo‘ladi.

Bizni Turkiya jamoatchiligi bilan tanishtirishda Turkiya huquqbonlari “Mazlumdor”ning Istanbul shu’basi va ularning “Adolat” guruhi alohida tashabbus ko‘rsatmoqda. Buning uchun ularga minnatdorchiligimizni bildiraman.

“Mazlumdor”ning Istanbul shu’basi o‘z yig‘ilishlarida O‘XH Turkiya bo‘limidan vakil qatnashini tashkil qildi va huquq himoyasi bo‘yicha o‘tkazyotgan boshqa tabir-choralari haqida O‘XH Turkiya bo‘limini xabardor qilishni lozim hisoblamoqda. Masalan, 08.09.2011 kuni “Mazlumdor”ning Istanbul shu’basi tarafidan “PALMER RAPORU ULUSLARASI SİYASETİN HUKUK ÜZERINDEKI ETKİNLİĞİNİN GÖSTERGESİDİR!” (O‘zbekcha shunday ma’noni beradi: “Palmer hisoboti, xalqaro siyosatning huquq ustidan hukmronligining namoyishidir“) mavzuda o‘tkazilgan matbuot konferetsiyasiga taklif qilindik.

Shu munosabat bilan Istanbulda faoliyat ko‘rsatayotgan yana bir qator jamoat tashkilotlari bilan tanish va harakatimizning maqsad va vazifalari haqida ular bilan suxbatlar o‘tkazish mumkin bo‘ldi. Bu esa, bir tarafdan Turkiya jamoatchiligi orasida O‘XH faoliyati haqida tushunchalarning keng tarqalishida alohida ahamiyatga molik bir ishdir. Jumladan, Insoniy mudofaa va qardoshlik darnagi (jamiyati) “Imkondar” , Erkin tushuncha va ta’lim-tarbiya darnagi (jamiyati) “O‘zgurdor“ , va haftalik “Durush“ gazetasining bosh boshqaruvchisi Dovut Gular va xabarlar bo‘limining mudiri Farhod Ochillar bilan tanishishimiz va fikr almashishimiz mumkin bo‘ldi. “Durush“ gazetasi xabarlar bo‘limi O‘XH maqsadlari va vazifalari haqida men bilan suxbat o‘tkazishdi. Suhbat kelajak hafta inshoolloh e’lon qilinadi.

Nihoyat, ushbu tanishuvlar davomida Turkiyaning Antip shahridan kelib, “Durush“ gazetasi redaktsiyasi mehmoni bo‘lib turgan Ta’lim, sog‘lik va yordam (maslahat berish) vaqfi “Bulbulzoda“ning rahbari, qardoshimiz Turg‘ay Aldemir bilan tanishish imkoni ham paydo bo‘ldi. Ma’lumki, Turkiyaning Antip shahrida O‘zbekistondan kelishgan uch mingdan ortiq qochqinlar vaqtincha yashashadilar. Qardoshimiz T. Aldemir, Antipdagi o‘zbeklarning hayotidan xabardorligini va ularga baholi qudrat yordam berishayotganini so‘zladi. Bizni ham Antipga mehmonga da’vat qildi.

Aliboy Yo‘lyaxshi.

09.09.2011, juma

http://uzxalqharakati.com/archives/2398

One Comment to “Turkiya jamoatchiligi O‘XHni yaqindan tanishni istamoqda – uzxalqharakati.com”

  1. Siz çok yahşi dersiniz ama benim sohbet ettiğim Özbekler Türklükle hiç bir alakalarının olmadığını söylüyorlar. Rusça konuşuyorlar, Rusça düşünüyorlar ve Rusları aşırı derecede seviyorlar. (Türkçede bu durum için çok uygun bir atasözü var ama biraz ayıp olduğu için buraya yazamıyorum. Sadece “deve” desem anlamanıza yeter). Bize gelince Özbek milliyetçiliği taslıyorlar ama gavur Ruslara kız vermekten hiç imtina etmiyorlar. Anladığım kadarıyla özellikle genç Özbeklerin Müslümanlığın m’sinden bile haberleri yok. Yazık ki, kelime-i şahadet’in ne olduğunu bile bilmeyenler var içlerinde..

    Anladığım kadarıyla, Özbekler maalesef eski müstemleke halklarında görülen bir hastalıktan muzdaripler. Bildiğiniz gibi, ezilen halklarda bir süre sonra kendilerini ezenlere karşı sevgi gelişiyor. Aynı hal eski Fransız müstemlekelerinde de mevcut. O yüzden anlayışla karşılıyorum. Ancak, bir gün Türkiye yeniden çok güçlü bir ülke haline geldiğinde Özbeklerin birden bire bizlerden daha fazla Türk olduklarını idrak edeceklerine eminim. Bu yüzden içim rahat. İşte bu ahval ve şerait içinde bizim tek yapmamız gereken memleketimizi yüceltmek için daha fazla çalışmak. Yoksa birlik hayalimiz hayal olarak kalır. Özbekler de fazla değil 50 sene içinde çekik gözlü Rus olup giderler.

    Son olarak, Özbek arkadaşlara efendimizin “her millet hak ettiği gibi yönetilir” demiş olduğunu da yazayım. Belki o zaman başınızdaki adamların aslında tam da hakettiğiniz adamlar olduğunu anlarsınız.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: