Gulnora Karimova Nyu Yorkdagi ko‘rgazmadan voz kechdi – ozodlik.org


Gulnora Karimova AQShda Guli brendini namoyish etmoqchi edi.

10.09.2011

Bunga Nyu Yorkda Gulnoraga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari va AQSh matbuotidagi maqolalar sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning Nyu Yorkda 9 sentyabr kuni ochilgan Moda haftaligida ishtirok etishi bekor qilindi.

Shu haqda xabar bergan UzMetronom mustaqil internet nashriga ko‘ra, bunga inson huquqlari himoyachilarining O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyatiga oid tanqidiy fikrlari Amerika matbuotida chop etilgani sabab bo‘lgan.

Nyu Yorkda Gulnora Karimovaning Moda haftaligida ishtirok etishiga qarshi namoyish.

Jumladan, “Nyu York post” gazetasida “Qotil diktatorning qizi moda ko‘rsatmoqda” degan tanqidiy maqola chop etilgan.Mazkur maqolada moda haftaligining Gulnora Karimova tamsil qilinadigan kuni, ya’ni 15 sentyabrda Mehnatkashlarni himoya qiluvchi xalqaro forum katta namoyish o‘tkazishni rejalayotgani xabar qilingan.

Hyuman Rayts Votch xalqaro huquq himoyasi tashkiloti esa Nyu Yorkdagi nufuzli moda haftaligida Gulnora Karimovaning ishtirok etishiga ruxsat berilishini “sharmandali holat” sifatida talqin etgan.

Payshanba va juma kunlari O‘zbekiston xalq harakati faollari va bolalar huquqlari uchun kurashuvchi tashkilotlar Nyu Yorkda Gulnora Karimovaning Moda haftaligida qatnashayotganiga qarshi namoyish ham o‘tkazgan edi.

Mersesets-Bents modalar haftasi deb ëzilgan bino oldida o‘tkazilgan piket qatnashchilari: “Ey Gulnora, 4 yil oldin sen men tergan paxta haqini bermovding”, “Bola mehnatidan foydalanish to‘xtatilsin!” kabi shiorlarni ko‘tarib chiqqan.

Nyu Yorkdagi Moda haftaligi (IMG Fashion Week) doirasida 15 sentyabr kuni  Gulnora Karimova o‘zining Guli brendi ostida adras, atlas, ipak va boshqa milliy matolardan tikilgan libos va taqinchoqlarini taqdim etishi rejalangan edi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24324104.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: