Uz domendagi islomiy saytlar to‘sib qo‘yildi – ozodlik.org


O‘zbekiston hukumati islomning jamiyatdagi roli kuchayishidan tashvishda.

11.08.2011

Mehribon

O‘zbekistonda ayni Ramazon kunlari islom.uz, quran.uz kabi o‘nlab ommabop islomiy saytlarga kirish to‘sib qo‘yildi.

Islomiy saytlarning to‘silgani haqida 11 avgust kuni Ozodlik tahririyatiga o‘zbekistonlik dindorlardan biri xabar qildi:

” Sizlarnig Beelane haqidagi maqolangizni o’qib qoldim…Nafaqat Beelani balki TSHTT yani Tashtelecom internet tarmogi orqali ham sizlar ta’kidlab o’tgan ahborot saytlariga kirib bo’lmayapti. SHuningdek O’zbekiston ichida http://www.islom.uz va tezkor habar hizmati info.islom.uz umuman Ismol.uz hostingi ichidagi hech qaysi saytlarga kirib bo’lmayapti…Sababi mavhum.Shuningdek youtube video portalga umuman kirib bo’lmayapti…Ammo US, Japan, Korea va boshqa davlatlardan islom.uzga kirilyapti..”, deb yozibdi Toshkentdan maktub yo‘llagan mushtariy.

Bu xabar ortidan 11 avgust kuni Ozodlik Toshkentdagi o‘z manbalari orqali O‘zbekistonda rasman ro‘yxatga olingan uz domenidagi islomiy saytlarga kirish imkoniyatini tekshirib ko‘rdi.

Toshkent vaqti bilan soat 14:00 poytaxtdagi Ozodlik manbalari ham uyidagi internet, ham mobil internet orqali uringanida, quyidagi saytlarga kira olmadi:

1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahnamoligida ish yuritadigan http://www.islom.uz, http://www.islam.uz saytlari;

2. Qur’oni karimning Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdulaziz Mansur, Alovuddin Mansur, Dola Hindistoniy va Oltinxonto‘ra tarjima va tafsirlari joylashtirilgan http://www.quran.uz sayti;

3. “Hidoyat” jurnalining http://www.hidoyat.uz sayti;

4. Qur’oni karimning o‘zbekcha tarjimasi joy olgan http://www.quran.ziyo.uz sayti;

5. Sof islomiy aqida haqidagi http://www.sof.islam.uz sayti;

6. Musulmonlar taqvimiga oid http://www.taqvim.islam.uz sayti;

7. Ko‘kaldosh madrasasining http://www.kukaldash.islam.uz sayti;

8. Halol emaklar haqidagi http://www.halol.uz sayti;

9. Rossiya musulmonlarining http://www.islam.ru sayti.

Ozodlik manbalarining aniqlashicha, ushbu saytlarga komp’yuter orqali ham, mobil internet yordamida kirishning ham imkoni yo‘q.

Shuningdek, Ozodlik manbalariga ko‘ra, 14:30 da O‘zbekistondagi ommabop saytlardan http://www.uzdaily.uz, http://www.12.uz saytlariga ham kirish imkoni bo‘lmagan.

Islom.uz rahbari Abu Muslim so‘nggi ikki kuni ichida saytga kirish imkoni bo‘lmaganini tasdiqladi. Biroq unga ko‘ra, 11 avgust kuni tushdan keyin bu muammo hal bo‘lgan.

– Saytga chet eldan kirsa mumkin. O‘zbekiston ichkarisidan ikki kundan beri kira olmadik. Bu qanaqadir texnik narsa qilganimiz uchun emas, o‘zi umumiy shunaqa bo‘lib qoldi hozir. Vneshniy kanal deydiyu, tashqariga chiqish kanalda muammolar bo‘ldi. Ya’ni faqat bizning islom.uz saytimiz emas, yangiliklarga oid saytlar ko‘proq. O‘shalarga kirish nima bo‘lib turgan edi. Bugun peshindan keyin hammasiga bemalol kirsa bo‘layapti. islom.uz, Rossiya, boshqa .com saytlari hammasiga bemalol kirsa bo‘ladi. Unaqa cheklash yo‘q. Mana misol uchun oddiy rambler, googlening novostnoylariga kirib bo‘lmas edi-da. Hozir bemalol kirsa bo‘ladi. Qanaqadir texnik muammo bo‘lganda mening o‘ylashimcha. Menimcha, o‘sha bartaraf etildi, dedi  islom.uz sayti rahbari Abu Muslim.

Uz domeniga ma’sul bo‘lgan “Komp’yuter hamda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi” –UZINFOCOM tashkiloti xodimi Olimjon Umarov uz domenidagi saytlarning yopilish sabablarini shunday izohladi.

– Bu erda ikkita muammo bo‘lishi mumkin. Birinchidan, sayt provayderlari bilan bog‘liq bo‘lishi va texnik muammo bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, uz domeni bilan shartnoma muddati tugagan bo‘lsa, sayti yopilgan bo‘lishi kerak,  dedi Olimjon Umarov.

“Hidoyat” jurnalining to‘sib qo‘yilgan http://www.hidoyat.uz sayti  tahririyati saytga kirish imkoni hozirda yo‘qligini tasdiqlay turib, bu uz domeni bilan shartnomaning tugagani bilan izohladi.

– Ish faoliyatimiz davom etayapti. Prosto domen uchun shartnoma vaqti tugagan ekan. Shuning uchun saytimizning ish faoliyatini to‘xtatishgan vaqtincha. Xudo xohlasa, yana ish faoliyati qaytadan tiklanadi. Ba’zi bir sabablarga ko‘ra vaqt bo‘lmayapti, imkon bo‘lmayapti. Ishxonamizda qurilish bo‘layotgan edi. Shunga bunaqa narsalarga e’tibor bo‘lmayapti. Shunga qolib ketayapti, dedi “Hidoyat” jurnalining o‘zini tanishtirmagan xodimi.

Soat 15:45da Uzdaily.uz sayti tahririyati bilan bog‘landik. Saytning o‘zini tanishtirmagan xodimi 10 avgust kuni Uzdaily.uz sayti haqiqatdan ham ishlamaganini, biroq 11 avgust kuni sayt normal holatda ishlayotgayotganini aytdi.

– Hozir uchta provayderdan tekshirdim. Uchalasidan ham ishlayapti. 15 minut oldin tekshirdim. Ishlayotgan edi. Kecha ishlamayotgan edi. Bugun ishlayapti.

Ozodlik: Kecha nimaga ishlamadi?

– O‘zbekistonda internet bilan muammolar bo‘lgani uchun ishlamadi. Bizlarning saytimiz tashqarida joylashgan. O‘zbekistonda internet bilan sal muammolar bo‘ldi, shuning uchun ba’zi paytlari ochilgani yo‘q. Hozir to‘g‘rilanganday bo‘lishdi, menimcha ishlayapti hamma sayt, dedi Uzdaily.uz sayti xodimi.

Uz domenidagi saytlardagi uzilishlar milliy Uz domenining beshinchi Internet-festivali o‘tayotgan bir davrga to‘g‘ri keldi.

Bugungi kunda UZ domenida faoliyat ko‘rsatayotgan saytlar soni 12,6 ming ekani aytilmoqda.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24293626.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: