Turkmanistonda Obodon portlashlariga aloqador deb ko‘rilgan insonlar ozodlikdan mahrum etilgan – bbc uzbek


12 avgust 2011

Muhojirotdagi Turkman muxolifati faollari xabar qilishlaricha, bundan bir oy ilgari poytaxt Ashxobodga yaqin Obodon shaharchasida ro‘y bergan portlashlarga aybdor, deb ko‘rilib 40 qa yaqin inson ozodlikdan mahrum etilgan.

Bular Obodondagi qurol-yarog‘ ombori joylashgan harbiy qism boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari va boshqa harbiylardir.

Mahkamaga tortilganlar 10 yildan 25 yilgacha bo‘lgan qamoq jazolariga hukm etilganlari haqida xabarlar olinmoqda.

Mahkama 4 avgustda boshlangan, bu haqda Turkman muxolifati hamda inson huquqlari faollarini birlashtirgan “Turkman Tashabbus guruhi” xabar tarqatgan.

Guruh faollari Obodondagi portlashlarga aloqadorlik ayblovlari bilan mahkama qaerda, qanday mahkamada bo‘lib o‘tgani, aybdorlarga qanaqa bandlar qo‘yilgani noma’lum ekanini aytishadi.

Turkmaniston Markaziy Osiyoning yopiq jamiyatlaridan biri hisoblanadi, jamiyat hayotiga taalluqli ko‘plab yangiliklar tashqariga chiqarilmasligi lozim, deb ko‘riladi.

Shu bugungacha Turkmaniston rasmiylari Obodondagi portlashlar yuzasidan mahkama bo‘lib o‘tgani haqida xabar tarqatganlari yo‘q.

“Xronika Turkmenistana” Internet sahifasi o‘zining mamlakat ichkarisidagi ishonchli manbalariga tayangan holda mahkama tafsilotlarini xabar bergan.

Turkmanistondagi manbalarga ko‘ra, mahkamaga tortilganlar asosan Obodon shahridagi qurol-yarog‘ ombori joylashgan harbiy qism boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari va boshqa harbiylardir.

Turkmanistondagi manbalar 4 avgustda boshlangan mahkama allaqachon nihoyasiga etkazilganini, ayblanuvchilardan etti nafariga 25 yil, 20 yillik qamoq jazolari tayinlanganini aytadi.

Qolgan 30 tacha harbiyga 10 yil yoki undan ko‘p yillik qamoq jazolari belgilangan.

Obodondagi portlashlar haqidagi xabarlar Rossiya ommaviy axborot vositalarida keng tarqatildi, Internetda portlashlar va ulardan keyingi vaziyat haqida hikoya qiluvchi video hamda fototasvirlar e’lon qilindi.

Bundan norozi bo‘lgan Turkman rasmiylari portlashlardan keyin Obodon shahri atrofini o‘rab oldilar, portlashlar oqibatlari tezda bartaraf etilib, aholiga zarur yordamlar etkazilgani haqida gapirildi.

Turkman rasmiylariga ko‘ra, portlashlarga juda ham issiq havo sabab bo‘lgan, pirotexnika omboridagi mushaklar portlab, qurol-yarog‘ omboriga ham o‘tgan, shundan keyin ro‘y bergan portlashlarda 2 harbiy va 13 tinch fuqaro halok bo‘lgan.

Biroq Turkman faollari Obodonda kamida 200 inson portlashlar qurboni bo‘lgani haqida ma’lumotga ega bo‘lganlarini aytishgan.

Bugungi kungacha ham har tomonga sochilib ketgan snaryadlar yoki snaryadlar qoldiqlari yig‘ib olinmagani haqida aytilmoqda.

Avgust oyida ham o‘sha portlamay qolgan snaryadlar portlashi oqibatida insonlar halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/08/110812_cy_turkmen_trial.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: